Kurakoyoqlilar
Kurakoyoqlilar | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||
| ||||||||
Scaphopoda |
Kurakoyoqlilar (lotincha: Scaphopoda) — dengiz mollyuskalari sinfi. Tanasining uzunligi 3 mm dan 12 sm gacha, ikki tomonlama simmetriyali, shakli fil tishiga oʻxshash yaxlit chigʻanoq (uzunligi 1,5 mm – 15 sm) bilan qoplangan. Chigʻanoqning 2 uchida teshigi bor; oldingi teshigidan oyogʻi bilan boshi chiqib turadi. Oʻsimtaga oʻxshash boshining uchki qismida ogʻiz teshigi joylashgan. Boshidagi uchi toʻmtoq moʻylovlari sezish va oziqni ushlash vazifasini bajaradi. Foram iniferalar va boshqa bentos hayvonlari bilan oziqlanadi. Oyogʻi toʻmtoq, konus shaklida. Kurakoyoqlilar ayrim jinsli, tuxumlari tashqi muhit (suv) da urugʻlanadi. Tuxumdan suvda soʻzadigan troxofora lichinkasi rivojlanib chiqadi; lichinka 5–6 kundan soʻng suv ostiga choʻkib voyaga yetadi. Kurakoyoqlilarning 1000 ga yaqin turi mavjud. Kurakoyoqlilar suv tubidagi loyga koʻmilib hayot kechiradi; loydan chigʻanogʻining uchi chiqib turadi. Asosan, tropik dengizlarda tarqalgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Steiner, G. . (1992). "Phylogeny and Classification of Scaphopoda". Journal of Molluscan Studies 58 (4): 385–400. doi:10.1093/mollus/58.4.385.
- ↑ Reynolds, Patrick D. „The Scaphopoda“, . Molluscan Radiation – Lesser-known Branches, Advances in Marine Biology, 2002 — 137–236-bet. DOI:10.1016/S0065-2881(02)42014-7. ISBN 978-0-12-026142-0.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.