Gʻulom Zokirov
Qiyofa
Gʻulom Shokirovich Zokirov (1938. 14.5, Toshkent) — mexanika va boshqarish jarayonlarini algoritmlash so-hasidagi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994). Texnika fanlari doktori (1981), professor (1983). Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutini tugatgan (1960). "Kibernetika" IICHBda katta ilmiy xodim (1964—71), "Oʻzqishloqtexnika" birlashmasi (1971—73), Oʻzbekiston davlat rejalash qoʻmitasida (1974—86) hisoblash markazi direktori. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash muhandislari institutida mashina va mexanizmlar nazariyasi kafedrasi mudiri (1986—2000). Ilmiy ishlari mashina va mexanizmlarni sintezlashga oid.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mashina va mexanizmlar nazariyasi, T., 2002.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |