Kontent qismiga oʻtish

Ajroqlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ajroqlik – tashqi yoki ichki kuch taʼsirida togʻ jinslarining oʻz ichidagi yoriqlar boʻylab alohida ajralishi. Odatda magma sovib, jinslarga aylanayotgan vaqtda yoki choʻkindi jinslar suvdan koʻtarilib quriyotganda, yoriqlardan yoki yopishib turgan joylardan yoriqlar boʻylab ajralgan kezlarida bu xususiyat namoyon boʻladi. Togʻ jinslarining ajralish shakllariga qarab ajroqlik bir necha turli boʻladi; masalan, choʻkindi togʻ jinslarida toʻrtburchakli, kubsimon, qatlamsimon, parallelepipedsimon, prizmatik yoki ustunsimon, sharsimon, toshtaxtasimon va boshqa ajroqlik yaxlit massivdan zarur shakl va oʻlchamdagi toshni ajratib olishni osonlashtiradi. Konchilik ishlarini ratsional loyihalashda ahamiyati bor. A3, As, Os – qadimgi turkiy qabilalardan birining nomi. Ular VII va XI asrlarda hozirgi Tiva Respublikasining gʻarbiy qismida yashagan. Asosiy qismi VII va VIII asrlardayoq Yettisuvga koʻchib kelib, Ili va Chu daryolari boʻylariga, Kestak dovonining har ikki tomoniga oʻrnashgan. „Hudud ul-olam“ asarida ajroqlik tirkashlarning bir qismi deyilgan. Yenisey, Oltoy va Tyanshanning oʻrta asrlarga oid etnonimikasida ajroqlik nomi qirgʻizlar bilan bogʻliq holda uchraydi. Oltoyda toʻrt os degan urugʻ-qabila nomi saqlanib qolgan. Tuva va Oltoy togʻ yon bagʻirlaridagi ajroqliklarning bir qismi keyinchalik Sibir xalqlari (Oltoy, teleut), Yettisuvdagilari esa qozoq, qirgʻiz va oʻzbek xalqlari tarkibiga singib ketgan. Hozirgi Samarqand viloyatining gʻarbiy tumanlarida saroy qabilasiga mansub oʻzbeklar tarkibida ajroqlik etnonimi saqlanib qolgan[1].

  1. "Ajroqlik" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil