Jean Jacob
Jan Klod Jakob | |
---|---|
Jean Claude Jacob | |
Tavalludi |
10-noyabr 1669-yil |
Vafoti |
29-yanvar 1790-yil (120 yoshda) Parij |
Fuqaroligi | Fransiya qirolligi |
Jean Claude Jacob (talaffuzi: Jan Klod Jakob, taxminan 10-noyabr 1669-yil, Charcier — 29-yanvar 1790-yil, Parij) — XVII—XVIII asrlarda uzoq umr koʻrgan fransuz, vafoti chogʻida 120 yoshda boʻlgan, ammo bu koʻplab tadqiqotchilarda shubha tugʻdiradi[1]. Yoshi haqidagi maʼlumotlarning ishonchsizligiga qaramay, umrining oxirida Jean Jacob oʻz zamondoshlari orasida maʼlum bir shon-shuhratga erishadi, yaʼni oʻlimidan bir yil oldin Parijda Jean Jacob Taʼsis majlisi aʼzolari qabulida boʻladi[2], uning portretini esa rassom Jean-François Garneray (talaffuzi: Jan Fransua Garneray) moyboʻyoqda chizgan[3].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jean Claude Jacob 1669-yil 10-noyabr kuni Charcier kommunasidagi La Charne qishlogʻida tavallud topgan[4]. 18 yoshida Parijga sayohat qilganini hisobga olmaganda, Jacob bir umr Montfleur kommunasidagi Jura shahrida yashagan[5]. Yoshligida de Bauffremont (talaffuzi: de Bofremon) xonadoniga tegishli mulklarida ishlagan. Soʻngra keksa yoshga yetguncha mardikorlik qilgan. Jacob ikki marta (ayrim manbalarda esa uch marta) uylangan va 10 nafar farzandi boʻlgan[4]. 1780-yilga kelib, Jacob 111 yoshga yetganda farzandlaridan faqat ikkitasi hali hayot edi. 1789-yilda ikkinchi rafiqasi Marie-Françoise Baud (talaffuzi: Mari-Fransua Bod) vafot etadi, Jacob endi qizi Pierrette (talaffuzi: Pyeretta) bilan yashay boshlaydi, 34 yosh oʻgʻli esa bu paytda Nant shahrida istiqomat qilardi (oʻgʻli tugʻilgan paytida Jacob allaqachon 85 yoshgan kirgandi)[4].
Jacob birinchi marotaba, yaʼni 1785-yilda qizi Pyeretta otasiga moliyaviy koʻmak soʻrab, Besançon (talaffuzi: Bazanson) intendantiga murojaat qilishi, shundan soʻng intendant tomonidan Jacobning choʻqintirilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi moliya bosh nazoratchisiga taqdim etilishi ortidan butun mamlakatga taniladi[4]. Natijada Jacobga 200 livr miqdorida nafaqa tayinlanadi, malika Élisabeth (talaffuzi: Yelizaveta) sharofati bilan qirol tomonidan qoʻshimcha 1200 livr miqdorida mukofot puli ham beriladi.
1789-yil oʻrtalarida Jacob poytaxt Parijga keladi, 11-oktyabr kuni Tuileries (talaffuzi: Tyuilri) saroyida qirol Louis XVI (talaffuzi: Lui XVI) (Lyudovik XVI) bilan uchrashadi[6]. Qirol Jacobning uzoq umr koʻrishi siri nimada ekanligini soʻraganda, sutga aralashtirilib, makkajoʻxori unidan qilinadigan „Les gaudes“ nomli parhez taomni doimo tanovul qilishini aytadi[4]. 23-oktyabr kuni Jacob Fransiya Taʼsis majlisi (fransuzcha: Assemblée nationale constituante) aʼzolari bilan uchrashadi[7].
Jan Jacob 1790-yil 29-yanvarda 120 yoshida vafot etad.
Jean Jacob uzoq umr koʻrganligi haqidagi maʼlumotlarning ishonchsiz boʻlishiga qaramasdan, XXI asrda ham uning hayoti boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan[8] va Fransiyaning shimoli-sharqidagi bir nechta kommunalardagi koʻchalar uning nomi bilan atalgan. Masalan, Charcier[9], Montfleur, Houplines[10].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Montfleurdagi Jean Claude Jacob koʻchasi
-
120 yoshli Jean Claude Jacob. A. Brisseau akvatintasi (Joseph-Marie Flouest chizgan suratdan ishlangan)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Marc Fourny. „Jean Jacob, le vieillard qui escroqua la Révolution française“ (fr). Le Point (2019-yil 27-dekabr). 2022-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.
- ↑ Jules Haime. De la Vie humaine, 10 (fransuz tilida). Paris: Revue des deux Mondes, 1855 — 1071-bet.
- ↑ Pierre Larousse „Garneray (Jean-François)“, . Grand dictionnaire universel du XIXe siècle, 8 (fransuz tilida). Paris: Administration du Grand dictionnaire universel, 1872 — 1041-bet.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „Jean Jacob, „doyen de France““ (ingliz tilida) (27-oktyabr 2015-yil). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
- ↑ Le Conservateur de la santé: journal d'hygiène et de prophylactique 1807, s. 282
- ↑ Léonard Bourdon: The Career of a Revolutionary 1999, s. 34
- ↑ Musée des familles: lectures du soir 1871, s. 49
- ↑ Antoine de Baecque, Jacques Berlioz. Jean Jacob, l'homme de 120 ans. Doyen du genre humain 1669-1790 (fransuz tilida). Paris: Taillandier, 2019. ISBN 9791021040991.
- ↑ „Rue Jean Jacob, Charcier, France“. Google Maps. 2022-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Rue Jean Jacob, Houplines, France“. Google Maps. 2022-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jean-Joseph Pithou de Loinville. Vie de Jean Jacob, vieillard du Mont-Jura, âgé de 120 ans (fransuz tilida). Parij: Valleyre l'aîné, 1789.
- Antoine de Baecque, Jacques Berlioz. Jean Jacob, l'homme de 120 ans. Doyen du genre humain 1669-1790 (fransuz tilida). Parij: Taillandier, 2019. ISBN 9791021040991.
- Le Conservateur de la santé: journal d'hygiène et de prophylactique, 5-tom (fransuz tilida). Lion: Ayné, 1807 — 306-bet.
- Musée des familles: lectures du soir, 38-tom (fransuz tilida). Parij: Bureaux du Musée des Familles, 1871 — 382-bet.
- Michael J. Sydenham. Léonard Bourdon: The Career of a Revolutionary, 1754—1807 (fransuz tilida). Toronto: Wilfrid Laurier University Press, 1999 — 418-bet.