Hehe Xiexie
Hehe Xiexie | |
---|---|
: ' | |
2017-yilda yasalgan Monrealdagi kichraytirilgan versiyasi | |
Rassom | Zhang Huan |
Yil | 2009-2010-yillar |
Tur | Haykaltaroshlik |
Material | Zanglamaydigan po'lat |
Mavzu | Katta panda |
Joylashuvi | Shanxay, Xitoy |
Hehe Xiexie yoki Hehe, Xiexie,[1] Zhang Huan tomonidan 2009-2010-yillar davomida yaratilgan ikkita katta panda tasvirlangan ochiq haykallar toʻplami. Jean-Gabriel Mitterrand tomonidan Collection World Expo 201 koʻrgazmasi uchun tashkil etilgan Koʻrgazma oʻqi boʻylab "Dunyo uchun sanʼat asarlari" nomli yigirmata monumental haykallar toʻplamining bir qismi sifatida yaratilgan[2]. katta panda haykallari bugungi kunda Xitoyning Shanxay shahridagi Expo bulvaridan joy egallagan.
Katta panda haykallarining kichraytirilgan versiyasi Kanadaning Monreal shahridagi Sherbrooke koʻchasiga joylashtirilishi uchun sovgʻa oʻlaroq taqdim etilgan.
Tavsif va qabul qilinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hehe Xiexie oʻzida ikkita „erinchoq“ katta pandalarni tasvirlaydi, ular Zhang Huanning soʻzlariga koʻra, „barkamol jamiyat, ahil dunyo (va) uygʻun Expo“ ramzini oʻzida ifoda etadi[1]. Panda haykallari oyna bilan ishlangan zanglamaydigan poʻlatdan bunyod etilgan. Haykallarning birinchisi 600 centimetr (20 ft) x 420 centimetr (13.8 ft) x 380 centimetr (12.5 ft) va ikkinchisi 600 centimetr (20 ft) x 426 centimetr (13.98 ft) x 390 centimetr (12.8 ft) oʻlchamga ega[3]. Panda haykallari Zhan Huan studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va Tomson Group tashkiloti tomonidan Collection World Expo 201 koʻrgazmasi doirasida taqdim etilgan[3].
CNN Travel koʻrsatuvi jurnalistlari Jessica Beaton va Hunter Braithwaite bu panda haykallaridan iborat „Hehe Xiexie“ toʻplamini „ajoyib“ va „uygʻunlik akslangan holatda“ suratga olish imkoniyatini taqdim eta oluvchi sanʼat asari deya baholaydilar[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 CNN Travel:
- ↑ Nottle, Diane. „Form and substance“. The National (2010-yil 10-may). 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Zhang Huan: Hehe, Xiexie“. Art for the World. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hehe Xiexie ZhangHuan.com saytida
- sanʼat dunyo uchun aylanma yoʻllar shahri (2010 yil 1 avgust), Designboom
- Hehe, Xiexie (Wayback Machine saytida 2015-12-22 sanasida arxivlangan) ShanghaiArt.org saytida