Abulhusayn Ishtixoniy
Abulhusayn Ishtixoniy | |
---|---|
Tavalludi |
IX asr oxiri va X asr boshlari Samarqandga qarashli Ishtixon shahrida tug‘ilgan. |
Abulhusayn Ishtixoniy (arabcha: أبو الحسين اشتيخاني— Abulhusayn Tohir ibn Voris Ishtixoniy) — roviy.
Abulhusayn Ishtixoniy IX asr oxiri va X asr boshlarida yashab? hadis roviysi boʻlgan.
Ustozi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abulhusayn Ishtixoniy hadis ilmi sir-asrorlarini ustozi Yahyo ibn Xolid Mahlabiydan oʻrgangan.
Shogirdi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abulhusayn Ishtixoniydan Zohir ibn Abdulloh Soʻgʻdiy (vaf. 321/933 y.) hadis rivoyat qilgan[1].
Rivoyat qilgan hadis
[tahrir | manbasini tahrirlash]Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida Abulhusayn Ishtixoniy ustozi Yahyo ibn Xolid Mahlabiydan rivoyat qilgan quyidagi hadisi sharif keltirilgan: Abulhusayn Tohir ibn Voris Ishtixoniy: Bizga Yahyo ibn Xolid Mahlabiy, u esa Mansurdan, u esa Anas ibn Molik roziyallohu anhudan hadis aytdi, — dedi. U: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Roʻzadorning ogʻzidan chiqqan hid Alloh taoloning huzurida Miskning hididan ham xushboʻyroqdir, hatto ogʻzini ochganicha farishtalar u uchun istigʻfor aytib turadi", — dedilar, deb aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam albatta, suv yoki sut yoki sharbat (Meva, bugʻdoy va arpa kabi narsalardan siqib olingan suvi) bilan ogʻiz ochar edilar. Uning barcha ashoblari ham shunday qilar edi[2].