Kanada avtomobilsozlik sanoati
Kanadadagi avtomobilsozlik asosan chet el avtomobilsozlarining yigʻish zavodlaridan iborat boʻlib, ularning aksariyatining shtab kvartilari AQShda yoki Yaponiyada joylashgan. Shuningdek, yuzlab avtomobil qismlari va tizimlarini ishlab chiqaruvchilar ham bor .
Kanada hozirda dunyodagi oʻn ikkinchi yirik avtoulov ishlab chiqaruvchisi va export boʻyicha toʻrtinchi. 2019-yilda 1,92 million dona avtomobil ishlab chiqarilgan, va-yiliga 45-50 milliard dollarlik transport vositalarini eksport qiladi (2016-yilda 48,8 milliard dollarga eksport qilgan). Kanadaning eng yuqori reytingi 1918-1923-yillarda dunyoda ikkinchi eng yirik ishlab chiqruvchi boʻlgan va Ikkinchi Jahon Urushidan keyin uchinchi boʻlgan.
Avtomobilsozlik Kanadadagi eng yirik sanoat tarmoqlaridan biri boʻlib, yalpi ichki mahsulotning 10 foizini va ishlab chiqarish sanoatning 23 foizini tashkil etadi. Kanada yengil avtomobillar, yuk mashinalari va avtobuslar, avtoulov ehtiyot qismlari va tizimlari, yuk mashinalari korpuslari va tirkamalar, shuningdek shinalar va dastgohlar ishlab chiqaradi. Avtosanoat toʻgʻridan-toʻgʻri avtomobillarni yigʻish va avtomobil qismlarini ishlab chiqarishda 125000 dan ortiq kishi, yana 380 ming kishi sotish va xizmat koʻrsatish sohasida ishlaydi.
Kanadada birinchi yirik avtomobil ishlab chiqarish 1904-yilda Windsor yaqinidagi Ontario shtatidagi Walkervillle shahrida tashkil etilgan. Faoliyatining birinchi-yilida Gordon McGregor va Wallace Campbell bir nechta ishchilar bilan birga Walkerville Wagon Works fabrikasida 117 ta Ford Model C avtomobillarini ishlab chiqarishdi.
Brooks, Redpath, Tudhope, McKay, Galt Gaz-Electric, Gray-Dort, Brockville Atlas, Chatham, Anhunt, Russell (CCM), Hyslop and Ronald va McLaughlin kabi markalar orqali Kanada ancha koʻp ichki auto brendlari mavjud boʻldi. 1918-yilda McLaughlin Amerikaning „General Motors“ firmasi tomonidan sotib olinadi va General Motors of Canada brendiga aylanadi. 1930-yillarda Studebaker Kanadada oʻzining Rockne ni qurdi.
Birinchi jahon urushi talablaridan kelib chiqqan holda, Kanadaning avtomobilsozlik sanoati 1923-yilga kelib, dunyoda ikkinchi oʻrinni egalladi, vaholanki u hali ham yuqori tariflar devori ortida koʻplab modellarni ishlab chiqaradigan nisbatan samarasiz zavodlardan tashkil topgan edi. Kanada-AQSh avtomobilsozlik mahsulotlari toʻgʻrisidagi bitim imzolangunga qadar Kanada isteʼmolchilarining yuqori narxlari va ishlab chiqarishdagi samarasizliklar Kanada avtosanoati uchun xarakterlidir.
1964-yil avtomobilsozlik mahsulotlari savdosi toʻgʻrisidagi shartnoma yoki „Auto Pact“ Kanada avtomobilsozlik sanoatining bugungi holatiga olib kelgan eng muhim omil hisoblanadi. Auto Paktning asosiy xususiyatlari: 1: 1 ishlab chiqarish-sotish nisbati va Kanada qoʻshilgan qiymatiga boʻlgan talablar edi. 2015-yil holatiga Fiat-Chrysler, Ford, General Motors, Honda va Toyota yirik avtomobil kompaniyalari faoliyat koʻrsatadi. [1]
DesRosiers tomonidan olib borilgan tadqiqotga koʻra, Kanadada yigʻilgan 17 ta transport vositasining ichida, yigish xarajatlarini hisobga olmaganda, Kanadada yigʻilgan oʻrtacha transport vositasidagi Kanada qismlari miqdori 2016-yilda $ 4 155 dollarni tashkil etdi yoki umumiy qismlar tarkibining 17,2 foizini tashkil etdi. [2] Soʻnggi-yillarda bu koʻrsatkich eng koʻpi 25,6 foizdan va eng kami 13 foiz orasida oʻzgarib turgan. Boshqa tahlillarga koʻra, Kanadadagi umumiy mahalliylashtirish koʻrsatkichi 20 foizdan 24 foizgacha. Honda va Toyota tomonidan boshqariladigan zavodlarda kanadalik qismlar koʻproq boʻlishi mumkin, chunki ular Detroyt uchligi tomonidan boshqariladigan kanadalik zavodlarga qaraganda koʻproq in-house qismlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi, masalan plastik ishlatiladigan komponentlar.
Ishlab chiqaruvchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanada avtomobil ishlab chiqaruvchilari:
- Allard Motor Works
- Bombardier Inc.
- Bombardier Recreational Products
- Canadian Electric Vehicles
- Conquest Canada
- Dupont Industries
- Dynasty EV — Kanada elektr mashinasi, Dynasty Electric Car Corporation ishlab chiqaradi
- Electra Meccanica
- Felino Cooperation (Felino CB7 ni yaratgan)
- Foremost Vehicles
- Grande West Transportation Group
- HTT Automobile (birinchi Kanada supercar ini yaratgan, HTT Pléthore)
- Intermeccanica
- INKAS
- Magna International bu Kanadaning sektordagi eng yirik mahalliy firma va dunyodagi uchinchi eng yirik auto qismlar ishlab chiqaruvchisi
- Magnum Cars
- New Flyer
- Nova Bus
- Prevost Car
- Terradyne Armored Vehicles Inc
- ZENN bu 2-oʻrinli battareyalik electromobil ZENN Motor Company tomonidan ishlab chiqarilgan
Kanadada zavodlari boʻlgan chet el avtomobil ishlab chiqaruvchilari: [3]
- Fiat Chrysler Canada
- Ford of Canada
- Honda Canada
- Toyota Canada
Kanadada zavodlari boʻlgan chet el avtomobilsozlari:
- Suzuki
- General Motors va Suzuki orasidagi CAMI Automotive qoʻshma korxonasi
- Volvo Cars
- Volvo Halifax Assembly, 1998-yilda yopilgan
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sector. „Vehicles made in Canada 2017“. www.ic.gc.ca. 2020-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel 2018-yil. (Wayback Machine saytida 2020-05-09 sanasida arxivlangan)
- ↑ Keenan, Greg. „How Canadian is your car? Auto makers keep it a closely guarded secret“ (26-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Vehicles made in Canada 2017 - Canadian automotive industry“. Ic.gc.ca (2018-yil 13-avgust). 2019-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-dekabr. (Wayback Machine saytida 2020-05-09 sanasida arxivlangan)
www.international.gc.ca/investors-investisseurs/assets/pdfs/download/vp-automotive.pdf (Wayback Machine saytida 2020-07-15 sanasida arxivlangan)