Kontent qismiga oʻtish

Bahor (shoir)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malikushshuaro Bahor
Tavalludi 6-noyabr 1884-yil
Vafoti 22-aprel 1951-yil(1951-04-22)
(66 yoshda)
Tehron
Kasbi shoir, yozuvchi, faylasuf
Ijod qilgan tillari Fors tili[1]
Fuqaroligi Eron

Bahor (taxallusi; asl ismi Muhammad Taqi) (1884, Mashhad - 1951, Tehron) — eronlik shoir, jamoat arbobi. 1903 - yil "Malik ush-shuaro" (Shoirlar sultoni) nomini olgan. Tehron universiteti professor (1953). Eron milliy majlisiga bir necha bor vakil boʻlib saylangan. Boshlangʻich saboqni B. otasi Xuroson shoiri, malik ush-shuaro Muhammad Kozim Saburiydan olgan. B. "Eronga xudo yordir", "Ser Eduard Grenga maktub" (1909) asarlari bilan shuhrat qozonadi. U "Nai-bahor" gazetasini nashr etadi (1905 — 11). Shoir adabiy jamiyat tuzib, "Donishkada" ("Ilmxona") jurnalini ham chiqaradi (1918). B. she’rlari ichki va teskarichi guruhlarga, ba’zi mutaassiblarga qarshi qaratilgan. U monarxiyaga qarshi yozgan she’rlari uchun Isfahonga badarg'a qilinadi (1932). Xalqning demokratiya uchun kurashini quvvatlovchi "Jahannam", "Zindon kundaliklari", "Tong qushi" kabi asarlari shu yerda yozilgan. B. 3 jildli "Stilistika" (1958) ilmiy asarini yaratgan. B. qadimgi pahlaviy tilidan "Yodgore Zariron" ("Zarirlar yodgorligi") dostonini fors tiliga tarjima qilgan. Uning fors she’riyatiga bagʻishlangan asarlari sharqshunoslik sohasida hanuz oʻz qimmatini saqpab qolgan.

  • Shomuhamedov Sh., Bahor, T., 1965.[2]
  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil