Margarin
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Margarin (frans. margarine) — oʻsimlik moyi va hayvon yogʻiga sut, qand, tuz, vitaminlar, boʻyovchi hamda xushbuy moddalar qoʻshib tayyorlanadigan oziqovqat mahsuloti. Fizik xossalari, kimyoviy tarkibi, taʼmi va toʻyimliligi jihatdan sariyogʻtg yaqin. M.ning qaymokli (oshxona) navi tarkibida 15,7% suv, 0,5% oqsil, 82,0% yogʻ, 0,4% uglevod bor, 100 g mahsulot 766 kkal beradi.
S utl i M. — yogʻning sut bilan emulsiyali (qaymoqli, oshxona, ekstra, limonli va boshqalar). Pazandalik M. — usimlik moyi bilan hayvon yogʻi aralashmasi (margaguselin, pazandalik yogʻi va boshqalar); sut qushib yoki qoʻshmay tayyorlanadi. Oziq-ovqat sanoatida va pazandachilikda ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |