Mustaʼin
Mustaʼin billoh المستعين بالله | |||||
---|---|---|---|---|---|
Xalifa Moʻminlar amiri | |||||
Mustaʼinning oltin dinori | |||||
Abbosiylar xalifaligining 12-xalifasi | |||||
Saltanat | 862-yil 8-iyun — 866-yil 17-oktyabr | ||||
Oʻtmishdoshi | Muntasir | ||||
Davomchisi | Muʼtazz | ||||
Tugʻilishi |
tax. 836 Samarra, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Vafoti |
866-yil 17-oktyabr (29—30 yoshda) Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Farzandlari | Abbos | ||||
| |||||
Sulola | Abbosiylar | ||||
Otasi | Muhammad ibn al-Muʼtasim | ||||
Onasi | Maxariq | ||||
Dini | Sunniylik (Islom) |
Abūl Abbos Aḥmad ibn Muḥammad ibn Muḥammad (arabcha: أبو العباس أحمد بن محمد بن محمد; 836 — 866-yil 17-oktyabr), hukmronlik nomi Mustaʿīn (836 — 866-yil 17-oktyabr) bilan mashhur, „Samarradagi anarxiya“ davrida 862-yildan 866-yilgacha hukmronlik qilgan Abbosiy xalifa. Avvalgi xalifa, Muntasir (oʻziga merosxoʻr tayinlay olmagan) vafotidan keyin turkiy harbiy yetakchilar qaroriga koʻra vorislikka tanlangan. Harbiylar Muʼtazz yoki uning ukalari voris boʻlishini xohlamagan. Shuning uchun ular Mutavakkilning jiyani Ahmad ibn Muhammadni (أحمد بن محمد) tanlab, u oʻziga Mustaʼin billoh (المستعين بالله „Xudodan yordam soʻragan kishi“) xalifalik nomini olgan.
Bag‘doddagi arab va boshqa qo‘shinlar bu tanlovdan norozi bo‘lib, majlisga hujum qilib, qamoqxonani buzib, qurol-yarog‘ omborini talon-taroj qilishgan. Isyonchilar turkiy va berber askarlari qarshiligiga uchragan. Bir qancha janglarda koʻpchilik halok boʻlgan. Bagʻdod xalifalik bundan buyon arablarning fikriga bogʻliq emasligi, balki hokimiyat boshqa qoʻllarga oʻtganiga hali moslashmagan edi.
Yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmad ibn Muhammad (boʻlajak Mustaʼin) Abbosiy shahzoda Muhammad ibn al-Muʼtasimning oʻgʻli boʻlib, onasi Sitsiliya viloyatilik Maxariq ismli kanizak. Mustaʼin xalifa Muʼtasimning (h. 833–842) nabirasi. U xalifa Vosiq (h. 842–847) va xalifa Mutavakkilning (h. 847–861) jiyani.
Amakisi xalifa Mutavakkil (h. 847–861) vafotidan keyin o‘g‘illariga xalifalikni meros qilish imkonini beradigan vorislik rejasi tuzgan. Unga koʻra, birinchi navbatda toʻngʻich oʻgʻli Muntasir, keyin Muʼtazz va uchinchi boʻlib Muʼayyad xalifa boʻlishi kerak edi[1]. 861-yil dekabrda Mutavakkil turkiy harbiy ofitserlar guruhi tomonidan, ehtimol Muntasirning yordami bilan oʻldirilgan. Muntasirning qisqa hukmronligi davrida (h. 861–862) turklar Muʼtazz va Muʼayyadni vorislik huquqidan mahrum qilish uchun xalifaga bosim oʻtkazgan. Muntasir vafot etgach, turkiy zobitlar yig‘ilib, o‘lgan xalifaning amakivachchasi Musta’inni taxtga chiqarishgfa qaror qilishgan[2].
Hukmronlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangi xalifa taxtga oʻtirishi bilan Samarrada huquqdan mahrum boʻlgan Muʼtazzni qoʻllab-quvvatlash uchun koʻtarilgan yirik gʻalayonga duch kelgan. Qoʻzgʻolon harbiylar tomonidan bostirilgan, ammo har ikki tomondan ham talafotlar juda koʻp boʻlgan. Mustaʼin Muʼtazz yoki Muʼayyad xalifalikka daʼvo qilishlari mumkinligidan xavotirlanib, avval ularni sotib olishga urinib koʻrgan, keyin esa zindonga tashlagan[3].
Bagʻdod noibi shaharni boʻysunishga koʻndiradi. Keyinchalik Mustaʼinning merosxoʻrligi butun mamlakat boʻylab tan olingan. Muʼtazz va uning ukasi turkiy va berber qoʻshinlari tahdidi bilan muvaffaqiyatga erishish uchun unvonlaridan voz kechishgan. Keyin xavfsizlik uchun qamoqda ushlab turilgan. Turklar chiqargan qarorni bekor qilishga ikkinchi urinishdan soʻng, Muʼtazz va uning ukasi oʻlimga mahkum boʻlgan, ammo vaziyatga vazir aralashib, ularning hayotini saqlab qolgan. Rahm-shafqat badali sifatida Muʼtazzning mulkini turkiylar tortib olib, oʻzini Kritga surgun qilgan. Bu davrga kelib xalifalik, aslida, ichkarida ham, tashqarida ham turklar qoʻliga oʻtgan edi.
863-yilda musulmonlarning nasroniylarga qarshi yurishi ogʻir boʻlgan. Lalakaon jangida Armaniston va Kichik Osiyodagi ikki butun korpus, 8000 ga yaqin askar boshliqlari bilan birga halok boʻlgan. Bu xabar Bagʻdod aholisini gʻzablantirib, tartibsizliklar keltirib chiqargan. Koʻchalarda muqaddas urush uchun qadimiy hayqiriqlar yangragan. Odamlar magʻlubiyat uchun iymonga falokat keltirgan turklarni ayblab, xalifalarini oʻldirdilar va oʻzlari xohlagan boshqalarni taxtga chiqardilar.
Bunday hayqiriqlar bilan shahar gʻalayon koʻtarib, qamoqxonalarni buzib, koʻpriklar yoqib yuborilgan. Biroq, Bagʻdod endi oʻz hukmdorlariga buyruq bera olmas, faqat gʻalayon qilishi mumkin edi. Shunday boʻlsa-da, jangovar ruh atrofdagi viloyatlardan kofirlarga qarshi jang qilish uchun ixtiyoriy ravishda toʻplangan odamlarni jalb qilish uchun yetarlicha kuchli edi. Bu vaziyatga na turklar, na xalifa ahamiyat bermadi.
864-yilda xalifa qoʻshinlari Aliy Yahyo ibn Umar qoʻzgʻoloni va Himsdagi qoʻzgʻolonni bostirdi.
865-yilga kelganda Mustainning oʻzi uchun ham hukmronligi yakuniga yaqin qolgan edi. Turk rahbarlari oʻrtasida Mustainni katta xavf ostida qoldirgan baʼzi kelishmovchiliklardan soʻng boshqa ikki turkiy yetakchi Bugʻa ash-Sharabiy (Bugʻa as-Sagʻir nomi bilan mashhur) va Vosif at-Turkiy bilan Samarradan Sharqiy Bagʻdodga tomon qayiqda joʻnab ketgan. Turklar uning ortidan o‘z sardorlaridan bir guruhini yuborib, Samarraga qaytishni iltimos qildilar. Xalifa bunga rozi bo‘lmadi va ikki tomon o‘rtasida og‘ir so‘zlar boʻlgan.
Bu haqorat turk zobitlarini gʻazablantirgan. Samarraga qaytgach, turk qoʻshinlari birgalikda bosh koʻtargan va Muʼtazzni qamoqdan olib chiqib, u bilan xalifa sifatida salomlashgan. Bir necha hafta ichida Muʼtazzning ukasi Abu Ahmad al-Muvaffaq 50 000 turk va 2 000 berber bilan Bagʻdodni qamal qilgan. Qamal 865-yil davomida davom etgan.
Muʼtazz foydasiga taxtdan voz kechishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bag‘dod qamali davom etar ekan, qamal mo‘ljallangan samarasini bera boshlagan. Asta-sekin oziq-ovqat va pul tanqis boʻlib, aholi oʻrtasida norozilik kelib chiqa boshlagan. Avgust oyidayoq bir guruh abbosiylar oilasi a’zolari Muhammad ibn Abdullohga maoshlari to‘lanmayotganidan shikoyat qilgan[4]. Shahardagi sharoit yomonlashgani sari Muhammad asta-sekin qurol kuchi bilan gʻalaba qozonish mumkin emasligiga amin boʻlgan. Noyabr oxiriga kelib, Mustaʼinning xabari yoki ruxsatisiz Muhammad Muʼtazz bilan Mustaʼinning taslim boʻlishi boʻyicha muzokaralar boshlagan.
Muhammad va Muʼtazz bir-birlari bilan muzokaralarni boshlashgan. Biroq, muzokara jarayoni boshida Muhammad muvaffaqiyatsiz pistirma qoʻyadi. Jangdan keyin Muʼtazz Muhammadni yomon niyat bilan harakat qilgani uchun tanqid qilib, Samarra qoʻshini qamalni kuchaytirgan. Tez orada shaharda resurslar tanqisligi kuzatilgan. Muhammadning saroyi oldiga toʻplangan olomon „ochlik!“ deya hayqirib, muammolarni hal qilishni talab qila boshlagan. Muhammad vaʼdalar bilan olomonni bostirib, Muʼtazzga tinchlik taklifini yuborgan. Taklifga ijobiy javob berilgach, 8-dekabrdan boshlab Abu Ahmad lagerining vakili Muhammad bilan yakkama-yakka uchrashib, mojaroga barham berishni muhokama qila boshlagan[5].
Qamal dekabr oyigacha davom etar ekan, Bagʻdod aholisi yanada gʻazablana boshlagan. 16-dekabr kuni piyoda askarlar va oddiy aholining bir qismi bir joyga to‘planishdi. Askarlar o‘z maoshlari berilishini talab qilishgan, aholi esa oziq-ovqat narxining keskin oshib ketganidan shikoyat qilishgan. Muhammad ularni ishontirib vaqtincha tarqalib ketishga koʻndira olgan. Biroq, ikki kundan keyin shaharda tartibsizliklar boshlanib, qiyinchilik bilan bostirilgan. Bu orada Muhammad va Abu Ahmad oʻrtasida muzokaralar davom etgan. Muhammad Abu Ahmad qarorgohiga elchilar yuborgan, Samarralik harbiy asirlarni ozod qilgan. Dekabr oyining oxirlarida ikki tomon oʻrtasida Mustainni taxtdan agʻdarish boʻyicha vaqtinchalik kelishuvga erishilgan. Abu Ahmad shahardagi taqchillikni bartaraf etish uchun oziq-ovqat va yem-xashak ortilgan beshta kema joʻnatgan[6].
Bagʻdod fuqarolari Muhammad Mustaʼinni taxtdan ag'darishga rozi boʻlganini bilgach, jahl bilan uning saroyi oldida toʻplanishgan. Mustaʼinga sodiq va Muhammadning taslim boʻlishi natijasida samarraliklar shaharni talon-taroj qilishlaridan qoʻrqqan aholi saroy darvozalariga hujum qilib, soqchilarga qarshi kurashishgan. Namoyishchilarni tinchlantirish uchun Mustaʼin Muhammad bilan birga saroy darvozasi tepasida koʻrinish bergan va olomonga oʻzining hali ham xalifa ekanligini aytib, ertasi kuni ertalab juma namozini oʻqishda imomlik qilishga vaʼda bergan. Ertasi kuni, 28-dekabrdagi namozga Mustaʼin kela olmagan. Bunga javoban Muhammadning qo‘l ostidagilarga tegishli uylar talon-taroj qilinib, katta olomon yana Muhammadning saroyiga yaqinlashib, Mustaʼinni yana omma oldida chiqishga majbur qilgan. Oradan ko‘p o‘tmay Mustaʼin Muhammad saroyidan shahardagi boshqa qarorgohga ko‘chib o‘tib[7], 866-yil 2-yanvarda Qurbon hayiti namozini o‘qigan[8].
Muhammad, o‘z navbatida, xalqni hali ham Musta’in manfaatini ko‘zlab ish tutayotganiga ishontirishga harakat qilgan[9]. Shu bilan birga Abu Ahmad bilan taslim bo‘lish shartlari bo‘yicha muzokaralarni ham davom ettirgan. 7-yanvar kuni Muhammad va Abu Ahmad Shammasiya darvozasi oldida shaxsan uchrashib, ikki kishi davlat daromadlarining uchdan ikki qismi turklarga, uchdan bir qismi Muhammad va Bagʻdod armiyasiga taqsimlanishi haqida kelishib oldilar. Mustaʼin askarlar maoshining bir qismi uchun javobgar boʻlishi kerak edi[10]. Ertasi kuni Muhammad Mustaʼinning huzuriga borib, uni taxtdan voz kechishga koʻndirmoqchi boʻlgan. Avvaliga Mustaʼin taklifni qatʼiyan rad etgan, ammo turk zobitlari Vosif va Bugʻa Muhammad taraf boʻlishlari haqida aytgach, isteʼfoga chiqishga rozi boʻlgan[11].
Mustaʼinning taxtdan voz kechishi shartlariga koʻra, unga Hijozda mulk berilishi, Makka va Madina shaharlari oʻrtasida sayohat qilishiga ruxsat berilishi kerak edi. 12-yanvar kuni Muhammad bir guruh qozi va huquqshunoslarni Mustaʼin oʻz ishlarini unga ishonib topshirganiga guvohlik berish uchun olib kelgan. Taxtdan voz kechish shartlarini olgan delegatlar Samarraga yuborilgan. U yerda Muʼtazz hujjatni shaxsan imzolab, shartlarga rozi boʻlgan. Delegatlar 24-yanvar kuni Musta’inning Mu’tazzga bay’at qilishi uchun yuborilgan bir guruh emissarlar hamrohligida imzolangan hujjat bilan Bag‘dodga qaytishgan[12]. 25-yanvar, juma kuni Mu’tazz Bag‘doddagi masjidlarda xalifa sifatida tan olingan[13].
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]866-yil boshida fitna va xiyonat qilishib, Mustaʼinni Muʼtazz foydasiga taxtdan voz kechishga vaʼdalar va tahdidlar bilan ishontirishgan. Mustaʼin Madinada yetarli daromad bilan yashashi kerak edi. Imzolangan shartlarga ko‘ra, Bag‘dod noibi Musta’inning vazirlari va saroy a’yonlarini qabul qilib, qo‘lidan kelganini qilganiga ishontirib, qon to‘kilishini to‘xtatish maqsadida ularni Samarraga yangi xalifaga hurmat bajo keltirish uchun jo‘natgan. Muʼtazz shartlarni tasdiqlab, hijriy 252-yilning (milodiy 866) dastlabki kunlarida Bagʻdodni egallab oldi. Yangi xalifa Mustaʼinning onasi va oilasini Samarradan uning huzuriga yuborgan, ammo bu Mustaʼin va uning oilasi qoʻlidagi barcha narsadan mahrum boʻlgunga qadar davom etgan.
Mustaʼinga Madinadan boshpana berilmay, Bagʻdodda saqlana boshladi. Mustaʼin Bagʻdodda 866-yilning 17-oktyabrida Muʼtazzning buyrugʻi bilan oʻldirilgan. Mustaʼinning boshini xalifaga koʻtarib: - Mana, - deb qichqirgan jallod, - mana, amakivachchangning boshi! Shaxmat o‘ynayotgan Muʼtazz: — O‘yinni tugatmagunimcha, bir chetga qo‘y, — deb javob bergan. Keyin bu bosh haqiqatdan ham Mustaʼinga tegishli ekaniga ishonch hosil qilgach, qotilga mukofot tariqasida 500 dinor berishni buyurgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jaʼfar ibn Muhammad ibn Ammar al-Burjumiy — Mustaʼin davrida bosh qozi
- Toʻrtinchi fitna
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bosworth, "Mu'tazz," p. 793
- ↑ Bosworth, "Muntasir," p. 583
- ↑ Saliba (1985) pp. 6-7
- ↑ Saliba (1985) pp. 87-8
- ↑ Saliba (1985) pp. 96-7
- ↑ Saliba (1985) pp. 97-8
- ↑ Saliba (1985) pp. 99-102
- ↑ Saliba (1985) p. 104
- ↑ Saliba (1985) p. 102
- ↑ Shaban, p. 84; Saliba (1985) pp. 104-5
- ↑ Saliba (1985) pp. 106-7
- ↑ Saliba (1985) pp. 106-8
- ↑ Saliba (1985) p. 113
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- This text is adapted from William Muir's public domain, The Caliphate: Its Rise, Decline, and Fall.
- Bosworth, C.E. (1993). "al-Muntasir". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume VII: Mif–Naz (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. ISBN 978-90-04-09419-2. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=al-Muntasir&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- Bosworth, C.E. (1993). "al-Mu'tazz Bi 'llah". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume VII: Mif–Naz (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. ISBN 978-90-04-09419-2. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=al-Mu%27tazz+Bi+%27llah&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- The History of al-Ṭabarī, Volume XXXV: The Crisis of the ʿAbbāsid Caliphate: The Caliphates of al-Mustaʿīn and al-Muʿtazz, A.D. 862–869/A.H. 248–255, SUNY Series in Near Eastern Studies.. Albany, New York: State University of New York Press, 1985. ISBN 978-0-87395-883-7.