Kontent qismiga oʻtish

Guantanamo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guantanamo — Kubadagi shahar va port. Guantanamo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 200 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tamaki, poyabzal, metallsozlik, qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. Chetga sitrus mevalar va kofe chiqariladi. Shakarqand sanoatining markazlaridan biri; shokolad va likyor tayyorlanadi. G.dan 16 km masofada AQShning harbiy-dengiz bazasi (1903-yilda ijaraga olgan) bor. Shaharga 1524-yilda asos solingan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil