Kontent qismiga oʻtish

Nagasaki universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nagasaki universiteti
(Nagasaki Daigaku)
Turi Milliy
Tashkil etilgan 1949-yil
Universitet prezidenti Shigeru Katamin
Manzil
Yaponiya
Kampus Shahar
Veb-sayt www.nagasaki-u.ac.jp/en

Nagasaki universiteti (yaponcha: 長崎大学, Nagasaki daigaku) Yaponiyaning milliy universiteti, uning yana bir nomi Chodai (長大). Universitetning asosiy korpusi Yaponiyaning Nagasaki prefekturasi markazidagi Nagasaki shahrida joylashgan.

Meiji davridagi Nagasaki tibbiyot kolleji
Nagasaki atom bombasidan oldin va keyin. „17“: Nagasaki tibbiyot kolleji, „20“: kasalxona
Katafuchi kampusidagi Keyrin zali, 1919-yilda qurilgan

Nagasaki universiteti 1949-yilda bir nechta milliy institutlarni, xususan, Nagasaki tibbiyot kollejini (shu jumladan, kollej kasalxonasi va farmatsevtika fanlari kolleji), Nagasaki iqtisodiyot kolleji, Nagasaki oddiy maktabi, Nagasaki yoshlar maktabi va Nagasaki oʻrta maktabini oʻz ichiga olgan holda tashkil etilgan[1].

Yangi asosiy kampus (Bunkyo Campus) ilgari Mitsubishi Arms Factory (Ohashi zavodi) zavodi hududida joylashgan[2].

Nagasaki tibbiyot kolleji

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Binolarining eng qadimgisi Nagasaki tibbiyot kollejidir. U 1857-yil noyabr oyida Tokugava Shogunate filiali tomonidan Medical Training Institute (yaponcha: 医学伝習所 Igaku denshūsho?) sifatida tashkil etilgan. Birinchi professor J.L.C. Pompe van Meerdervoort boʻlgan. Institut Yaponiyadagi birinchi gʻarbiy uslubdagi (Kampo emas) tibbiyot maktablaridan biri boʻladi. 1861-yilda Nagasaki kasalxonasiga asos solinadi va Meiji restavratsiyasidan keyin maktab jamoat (prefektura, keyinchalik milliy) tibbiyot maktabiga aylantiriladi. U 1901-yilda Nagasaki Vocational School of Medicine (yaponcha: 長崎医学専門学校 Nagasaki igaku senmon gakkō?) ga[1], soʻngra Nagasaki Medical College (yaponcha: 長崎医科大学 Nagasaki ika daigaku?) ga aylantiriladi.

Yaponiya Tinch okeanidagi urushda qatnashgandan soʻng, tibbiyot kolleji urushda koʻmak berish uchun bir nechta institutlarni oʻziga qoʻshib oladi, masalan, Vaqtinchalik Tibbiyot kolleji (1940) va Sharqiy Osiyo Endemik tadqiqot instituti (1942, bugungi kunda Tropik tibbiyot instituti). 1945-yil 9-avgustda kollej atom bombasidan katta zarar koʻradi, chunki u gipomarkazdan atigi 500-700 metr uzoqlikda joylashgan edi[2]. 800 dan ortiq professor, talabalar va tibbiyot xodimlari halok boʻladi. Kollej 1945-yil sentyabr oyida Omuraga, keyin esa 1946-yilda Isahayaga koʻchiriladi. Eski kampus (Sakamoto kampusi) 1950-yilda Nagasaki universitetiga birlashtirilgandan soʻng qayta tiklanadi.

Tropik tibbiyot instituti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nagasaki universiteti Tropik tibbiyot instituti

Tropik Tibbiyot instituti (長崎大学熱帯医学研究所, NEKKEN yoki NUITM) dastlab Sharqiy Osiyodagi endemik kasalliklar boʻyicha asosiy va amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish uchun Nagasaki tibbiyot kolleji qoshida tashkil etilgan. 1949-yilda institut boshqa muassasalar bilan birlashtirilib, Milliy maktabni tashkil etish toʻgʻrisidagi qonunning yangi qaroriga binoan Nagasaki universiteti qoshida ochilgan[3].

1946-yildan beri NUITM tadqiqotchilari tropik va rivojlanayotgan kasalliklar boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazadilar[4]. Bu yuqumli kasalliklar epidemiologiyasini oʻrganish va yuqumli kasalliklarga qarshi emlash va terapevtikani ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi. NUITM tadqiqotchilari yangi paydo boʻlgan va qayta paydo boʻlgan kasalliklarni oʻrganish uchun Vetnamda[5][6][7] Filippinda[8][9] va Keniyada[10][11] bir qancha xalqaro tadqiqot hamkorliklarini oʻrnatdilar. Institut Vetnam va Keniyada tadqiqot stansiyalariga ega. Uning diqqatga sazovorligi shundaki, Keniyada olib borilgan dala tadqiqotlari mashhur qoʻshiq[12], roman va xayriya jamgʻarmasini ilhomlantirgan, hamda The Lion standing in the wind (Shamolda turgan sher) filmida ham namoyish etilgan[13][14][15].

Tropik tibbiyot va sogʻliqni saqlash sohasidagi taʼlim va tadqiqot boʻyicha dunyodagi yetakchi institutlardan biri sifatida tanilgan va Yaponiya yuqumli kasalliklar tadqiqot konsorsiumining aʼzosi[16].

Yuzdan ortiq aspirantlar tahsil olayotgan NUITM qoʻshni mamlakatlarda shifokorlar salohiyatini kuchaytirish dasturini amalga oshiradi va MEXT, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi) orqali Afrika,[17][18] Janubiy Amerika va Osiyodagi yirik muassasalar tarmogʻi bilan hamkorlik qiladi[19]. Rivojlanishga rasmiy yordam (Yaponiya) (ODA), Yaponiya tibbiy tadqiqotlar va taraqqiyot agentligi (AMED) va JSST ham shular jumlasidandir. Institut JSSTning tropik va rivojlanayotgan virusli kasalliklarni tadqiq qilish va maʼlumot olish boʻyicha hamkorlik markazi[20] va JSSTning COVID-19 uchun tasdiqlovchi testini taʼminlovchi referent laboratoriyalari sifatida ishlaydi[21].

COVID-19 pandemiyasiga javoban institut COVID-19 ga qarshi yuqumli kasalliklar boʻyicha xalqaro konsortsiumga (Favqulodda yordam jamgʻarmasi)[22][23], yangi koronavirus, SARSga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish boʻyicha xalqaro tadqiqot hamkorligiga rahbarlik qilgan[24]. NUITM tadqiqotchilari mahalliy sogʻliqni saqlash institutlari bilan hamkorlikda SARS-CoV-2 diagnostikasi[25], jumladan, yangi diagnostika vositalarini ishlab chiqish boʻyicha saʼy-harakatlarni boshlaganlar[26]. Texnologiyalarni uzatish va Janubi-Sharqiy Osiyodagi hamkasblari bilan hamkorlik natijasida, kasallik Yaponiya va Janubi-Sharqiy Osiyoda qanday tarqalishiga oydinlik kiritilgan[27][28].

Nagasaki iqtisodiyot kolleji

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana bir muhim oʻquv binosi Nagasaki iqtisodiyot kolleji hisoblanadi. U 1905-yil mart oyida Nagasaki Higher Commercial School (yaponcha: 長崎高等商業学校 Nagasaki kōtō shōgyō gakkō?) sifatida tashkil etilgan. Bu Tokio (1887), Kobe (1902) va Yamaguchi (1905-yil fevral) dan keyin Yaponiyadagi toʻrtinchi milliy tijorat kolleji boʻlib, talabalarni Xitoy, Koreya va Janubi-Sharqiy Osiyo bilan biznes hamkorliklarini shakllantirib, oʻqitishga qaratilgan. 1917-yilda u savdo sohasini oʻqitish uchun tezkor kurs (bir yillik kurs) qoʻshadi va kurs talabalari uchun bino 1919-yilda qurilgan (bugungi kunda Keyrin Hall da joylashgan).

1944-yilda muassasa Nagasaki College of Economics (yaponcha: 長崎経済専門学校 Nagasaki keizai senmon gakkō?) deb oʻzgartiriladi. 1945-yil 9-avgustda Nagasaki atom bombasi zarbasiga uchragan boʻlsa-da, kollej binolari Kompira togʻi tomonidan himoyalangani sabab zarar benihoya koʻp boʻlmaydi. Uning kampusi (Katafuchi kampusi) Nagasaki universitetining Iqtisodiyot fakulteti tomonidan foydalanilgan.

Bakalavr maktablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bunkyo kampusi
  • Global gumanitar va ijtimoiy fanlar maktabi
  • Taʼlim fakulteti
  • Farmatsevtika fanlari fakulteti
  • Muhandislik fakulteti
  • Atrof-muhitni oʻrganish fakulteti
  • Baliqchilik fakulteti
Sakamoto kampusi
  • Tibbiyot maktabi
  • Stomatologiya maktabi
Katafuchi kampusi
  • Iqtisodiyot fakulteti

Oliy maktablar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Oliy taʼlim maktabi (faqat magistratura kurslari)
  • Oliy iqtisodiyot maktabi
  • Fan va texnologiya oliy maktabi
  • Biotibbiyot fanlari oliy maktabi
  • Xalqaro sogʻliqni saqlashni rivojlantirish oliy maktabi (faqat magistratura kurslari uchun)
  • Global gumanitar va ijtimoiy fanlar oliy maktabi

Tadqiqot institutlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Atom bombasi kasalliklari instituti, Nagasaki universiteti biotibbiyot fanlari oliy maktabi

Xorijiy universitet va institutlar bilan hamkorlik va memorandum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil aprel oyida Nagasaki universiteti oʻz kampusida chekishni taqiqlagani uchun tanqid ostiga olinadi. Bu oʻqituvchilarni ishga olinishiga toʻsqinlik qiladi. Koʻplab chekuvchilar va chekmaydiganlarga nisbatan qoʻllangan bu chora ularning shaxsiy hayotiga aralashish deb hisoblandi. Koʻpchilik insonlar, chekish ularning ish faoliyati bilan bogʻliq emasligini taʼkidlaydi[1].

Bir necha kishi kamsitilgani uchun universitet ustidan sudga murojaat qilgan. Biroq, hozircha hech qanday daʼvo hal qilinmagan.

Taniqli bitiruvchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Takashi Nagai, radiologiyaga ixtisoslashgan shifokor, A-bomba qurboni.
  • Osamu Shimomura, organik kimyogar va dengiz biologi, 2008-yilda ikki amerikalik kimyogar bilan yashil floresan oqsilni kashf etgani va ishlab chiqqani uchun kimyo boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
  1. 1,0 1,1 „Nagasaki University: Organization/Historical Sketch“. 2012-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 „Nagasaki University: Physical Damages caused by the Nagasaki Atomic Bombing“. 30-avgust 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „About Us | Institute of Tropical Medicine, Nagasaki University“. www.tm.nagasaki-u.ac.jp.
  4. „NEKKEN 75th Anniversary“.
  5. „Vietnamese and Japanese researchers develop test kit for Covid-19 | The Star“. www.thestar.com.my.
  6. „ベトナム製の新型コロナ検査キット、WHOが認証[社会]“ (yapon). VIETJOベトナムニュース.
  7. „WHO | Zika virus infection — Viet Nam“. WHO. 15-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Villanueva, Annavi Marie G.; Lazaro, Jezreel; Sayo, Ana Ria; Myat Han, Su; Ukawa, Tatsuya; Suzuki, Shuichi; Takaya, Saho; Telan, Elizabeth; Solante, Rontgene (September 2020). „COVID-19 Screening for Healthcare Workers in a Tertiary Infectious Diseases Referral Hospital in Manila, the Philippines“. The American Journal of Tropical Medicine and Hygiene. 103-jild, № 3. 1211–1214-bet. doi:10.4269/ajtmh.20-0715. ISSN 1476-1645. PMC 7470521. PMID 32729461.
  9. „List: Countries giving aid to Philippines during coronavirus pandemic“ (en). Rappler. 2021-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  10. „生後2時間の赤ちゃんも指紋認証 NECがケニアで実証実験“ (ja). ITmedia News.
  11. 21-sentabr 2020-yil. „How Japan is helping ease Kenya's healthcare burden“ (en). Business Daily (22-sentabr 2020-yil).
  12. „13年ぶり紅白出場、さだまさしさん 「一人じゃない」歌に込め“ (yapon). Mainichi Daily News (2021-yil 4-yanvar).
  13. „さだまさしの映画、『風に立つライオン』の制作エピソード◆Vol.24|医療維新 - m3.comの医療コラム“ (yapon). www.m3.com.
  14. „風に立つライオン“ (ja). Mainichi Daily News (2017-yil 2-oktyabr). 2021-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  15. „公益財団法人 風に立つライオン基金“ (ja). 公益財団法人 風に立つライオン基金.
  16. „感染症研究国際展開戦略プログラム(J-GRID)(これまでのプログラムについて) | 国立研究開発法人日本医療研究開発機構“. www.amed.go.jp.
  17. „Development of Rapid Diagnostics and the Establishment of an Alert System for Outbreaks of Yellow Fever and Rift Valley Fever in Kenya | SATREPS (Science and Technology Research Partnership for Sustainable Development)“.
  18. AM. „How Japan Is Applying Its Knowledge and Experience to Ensure Health and Well-being for All“ (en). Newsweek (2019-yil 22-yanvar).
  19. https://www.jica.go.jp/english/publications/j-world/c8h0vm00008mqace-att/1401_03.pdf
  20. „WHOCC - WHO Collaborating Centres“. apps.who.int.
  21. „WHO reference laboratories providing confirmatory testing for COVID-19“ (en). www.who.int.
  22. https://www.mext.go.jp/content/20200220-mxt_senryaku-000005018_1.pdf [formatsiz URL PDF]
  23. „Coronavirus restrictions affect cross-border research“. University World News.
  24. „新型コロナ、簡易な診断方法確立へ 長崎大など6国立大が共同研究“ (ja). 西日本新聞ニュース.
  25. „Costa Atlantica cruise ship, once big virus cluster, leaves Nagasaki“ (en). The Asahi Shimbun.
  26. „長崎クルーズ船、週内に乗員500人検査へ 自衛隊協力:朝日新聞デジタル“ (yapon). 朝日新聞デジタル.
  27. „ベトナム、長崎大学と協力で新型コロナ抗体検出キットを開発[社会]“ (yapon). VIETJOベトナムニュース.
  28. „With COVID-19 under control, Vietnam looks to rebuild economy | NHK WORLD-JAPAN News“ (en). NHK WORLD.