Kontent qismiga oʻtish

Ein Psychologe erlebt das Konzentrationslager

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ein Psychologe erlebt das Konzentrationslager
Muallif(lar) Viktor Frankl
Til nemischa
Janr(lar)i avtobiografiya, psixoterapiya
Nashr etilgan sanasi 1946

Ein Psychologe erlebt das Konzentrationslager (tarjimasi „Konslagerni boshidan kechirgan psixolog“), inglizcha Man's Search for Meaning (tarjimasi „Insonning maʼno izlashi“) — avstriyalik psixiatr Viktor Frankl fashistlar Germaniyasi konsentratsiya lagerlarida boshidan kechirganlari haqida yozgan kitob. Asarda Frankl ishlab chiqqan psixoterapiya uslubi haqida ham hikoya qilinadi. Kitob 1946-yil nemis tilida bosilib chiqqan. Bugunga qadar yigirmadan oshiq tilga, jumladan, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan. Book-of-the-Month Club kitob klubi hamda Kongress kutubxonasi oʻtkazgan soʻrovnomaga koʻra, „Man's Search for Meaning“ „AQShdagi eng katta taʼsirga ega 10 kitobning“ biridir[1].

  1. Fein, Esther. „Book Notes“. New York Times. Qaraldi: 22-may 2012-yil.