Kontent qismiga oʻtish

John Tate

Vikipediya, erkin ensiklopediya
John Tate
Tavalludi 13-mart 1925-yil
Minneapolis, Minnesota, AQSh
Vafoti 16-oktyabr 2019-yil(2019-10-16)
(94 yoshda)
Lexington, Massachusetts, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Institutlar Princeton universiteti (1950-1953)
Columbia universiteti (1953-1954)
Harvard universiteti (1954-1990)
Austindagi Texas universiteti (1990-2009)
Akademik rahbarlari Emil Artin
Mashhur shogirdlari George Bergman
Joe Buhler
Bernard Dwork
Benedict Gross
Robert Kottwitz
V. Kumar Murty
Stephen Lichtenbaum
Jonathan Lubin
Carl Pomerance
Kenneth Alan Ribet
Joseph H. Silverman
Dinesh Thakur
Jerrold B. Tunnell
William C. Waterhouse
Mashhur ishlari Tate gipotezasi
Tate moduli
Hodge-Tate moduli
Serre-Tate teoremasi
Shafarevich-Tate guruhi
Sato-Tate gipotezasi
Mukofotlari Cole mukofoti (1956)
Steele mukofoti (1995)
Wolf mukofoti (2002/03)
Abel mukofoti (2010)

John Tate (talaffuzi: Jon Teyt) (1925-yil 13-mart — 2019-yil 16-oktyabr) — amerikalik matematik. Tate algebraik sonlar nazariyasi, arifmetik geometriya va algebraik geometriya sohalariga salmoqli hissa qoʻshgan. 2003-yil Wolf mukofoti bilan, 2010-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Tate Harvard universitetidan bakalavr darajasini olgan. 1950-yilda Princeton universitetidan Emil Artin rahbarligida PhD ilmiy darajasini olgan[1]. Buning ortidan u 36 yil Harvard universitetida dars bergan. 1990-yildan 2009-yil nafaqaga chiqquniga qadar Texas universitetida ishlagan[2].

Tatening son maydonlaridagi Fourier analizi boʻyicha ishlari zamonaviy avtomorfik formalar teoriyasi uchun asos boʻlgan. Tate, shuningdek, Tate kogomoliya guruhlari asoschisidir[3] . Uning taniqli ishlari qatorida Tate gipotezasi, Tate moduli, Hodge-Tate moduli, Serre-Tate teoremasi, Shafarevich-Tate guruhi hamda Sato-Tate gipotezasini aytib oʻtish mumkin. Olim p-adik son nazariyasiga ham salmoqli hissa qoʻshgan. Tate qator matematikka ustozlik qilib, sonlar nazariyasining rivojlanishiga sababchi boʻlgan. Uning taniqli shogirdlari orasida George Bergman, Bernard Dwork, Benedict Gross, Robert Kottwitz, Jonathan Lubin, Stephen Lichtenbaum, James Milne, V. Kumar Murty, Carl Pomerance, Ken Ribet, Joseph H. Silverman, Dinesh Thakurlar bor.

  1. Tate, John Torrence. Fourier analysis in number fields and Hecke's zeta functions (en), 1950. 
  2. O'Connor, John J.; Robertson, Edmund F., „John Tate“, MacTutor History of Mathematics archive (ingliz){{citation}}: CS1 maint: unrecognized language ()
  3. „American mathematician John Tate wins 2010 Abel Prize“. Xinhua.net (2010-yil 25-mart). 2010-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan.