Kontent qismiga oʻtish

Ahmadjon karvonsaroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmadjon karvonsaroyi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Madaniy meros yodgorligi
Turi Karvonsaroy
Joylashuvi Buxoro viloyati
Manzili Haqiqat koʻchasi
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XVIII asr yoki XIX asr
Qurilishi tugagan XVIII asr yoki XIX asr
Map
Ahmadjon karvonsaroyining oʻrni xaritada

Ahmadjon karvonsaroyiOʻzbekistonning Buxoro shahri tarixiy markazida joylashgan madaniy meros yodgorligi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1].

Sovetlar hukmronligi davrida koʻp yillar yotoqxona vazifasini bajargan karvonsaroy, bora-bora qurilish va xoʻjalik axlatiga toʻlib borgan. 2003-yildan buyon yarim buzilgan holatga kelib qolgan karvonsaroyni fransuz asotsiatsiyasi tomonidan qayta qurish ishlari olib borilmoqda[2].