Kontent qismiga oʻtish

Vitaminlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
B vitamini qadoqlash

Vitaminlar (lotincha: vita — hayot),darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qadimiy Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida qayd etilgan. V.ni ilmiy nuqtai nazardan oʻrganish XVIII asrda boshlangan. Ingliz vrachi J. Lind (1757), fransuz fiziologi F. Majandi (1816), rus vrachi N. I. Lunin (1880), golland vrachi Eykman (1897), ingliz olimi F. Xopkins (1906)lar V.ni oʻrganishga juda katta hissa qoʻshdilar. Organizmda V. sintez qilinmaydi, kishi oʻzi uchun zarur V.ni turli ovqat moddalari bilan oladi. Ovqatda V. yetishmaganda gipovitaminoz, mutlaqo boʻlmaganda avitaminoz paydo V.ning asosiy manbai oʻsimliklardir (qarang Vitaminli oʻsimliklar). V. hosil boʻlishida mikroorganizmlar ham katta rol oʻynaydi. V.ning biologik ahamiyati moddalar almashinuviga rostlovchi taʼsir etishdan iborat. V. organizmda sodir boʻladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni oʻzlashtirishiga taʼsir koʻrsatadi, hujayralarning normal oʻsishiga va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini taʼminlaydi. V. organizmda energiya almashinuvida (V,, B2 V.), aminokislotalar (B6, B12 V.) va yog kislotalar (pantotenat kislota) biosintezida, fotoresepsiya jarayonida (A vitamin), qon ivishida (K vitamin) va kalsiyning oʻzlashtirilishida (D vitamin) ishtirok etadi. Shunday qilib, organizmda biror vitamin yetishmasa yoki butunlay boʻlmasa, moddalar almashinuvi buziladi. Oziq-ovqatda V. yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda tashqi muhitning noqulay taʼsiriga chadami kamayadi. Vitamin yetishmovchiligiga ovqat tarkibida V. kam boʻlishigina emas, balki ularning ichakda soʻrilishi, toʻqimalarga yetkazib berilishi va biologik faol shaklga aylanishi jarayonlarining buzilishi ham sabab boʻladi. Lekin baʼzi V.ning fiziologik ehtiyojdan ortiqroq boʻlishi gipervitaminozga olib kelishi ham mumkin. Keyingi yillarla 30 dan ziyod vitaminning kimyoviy tuzilishi toʻla oʻrganilib, koʻplari sintez qilindi (qarang Vitamin sanoati).

Dastlab V. shartli ravishda lotin alifbosining bosh harflari: A, V, S, D, Ye, R va hokazo bilan belgilangan. Keyinchalik V.ning kimyoviy tuzilishiga binoan xalqaro standartlashtirishning yagona nomi qabul qilindi. V.suvda eriydigan, yogʻda eriydigan va vitaminsimon birikmalarga ajratiladi. Yogʻda eriydigan V.ga A, D,E va K, suvda eriydiganlariga V kompleksi vitaminlari va S, RR kiradi. V.dan tashqari organizmda turli oʻzgarishlarga uchrab V.ga aylanadigan moddalar — provitaminlar ham bor. Provitaminlarga karotinlar (A provitamin), D vitaminga aylanadigan baʼzi bir sterinlar (ergosterin va b.) kiradi. Odamning V.ga boʻlgan bir kunlik ehtiyoji organizmning umumiy holatiga, mehnat tarziga, sogʻ yoki kasalligiga bogʻliq. Odam hayoti uchun V.dan ayniqsa A, V, V2, S, D, RR ning ahamiyati katta.

Quyida koʻproq qoʻllanadigan V. tavsifi keltirildi.

Retinol (A vitamin) tabiatda keng tarqalgan. Oʻsimlik toʻqimalarida A provitamin (organizmda retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar) holida uchraydi. Koʻrish pigmentlari hosil boʻlishida qatnashib, organizmning normal oʻsishini, koʻzning turli darajadagi yorugʻlikka moslashishini taʼminlaydi. Organizmda retinol yetishmasa, teri qurishib oqaradi, qipiqlanadi, muguzlanadi, unda mayda toshmalar paydo boʻladi, terining yiringli kasalliklari avj oladi, soch quruq, xira boʻlib, toʻkila boshlaydi, tirnoq moʻrtlashib qoladi. Yoruqqa qaray olmaslik, shabkoʻryaik, konʼyunktivit, blefaritta asosan A vitamin yetishmasligi sabab boʻladi. A provitamin (karotin) oʻsimliklarda, ayniqsa ularning yashil barglarida, A vitamin hayvon va baliq jigarida, baliq moyida koʻp.

Tiamin (V, vitamin) — koʻpgina oziqovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi va qobigʻi (kepagi)da boʻladi. Tiamin organizmda uglevodlar almashinuvida muhim ahamiyatga ega; ovqat uglevodlarga serob boʻlsa, ularni oʻzlashtirish uchun tiamin koʻproq talab qilinadi. Tiamin boʻlmasa, polinevrit kasalligi roʻy beradi. Organizmda bu vitamin boʻlmasa yoki yetishmasa, nerv sistemasining ogʻir kasalligi — beri-beri paydo boʻladi, shuningdek ichak peristaltikasi susayadi, qabziyat, muskullar boʻshashishi, jismoniy va ruhiy ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Riboflavin (V2 vitamin)— oʻsish jarayonida qatnashadi va oʻstiruvchi omillarga kiradi. Oqsil, yogʻ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Markaziy nerv sistemasi holatini rostlaydi, koʻz gavharidagi moddalar almashinuviga taʼsir etadi, yorugʻlikni sezish va rang ajratishga yordam beradi. Riboflavin organizmga oziq-ovqat bilan kiradi, ovqatda riboflavin yetishmasa ogʻiz burchagi, lab yoriladi (qarang Lab bichilishi), soch toʻkiladi, konʼyunktivit va blefarit kuzatiladi. V2 vitamin asosan hayvon mahsulotlari — tuxum, pishloq, sut, goʻsht hamda galla va dukkakli oʻsimliklarda moʻl-koʻl.

Piridoksin (V6 vitamin)— koʻpgina oʻsimlik va hayvon mahsulotlari: achitqi, bugʻdoy murtagi, jigar, baliq, mol goʻshti va dukkakli donda boʻladi. U oqsil va yogʻning normal hazm boʻlishini taʼminlab, azot almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar oʻsmay qoladi, meʼda-ichak ishi buziladi, kamqonlik roʻy beradi. Homiladorlarda stomatit, terining yalligʻlanishi, qoʻzgʻaluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi uchun zarur miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari taʼsirida hosil boʻladi.

Nikotinamid, nikotin kislota (RR vitamin) hujayralarning nafas olishida, oqsillar almashinuvida qatnashadi, organizmda oʻsimlik oqsillarining hazm boʻlishini tezlashtiradi, meʼdaning sekret va harakat faoliyatini normallashtiradi, meʼda osti bezi ishlab chiqaradigan sekret va shira tarkibini yaxshilab, jigar ishini barqarorlashtiradi. Organizmda nikotin kislota yetishmasa pellagra kasalligi roʻy beradi. Nikotin kislota uy parrandasi, mol goʻshti, jigari, buyragida, achitqi, guruch kepagi, bugʻdoy murtagida koʻp boʻladi.

Folat kislota (V, vitamin) baʼzi aminokislotalar almashinuvida va sintezida, shuningdek nuklein kislotalar sintezida qatnashadi, koʻmikning qon yaratish funksiyasini kuchaytiradi, V12 vitamin-ning yaxshi oʻzlashtirilishiga yordam beradi. Folat kislota oʻsimlik va hayvon mahsulotlarida, ayniqsa, jigar, buyrak va yashil barglarda koʻp. Ichak mikroorganizmlari folat kislotani koʻp miqdorda sintezlaydi.

Siankobalamin min) — yuqori biologik faol modda. Metionin, nuklein kislotalar sintezida va qon yaratilishi jarayonida qatnashadi. Organizmga ovqat bilan kiradi, u organizmda yetishmasa, kamqonlik paydo boʻladi. Siankobalamin mol jigarida ayniqsa koʻp. Tibbiyotda, chorvachilik va parrandachilikda keng qoʻllanadi.

Pantotenat kislota (V5 vitamin) — oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida koʻp. Nerv sistemasi hamda buyrak usti va qalqonsimon bezlar faoliyatini normallashtiradi.

Askorbin kislota (S vitamin) — moddalar almashinuvida, biriktiruvchi toʻqimalarning oʻzlashtirilishida, bu toʻqimalarning normal holatda tutib turilishi va tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Organizmda S vitamin yetishmasa, togʻay va suyak toʻqimalari tuzilishi buziladi, lavsha (singa) kasalligi roʻy beradi. Organizmda askorbin kislota hosil boʻlmaydi va toʻplanmaydi. S vitamin sabzavot va mevalarda boʻladi. Askorbin kislota turli polivitamin preparatlari tarkibiga kiradi.

Kalsiferol (D vitamin) moddalarning mineral almashinuviga, suyak hosil boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi. U yosh bolalar skeletining jadal oʻsishi va suyaklanishi davrida ayniqsa zarur. Organizmda D vitamin yetishmasa raxit kasalligi paydo boʻladi. Tunes, treska va b. baliqlar moyi kalsiferol manbai hisoblanadi.Bundan tashqari, sut, tvorog, sariyogʻ, jigar va tuxum sarigʻida koʻp boʻladi. Tishlarni ham asraydi.

Tokoferol (Ye vitamin, koʻpayish vitamini) muskul va jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi, ichki aʼzolarda, yogʻda eriydigan barcha V., ayniqsa retinol toʻplanishiga yordam beradi. Oʻsimliklarning yashil qismi hamda ulardan olinadigan moyda (mas., kungaboqar moyida) moʻl boʻladi.

Filloxinon (K vitamin) — qon ivishining asosiy omillaridan biri. Organizmda K vitamin yetishmaganda turli aʼzolar (burun, milk, meʼda-ichak va b.)dan qon ketishi kuzatiladi. Filloxinon salat, karam, ismaloq, qichitqi oʻtning yashil qismida boʻladi. Yuqorida aytib oʻtilgan V.dan tashqari, organizm uchun zarur boʻlgan boshqa biologik faol moddalar (vitaminsimon birikmalar) ham bor. Bularga bioflavonoidlar, xolin, inozit, lipoat, orot, pangamat, paraaminbenzoat kislotalari va b. moddalar kiradi.

Meva, sabzavot va b. masalliqlar uzok, saqlanganda va notoʻgʻri pishirilganda V. kamayadi. V.dan eng beqarori askorbin kislota boʻlib, uni oftob, issiq va nam havo buzib qoʻyadi. Ovqat pishirganda V., ayniqsa askorbin kislota yaxshi saqlanishi uchun sabzavotni tez artib, yuvib. toʻgʻrab, qaynab turgan suvga solish, qozon qopqogʻini yopib qoʻyish kerak. V. preparatlari dorixonalarda mavjud, ammo biologik taʼsiri kuchli boʻlgani uchun Vitaminni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish lozim.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Sohibov D., Vitaminlar va ularning hayot uchun ahamiyati, T., 1991.

Oʻzuv Zokirov, Abdukarim Zikiryoev.