Asalari zahari
Asalari zahari, apitoksin (lotincha: apis — asalari, yun. toxikon — za-har) — ishchi asalarilar tanasidagi ipsimon bezlari ajratadigan oʻtkir hidli achchiq, och sariq, shaffof suyuqlik. Asalari zahari tarki-bida biol. faol moddalar, fermentlar, erkin aminokislotalar, chumoli, xlo-rid, ortofosfat kislotalari, gistamin, xolin, triptofan, oltingugurt, magniy fosfat va boshqa moddalar bor. Asalari zahari tarkibidagi taʼsir qiluvchi moddalar gistamin glikozidi, lipidlar, hayvonot sapo-ninlariga yaqin turadigan moddalardan iborat. Zichligi 1,313. Suvdatez, chumoli kislotada va 60°li spirtda sekin eriydi. Asalari chaqqanda 0,2-0,3 mg zahar ajratadi. Asalari chaqqan joyda qattiq ogʻriq va shish paydo boʻladi. Asalari chaqqan joyga darhol validol eritmasi yoki sarimsoq kesib surtilsa, ogʻriq qoladi, shish paydo boʻlmaydi. Asalari zahari dan tibbiyotda radikulit va bod kasalli-klarini davolashda foydalaniladi. Bunda organizm bevosita asalarilarga chaktiriladi yoki tarkibida Asalari zahari boʻlgan dorilar qoʻllanadi. Bu preparatlardan bronxial astma, gipertoniya kasalliklarini davolashda ham foydalanish mumkin. Bod va radikulitni davolashda tarkibida Asalari zahari boʻlgan virapin (1 g vira-pinda 0,15 mg Asalari zahari boʻladi) surtma holida qoʻllanadi. Tarkibida Asalari zahari bor dorilardan qon tomirlarini kengaytirish va moddalar almashinuvini yaxshilashda foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |