Kontent qismiga oʻtish

Darvoza

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Darvoza

Darvozashahar, qalʼa, saroy, qoʻrgʻon, hovli va b.ning kirish joyiga oʻrnatiladigan katta eshik, qopqa. Qadimda Oʻrta Osiyo shaharlarining atrofi qalʼaband mudofaa devorlari bilan oʻralgan boʻlib, bir nechtadan darvozalari (mas, Toshkentning 12 ta, Buxoroning 11 ta, Xivaning 10 ta darvozasi.) boʻlgan. Darvozalar odatda archa, kayragʻoch daraxtlari yogʻochidan yasalib, usti temir hoshiya bilan qoplangan, turli zulfinlari badiiy naqshlar bilan bezatilgan. darvozalarning yuqori qismi koʻpincha panjarali boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil