Felzit
Felzit (nem. Felsit) — nordon effuziv jinslarning mayda donador massasi bulib, kaliyli dala shpati (ortoklaz) va kvars, baʼzan nordon plagioklaz hamda toʻq rangli minerallar (piroksen, biotit va boshqalar)dan tarkib topgan. Kimyoviy tarkibi boʻyicha felzit datsitdan (SiO2 massasi boʻyicha 68%) riolitgacha (72—75%) oʻzgarib turadi. Zichligi 2,2—2,4 g/sm3. Diagenez va boshlangʻich metamorfizm jarayonida vulkan shishasining qayta kristallanishidan hosil boʻladi. Paleotip jinslar (kvarsli porfir, keratofir, ortofir) uchun xosdir. Baʼzan "Felzet". termini togʻ jinslari nomida uchraydi (mas, felzodatsit, felzofir). Felzet yuqori sifatli kislota bardosh material sifatida ishlatiladi. Konlari Shimoliy Kavkaz, Zakarpatye, Vengriya, Germaniya va boshqalarda mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |