Kibr
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kibr-havo, manmanlik, dimogʻdorlik — oʻz shaxsiyatiga, qobiliyatiga ortiqcha baho berish, oʻzini boshqalardan yuqori qoʻyish, kalondimogʻlik oqibatida namoyon boʻladigan salbiy axloqiy sifat. Bu sifat kishilarni mensimaslik, ularga past nazar bilan qarash, oʻrinsiz gʻururga berilish, oʻzining arzimas yutuqlarini boʻrttirib koʻrsatish va b.da koʻrinadi. Kibrli kishi oʻz aybi, nuqsonlaridan koʻz yumadi, manmansiraydi. Manman kishi oʻzgalarning nasihatini yoqtirmaydi, zalolat botqogʻiga botadi. Kibr — kishilarning kamchiligi, nuqsonidir. Kibr odamlar oʻrtasida birdamlik, ahillik va muhabbatni yoʻq qiladi, adovat uygʻotadi. Kibr odobsizlik belgisi boʻlib, u doimo qoralangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |