Kontent qismiga oʻtish

Koko Abulqasr Bustiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koko Abulqasr Bustiy“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Malomatiylik tariqatining namoyandasi. Xoja Abdulloh Ansoriyning zamondoshi. Zikri jahrga alohida ahamiyat qaratgan. Shayx Abulhasan Teshasov va Shayx Abu Muhammadning piri. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritadi[1][2].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.