Muhayyir
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Muhayyir (taxallusi; asl ismi Muhammadqul Muhammadrasul oʻgʻli) (1842, Koʻqon — 1918, Rishton tumani) — shoir, tarjimon va xattot. Oʻzbek va forstojik tillarida ijod qilgan. 1875—85 yillarda Buxoro madrasalarida oʻqigan. M.ning oʻz qoʻli bilan koʻchirgan mukammal devonining 2 nusxasi mavjud. Devonida 350 gʻazal, 35 muhammas, 3 musaddas, 6 murabba, 2 tarjeʼband, 73 ruboiy va "Qirq hadis"ning sheʼriy yoʻl bilan qilingan tarjimasi bor. M., shuningdek, "Saloti Masʼudiy" nomli fiqh ilmiga oid forscha kitobni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1870-yilda Alisher Navoiyning terma devonini ham nastaʼliq xatida koʻchirgan. Muqimiy, Furqat, Muhyi, Zavkiy, Nodim Namangoniy va Muntazirlar bilan yaqin ijodiy munosabatda boʻlgan. Lutfiy, Jomiy, Hofiz Sheroziy va Alisher Navoiy gʻazallariga muhammaslar bogʻlagan, naziralar yozgan. Sheʼriyatida tasavvufiy ohanglar, ramz va ishoralar ham bor. Ijodiy merosining umumiy hajmi 10000 misradan oshiqroq. 3 qoʻlyozma devoni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. №7493, 19111) va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Davlat adabiyot muzeyida saqlanadi (inv. №241). Ad.: Tanlangan sheʼrlar, T., 1967; Devon, T., 2000.
Akram Dehqonov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |