Kontent qismiga oʻtish

Dandana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dandana (fors, dandon) — 1) qadimgi miskarlikda mis boʻlaklarini bir-biriga ulash usuli. Boʻlaklar birining kemtiklariga (tishlariga) ikkinchisining kemtiklari kiritilib jipslashtirilgan va kavsharlangan. Bu usul hozir ham qoʻllanadi;

2) temirchilikda — oʻchoqning dam chiqarib, metallni qizdiradigan joyi (Andijon, Margʻilonda);

3) meʼmorlikda — gʻishtlarni qirra qilib terib hosil qilinadigan bezak usuli, kungura. Bu usuldan hovuz va gulzor chekkalarini, binolarning yuqori qismlari (karnizlar) ni bezashda foydalaniladi. Turar joylarda poygoh (oyoq kiyimlari yechiladigan maxsus joy) ham dandana usulida gʻisht bilan atrofdan ajratilgan. Devorlar tepasidagi dandana devorni qor-yomgʻirdan himoya qilgan;

4) dehqonchilikda — uzunasiga olinadigan ariqcha (qarang Joʻyak). Tishli mola (sixmola) ham dandana deb ataladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil