Kontent qismiga oʻtish

Hamada

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hamada — Shimoliy Afrika (Sahroi Kabir)dagi toshloq choʻllarning arabcha nomi. Qadimgi kristalli tub jinslar yer yuzasiga chiqib qolgan joylarda haroratning keskin oʻzgarishi natijasida togʻ jinslarining nurashidan hosil boʻladi. Oʻsimlik va hayvonot dunyosi juda siyrak. Dunyoning boshqa joylarida uchraydigan bunday toshloq choʻllar ham Hamada deb yuritiladi.