Federico Valverde
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Federico Santiago Valverde Dipetta[1] | ||
Tavallud sanasi | 22-iyul 1998-yil | ||
Tavallud joyi | Montevideo, Urugvay | ||
Boʻyi | 1.82 m[2] | ||
Ampluasi |
Markaziy yarim himoyachi, Oʻng qanot yarim himoyachisi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid | ||
Raqami | 15 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2001-2008 | Estudiantes de la Unión | ||
2008-2015 | Peñarol | ||
2016-2017 | Real Madrid |
Federico Santiago Valverde Dipetta (talaffuzi: Federiko Valverde; 1998-yil 22-iyulda tugʻilgan) – Urugvaylik professional futbolchi, Ispaniyaning Real Madrid klubi va Urugvay terma jamoasida markaziy yarim himoyachi, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Oʻzining tezligi, chidamliligi bilan mashhur boʻlgan koʻp qirrali oʻyinchi, shuningdek, himoya yarim himoyachisi, oʻng qanot himoyachisi va baʼzan oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynashi mumkin.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Valverde oʻzining ilk faoliyatining koʻp qismini Peñarol bilan oʻtkazdi. 2015-16-yilgi mavsumda Cerroga qarshi oʻyinda Peñarol safida debyut qildi[3]. Urugvayning yoshlar jamoasi aʼzosiga aylandi va Arsenal, Barcelona, Chelsea va Real Madrid kabi klublarning qiziqishini uygʻotdi[4][5][6].
Real Madrid
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning iyulida Peñaroldan Realga oʻtib, B jamoasiga qoʻshildi[7]. Ikki oy oʻtgach, Valverde Castilla safida Real ga qarshi debyut qildi, oʻyinda uning klubi yutqazdi[8]. U debyut mavsumida ikkinchi jamoaning doimiy aʼzosiga aylandi. Yarim himoyachi Castilla safidagi ilk golini 2016-yilning dekabrida Albacetega qarshi oʻyinda urgan edi[9].
Deportivo La Coruñaga ijara
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilning 22-iyunida Valverde La Liga vakili Deportivo La Coruñaga bir yilga ijaraga berildi[10]. U musobaqadagi debyutini 10-sentyabr kuni oʻtkazdi. Valverde mavsum davomida 24 ta oʻyinda maydonga tushdi, jamoasi quyi ligaga tushib ketdi.
2018: Real Madridga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ijaradan qaytgach, Valverde 2018-19-yilgi mavsumda yangi bosh murabbiy Julen Lopeteguini hayratda qoldirdi va asosiy tarkibdan oʻrin oldi[11]. 2018-yil 23-oktabr kuni Valverde 20 yoshida Santiago Bernabéuda FC Viktoria Plzeňga qarshi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida Real Madriddagi rasmiy debyutini oʻtkazdi[12][13]. 25 oʻyinda maydonga tushdi va asosiy jamoadagi birinchi mavsumida FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi[14].
2019-yildan hozirgi kungacha: Birinchi jamoa yutugʻi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zinedine Zidanening klubga qaytishi va Markos Llorentening ketishi bilan Valverde 2019-20-yilgi mavsumda jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi[15]. 2019-yilning 9-noyabrida u Real Madrid safidagi ilk golini La Liga doirasida Eibar ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritdi[16].
2020-yilning 12-yanvarida Valverde Ispaniya Superkubogi finalida Atletico Madridga qarshi oʻyinda Álvaro Morataga nisbatan qoidabuzarlik qildi[17]. Valverde maydondan chetlatildi, ammo uning harakatlari muqarrar gol boʻldan qutqardi, oʻyin oxirida Real Madrid gʻalaba qozondi. Valverde liga mavsumi davomida 33 oʻyinda maydonga tushdi, Real Madrid 2019-20 La Ligada gʻolib chiqdi[18].
27-sentyabr kuni Valverde Real Madridning 2020-21-yilgi mavsumdagi ilk golini La Liga doirasida Betisga urdi, yakunda 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi. Oʻyin futbolchisi boʻldi[19]. Bir oy oʻtgach, 24-oktyabr kuni Valverde Camp Nouda Barcelona darvozasini 5-daqiqa ichida urdi va yakunda 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Valverde El Clásicoda gol urgan ikkinchi urugvaylik (Luis Suárezdan keyin) va Real Madrid uchun esa birinchi boʻldi[20]. Bir hafta oʻtgach, Valverde Alfredo Di Stéfano stadionida Huescaga qarshi 4:1 hisobida gʻalabali oʻyinda gol urdi. Bu uning mavsumdagi uchinchi goli boʻldi[21].
2021-yilning 24-avgustida Valverde shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirdi[22]. 2022-yil 12-yanvarda Ispaniya Superkubogi yarim finalining qoʻshimcha taymlarida Barcelona darvozasiga 3-golni urdi (3:2[23]. 28-may kuni u Chempionlar ligasi finalida Liverpool ustidan 1:0 hisobida gʻalabali oʻyinda Vinícius Júniorga golli uzatma berdi va Real Madrid UEFA Chempionlar Ligasidagi 14-marta chempionlikni qoʻlga kiritdi[24].
Terma jamolardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Federico Valverde 2017-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Kumush toʻp bilan taqdirlandi, Urugvay turnirni toʻrtinchi oʻrinda yakunladi[25].
U birinchi marta 2017-yilning avgustida[26] toʻliq tarkibga chaqirilgan va 2017-yil 5-sentyabrda Urugvay milliy futbol jamoasida debyut qilgan[27] va Paragvayga qarshi oʻyinda kattalar jamoasi bilan birinchi xalqaro golini urgan. 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Urugvayning 26 kishilik vaqtinchalik tarkibiga kiritilgan, biroq u 23 kishilik yakuniy tarkibdan tashqarida qolgan[28].
Valverde murabbiy Óscar Tabárez tomonidan 2019-yilda Braziliyada boʻlib oʻtadigan Amerika Kubogi uchun Urugvay terma jamoasining 23 kishilik yakuniy tarkibiga kiritildi[29]. 29-iyun kuni Peruga qarshi oʻtkazilgan chorak finalda asosiy vaqtdan keyin 0:0 hisobidagi durang natija penaltilar seriyasiga qadar davom etdi; Urugvay 4:5 hisobida magʻlub boʻldi va musobaqadan chiqib ketdi[30].
2021-yil iyun oyida Federico 2021-yilgi Amerika kubogi uchun tarkibga tanlandi[31].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Valverde argentinalik jurnalist va boshlovchi Mina Bonino bilan ishqiy munosabatda. Ularning 2020-yil 20-fevralda tugʻilgan Benisio ismli bitta oʻgʻli bor[32].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 28-may, 2022-yil[33]
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Qitʼʻa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Liga | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Peñarol | 2016 | Urugvay Primerasi | 12 | 0 | 0 | 0 | 1 [lower-alpha 1] | 0 | — | 13 | 0 | |
Real Madrid Castilla | 2016-17 | Segunda B divizioni | 30 | 3 | — | — | — | 30 | 3 | |||
Deportivo La Korunya (ijara) | 2017-18 | La Liga | 24 | 0 | 1 | 0 | — | — | 25 | 0 | ||
Real Madrid | 2018-19 | La Liga | 16 | 0 | 5 | 0 | 4 [lower-alpha 2] | 0 | — | 25 | 0 | |
2019-20 | La Liga | 33 | 2 | 3 | 0 | 6 [lower-alpha 2] | 0 | 2 [lower-alpha 3] | 0 | 44 | 2 | |
2020-21 | La Liga | 24 | 3 | 1 | 0 | 7 [lower-alpha 2] | 0 | 1 [lower-alpha 3] | 0 | 33 | 3 | |
2021-22 | La Liga | 31 | 0 | 2 | 0 | 11 [lower-alpha 2] | 0 | 2 [lower-alpha 3] | 1 | 46 | 1 | |
Jami | 104 | 5 | 11 | 0 | 28 | 0 | 5 | 1 | 148 | 6 | ||
Jami faoliyati | 170 | 8 | 12 | 0 | 29 | 0 | 5 | 1 | 216 | 9 |
- ↑ Appearance(s) in Copa Libertadores
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Appearance(s) in UEFA Champions League
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Appearance(s) in Supercopa de España
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 11-iyun, 2022-yilgi holat boʻyicha
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Urugvay | 2017 | 4 | 1 |
2018 | 4 | 0 | |
2019 | 12 | 1 | |
2020 | 2 | 0 | |
2021 | 13 | 1 | |
2022 | 8 | 1 | |
Jami | 42 | 4 |
- Gollar va natijalar birinchi boʻlib Urugvayning gollari sonini sanab oʻtadi.
Yoʻq. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2017-yil 5 sentyabr | Estadio Defensores del Chaco, Asunsion, Paragvay | Paragvay | 1 – 0 | 2-1 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi |
2. | 2019-yil 7 iyun | Estadio Centenario, Montevideo, Urugvay | Panama | 3 – 0 | 3-0 | Doʻstona |
3. | 2021-yil 5 sentyabr | Estadio Campeón del Siglo, Montevideo, Urugvay | Boliviya | 2 – 0 | 4-2 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi |
4. | 2022-yil 29 mart | Estadio San Karlos de Apoquindo, Santiago, Chili | Chili | 2 – 0 | 2-0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Peñarol
- Primera : 2015-16 [34]
Real Madrid
- La Liga : 2019-20[35], 2021-22[36] 2023-2024
- Ispaniya Superkubogi : 2019-20[37], 2021-22[38]
- UEFA Chempionlar Ligasi : 2021-22[39]
- FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati : 2018[40] 2022
Individual
- FIFA U-20 Jahon chempionati kumush toʻpi : 2017[41]
- UEFA LaLiga yilning eng yaxshi jamoasi: 2019-20[42]
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Acta del Partido celebrado el 19 de mayo de 2019, en Madrid“ [Minutes of the Match held on 19 May 2019, in Madrid] (es). Royal Spanish Football Federation. 2020-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-iyun.
- ↑ „Valverde | Midfielder First Team | Official Real Madrid CF website“. Real Madrid C.F. - Web Oficial.
- ↑ „CERRO VS. PEÑAROL 0 – 3“. Soccerway.
- ↑ Parker. „Arsenal battle Real Madrid for Uruguayan starlet Federico Valverde – Off The Post“.
- ↑ Giles. „Arsenal 'launch bid to beat Barca to South America's most exciting talent'“. Metro (2015-yil 11-aprel).
- ↑ Malyon. „Arsenal and Chelsea battling for transfer of Uruguayan wonderkid“. Daily Mirror (2015-yil 9-aprel).
- ↑ „Real Madrid sign up starlet Valverde – MARCA English“. Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
- ↑ „1-0: Castilla lost by the tightest of margins in Irún – Real Madrid C.F.“. Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
- ↑ „3-1: Castilla see off the leaders at the Di Stéfano – Real Madrid C.F.“. Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
- ↑ „Fede Valverde, nuevo jugador del Deportivo para la Temporada 2017–2018“ (es). Deportivo La Coruña (2017-yil 22-iyun). Qaraldi: 2017-yil 30-iyun.
- ↑ „Fede Valverde will stay with Real Madrid“. Marca (2018-yil 17-avgust). Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Fede Valverde celebrates his first game for Madrid: 'I'm happy with debut, bur winning was more important'“. Tribuna.com. 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
- ↑ „Federico Valverde delights in his Real Madrid debut“. The Real Champs (2018-yil 24-oktyabr). 2022-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
- ↑ „Valverde turns 22 | Real Madrid CF“. Real Madrid C. F. – Web Oficial. Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Modric is no longer a sure-fire starter for Real Madrid“. AS.com (2019-yil 31-oktyabr). 2022-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
- ↑ „Karim Benzema double helps Real Madrid cruise past Eibar“. espn.in (2019-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 9-noyabr.
- ↑ „Fede Valverde vs Atletico Madrid | (Spanish Super Cup – Final) 2020 HD 1080i“. YouTube. RMDVIDSTV. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
- ↑ „Real Madrid win the longest LaLiga Santander season“. Marca (2020-yil 17-iyul). Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
- ↑ „Betis 2–3 Real Madrid: results, summary and goals“. AS.com (2020-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Barcelona-Real Madrid: 1–3: Superb win in the Clásico“. Real Madrid C.F. – Web Oficial. Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Real Madrid-Huesca: 4–1: Real Madrid ease past Huesca to move top“. Real Madrid C.F. – Web Oficial. Qaraldi: 2020-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Official Announcement: Valverde“. Real Madrid. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
- ↑ „VIDEO: Amazing Valverde goal v Barcelona in Spanish Super Cup“. BeSoccer. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
- ↑ „Vinicius Jr goal in Champions League final gives Real Madrid result vs Liverpool“. Sporting News (2022-yil 7-iyun).
- ↑ „U20 World Cup displays convince Real Madrid of Valverde talent“. MARCA in English.
- ↑ „Reservados vs. Argentina y Paraguay“ (Spanish). AUF's official website. 2017-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Observador. „El futuro de la celeste está asegurado“. El Observador.
- ↑ Crawford. „Revealed: Every World Cup 2018 squad – Final 23-man lists“. Goal.com (2018-yil 4-iyun). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- ↑ „Uruguay Team Squads Copa America 2019“. copaamerica2019.live (2019-yil 7-mart). 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-iyun.
- ↑ „Uruguay 0–0 Peru“. BBC Sport (2019-yil 29-iyun). Qaraldi: 2019-yil 30-iyun.
- ↑ „Plantel de Uruguay para la Copa América“ (es). Uruguayan Football Association (2021-yil 10-iyun). Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
- ↑ „Fede Valverde and Mina Bonino, parents of 1st child after 14 hours of labour“. BeSoccer (2020-yil 20-fevral). Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
- ↑ Federico Valverde Soccerway saytida
- ↑ „F. VALVERDE PASSPORT“. Soccerway.
- ↑ „Real Madrid win 2019/20 LaLiga Santander“. LaLiga (2020-yil 16-iyul). Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
- ↑ Westwood. „Real Madrid clinch 35th La Liga title with four games to spare after victory over Espanyol“. Goal.com (2022-yil 30-aprel). Qaraldi: 2022-yil 30-aprel.
- ↑ „Real Madrid win the Supercopa from the spot“. Marca (2020-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 12-yanvar.
- ↑ Mctear, Euan. „Modric and Benzema fire Real Madrid to the Supercopa title“. Marca (2022-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 16-yanvar.
- ↑ „Champions League final: Vinícius Júnior scores only goal as Real Madrid deny Liverpool again“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2022-yil 28-may). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
- ↑ Rodríguez, José María. „El Madrid agranda su leyenda“ (es). Marca (2018-yil 22-dekabr). 2019-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-dekabr.
- ↑ „FIFA U-20 World Cup Korea Republic 2017 – Awards“. FIFA. 2007-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Equipo Revelación de La Liga 2019/20“. UEFA (2020-yil 21-iyul).