Fayl
Fayl – EHM (kompyuter)larda maʼlumot saqlanuvchi diskning nomlangan sohasi. Oʻz belgisi (nomi)ga ega boʻladi. Diskka maʼlumotlarni boshqa bir yoʻl bilan yozib boʻlmaydi: birgina harfni diskka yozish zarur boʻlsa ham, unga nom berib, fayl koʻrinishida xotirada saqlash kerak. Fayllar matnli, fafikli (rayem, tasvir) va boshqa maʼlumotli boʻladi. Fayllar ish jarayonida, mas, matn yoki elektron jadval bilan ishlashda, yo boʻlmasa, bevosita foydalanuvchi tomonidan tashkil etiladi. Faylning asosiy belgilari – nomi, oʻlchami (bayt hisobida), tashkil etilgan sanasi (kun, oy, yil), vaqti (soat va minut). Fayl asosiy nomga (DOS tizimida kupi bilan sakkizta belgi) va kengaytirgichga (koʻpi bilan uchta belgi) ega boʻlishi mumkin. Fayl nomi va kengaytirgichi bir-biridan nuqta bilan ajratiladi. Ular lotin alifbosining katta yoki kichik harflari, sonlar va timsollardan iborat boʻlishi mumkin. Faylni nomlashda uning kengaytirgichi berilishi shart emas, lekin fayl mazmuniga koʻra kengaytirgich berilsa, uni ishlatish osonlashadi. Masalan, exe,. com – bajariluvchi fayllar; bat – buyrukli fayl; bas – Beysik dasturi fayli; pas – Paskal dasturi fayli; txt, doc – matnli fayllar; xls – elektron jadvalli fayl.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |