Nyu-York: Versiyalar orasidagi farq
MalikxanBot (munozara | hissa) k Bot: Eski nomdagi turkum yangi nomga oʻtkazildi |
Tahrir izohi yoʻq Teg: Koʻp maʼnoli sahifalarga ishoratlar |
||
Qator 1: | Qator 1: | ||
{{Boshqa maʼnolari|Nyu-York (maʼnolari)}} |
|||
{{Bilgiquti aholi punkti |
{{Bilgiquti aholi punkti |
||
| mavqe = [[Shahar]] |
| mavqe = [[Shahar]] |
2024-yil 2-fevral, 12:12 dagi koʻrinishi
Nyu-York | |
---|---|
Shahar | |
40°42′46″N 74°0′22″W / 40.71278°N 74.00611°W | |
Mamlakat | AQSh |
Shtat | Nyu-York |
Hukumat | |
• [[Mer]] | Eric Adams |
Maydon | 1,223.59 km2 (472.43 kv mi) |
Markazi balandligi | 10[1] m |
Aholisi (2020) |
8 804 190[2] |
Zichligi | 11313.68 kishi/km2 |
Etnoxoronim | nyu-yorklik |
Vaqt mintaqasi | UTC-5, yozda UTC-4 |
Telefon kodi | 212, 332, 347, 646, 718, 917, 929 |
Pochta indeks(lar)i | 100xx-104xx, 11004-05, 111xx-114xx, 116xx |
Avtomobil kodi | NY |
Nyu-York (inglizcha: New York City) – AQShning eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida. Shaharning markaziy qismi Manhattan orolida joylashgan. Iqlimi moʻtadil, sernam iqlim. Yillik yogʻin – 1000 mm. Maydoni (shaharning munitsipal chegarasi doirasida, suv havzalarisiz) – 953 km2. Aholisi – 8 804 190 kishi (2020)[2]. Nyu-Yorkning amalda qoʻshilib ketgan shaharlar va shahar atrofi bilan birga maydoni 27 ming km2, aholisi 19 million kishi. Shahar aholisining koʻpchiligi asli yevropalik, osiyolik va afrikaliklar, xususan, 15% qoratanlilar, 14% kelib chiqishiga koʻra italyanlar, 12% puertorikanlar va boshqalardan iborat.
Ilk bor Manhattan oroliga 1613-yilda gollandlar kelib oʻrnashgan. Shaharga 1625-yilda asos solingan. 1626-yildan Yangi Amsterdam (niderlandcha: Nieuw Amsterdam) deb atalgan. 1664-yilda Yangi Amsterdamni inglizlar bosib olib, York gersogi sharafiga Nyu-York deb ataganlar. 1785–1790-yillarda Nyu-York Amerika Qoʻshma Shtatlarining muvaqqat poytaxti. Shaharda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning shtab-kvartirasi joylashgan.
Nyu-York – Amerika Qoʻshma Shtatlarida eng katta, dunyoda eng yirik dengiz portlaridan. Chetdan keltiriladigan yuklar (neft, tropik oʻsimliklar mahsuloti, xom ashyo, sanoat buyumlari) chetga chiqariladigan yuklar (sanoat buyumlari, oziq-ovqat)dan uch marta koʻp. Mamlakat tashki savdo aylanmasining 1/4 qismi Nyu-York orqali oʻtadi. Shaharda fond birjasi, bank, sugʻurta jamiyatlari, sanoat va boshqa korporatsiyalarining boshqarmalari joylashgan. 3 ta katta xalqaro aeroport mavjud. Tikuvchilik va poligrafiya sanoatlari salmoqli oʻrin tutadi. Mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, elektrotexnika, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, aviaraketasozlik, optika-mexanika), kimyo hamda galantereya va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharning ayrim qismlarini 60 dan ortiq koʻprik, bir nechta avtomobil tunneli (umumiy uzunligi 370 km) va yoʻlovchilar tashish paromlari birlashtirib turadi. 1868-yildan metropoliten ishlab turibdi.
Nyu-York universitetlarning soni boʻyicha AQShda Kaliforniyadan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Nyu-Yorkda 40 dan ortiq kollej, Fanlar akademiyasi va boshqa akademiyalar, institutlar, yirik kutubxonalar, muzeylar, 70 dan ortiq teatr binolari, Filarmoniya zali, konservatoriya, konsert zallari va boshqa bor.
Nyu-Yorkda italyanlar, yahudiy, xitoy va boshqa millatga mansub aholining koʻcha va kvartallari mavjud. Shahar 19-asr boshidan toʻgʻri burchakli reja asosida shakllana boshladi. 19-asr oʻrtalariga kelib, ulkan shaharga aylandi. Eng katta koʻchalardan biri – Brodvey (uzunligi 29 km). 19–20-asrlarda koʻp qavatli baland binolar qurila boshlandi. 20-asr oʻrtalariga kelib Nyu-York uzunligi 200 km keladigan va birbiri bilan tutashib ketgan ulkan shaharlar toʻdasiga aylandi. 17–18-asrlarda qurilgan binolardan ratusha (1803–1812), Triniti-Chyorch cherkovi (1839–1846), katta muhandislik inshootlaridan Bruklin koʻprigi (1869–1883) va boshqa saqlangan. Koʻp qavatli binolardan Empire State Building (102 qavat, 1930–1931), BMT shtab-kvartirasi binosi (1947–1952), Xalqaro savdo markazi (2 ta 110 qavatli minora, balandligi 412 m; 1971–1973; 2001-yil 11-sentabrda terrorchilar tomonidan portlatilgan) va boshqa yirik koʻpriklari: George Washington va Verratsano-Norrous. Muhim yodgorliklari: Ozodlik haykali va Vashington arki.
Tarixi
Qadim zamonlarda hozirgi Nyu-York shahri hududida algonkinlar istiqomat qilishgan.
Nyu-York limaniga tashrif buyurgan ilk yevropalik Giovanni da Verrazzano boʻlgan. Verrazzano Florensiyada tugʻilgan boʻlib, tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritgan. U Nyu-York limaniga 1524-yilda tashrif buyurgan hamda u yerni Fransiyaga tegishli hudud, deb daʼvo qiib, hududni Nouvelle Angoulême (Yangi Angoulême), deb nomlagan. Undan keyin, portugaliyalik kapitan Estêvão Gomes rahbarligidagi ispan ekspeditsiyasi 1525-yilning yanvarida Nyu-York limaniga yetib kelgan. Gomes Gudzon daryosini Río de San Antonio (San Antonio daryosi), deb nomlagan hamda uning xaritasini ishlagan. 1527-yili Shimoliy Amerikaning sharqiy qirgʻogʻini koʻrsatuvchi ilk ilmiy xarita – Padrón Real Gomes ekspeditsiyasi materiallari asosida ishlangan. AQShning shimoliy-sharqiy qismi Gomes sharafiga Tierra de Esteban Gómez, deb nomlangan.
Geografiyasi
Iqlimi
Nyu-York shahri | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Klimatogramma | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Nyu-York shahri iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 15,8 | 15,9 | 21,3 | 28,3 | 31,4 | 33,4 | 35,4 | 34,1 | 31,7 | 26,5 | 21,5 | 17,2 | 36,1 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 4,2 | 5,7 | 9,9 | 16,6 | 21,9 | 26,5 | 29,4 | 28,5 | 24,6 | 18,1 | 12,2 | 6,8 | 17,0 |
Oʻrtacha harorat, °C | 0,9 | 2,2 | 6,0 | 12,1 | 17,3 | 22,2 | 25,3 | 24,5 | 20,7 | 14,4 | 8,9 | 3,9 | 13,2 |
Oʻrtacha minimal, °C | −2,3 | −1,4 | 2,1 | 7,5 | 12,8 | 18,0 | 21,2 | 20,5 | 16,8 | 10,8 | 5,6 | 1,0 | 9,4 |
Mutlaq minimal, °C | 9,8 | −10,7 | −6,8 | 0,4 | 6,6 | 11,5 | 16,6 | 15,7 | 10,1 | 3,6 | −2,4 | −7,8 | −13,5 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 92 | 81 | 109 | 104 | 101 | 115 | 117 | 116 | 109 | 111 | 91 | 111 | 1 258 |
Manba: [4][5][6][7][8] |
Demografiyasi
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1698 | 4 937 | — |
1712 | 5 840 | +18.3% |
1723 | 7 248 | +24.1% |
1737 | 10 664 | +47.1% |
1746 | 11 717 | +9.9% |
1756 | 13 046 | +11.3% |
1771 | 21 863 | +67.6% |
1790 | 33 131 | +51.5% |
1800 | 60 515 | +82.7% |
1810 | 96 373 | +59.3% |
1820 | 123 706 | +28.4% |
1830 | 202 589 | +63.8% |
1840 | 312 710 | +54.4% |
1850 | 515 547 | +64.9% |
1860 | 813 669 | +57.8% |
1870 | 942 292 | +15.8% |
1880 | 1 206 299 | +28.0% |
1890 | 1 515 301 | +25.6% |
1900 | 3 437 202 | +126.8% |
1910 | 4 766 883 | +38.7% |
1920 | 5 620 048 | +17.9% |
1930 | 6 930 446 | +23.3% |
1940 | 7 454 995 | +7.6% |
1950 | 7 891 957 | +5.9% |
1960 | 7 781 984 | −1.4% |
1970 | 7 894 862 | +1.5% |
1980 | 7 071 639 | −10.4% |
1990 | 7 322 564 | +3.5% |
2000 | 8 008 288 | +9.4% |
2010 | 8 175 133 | +2.1% |
2020 | 8 804 190 | +7.7% |
2021 (tax.) | 8 467 513 | −3.8% |
Manbalar: 1698–1771,[9] 1790–1990,[10] 2000–2010,[11] 2020,[2] 2021[12] |
Demografiya | 2020[13] | 2010[14] | 1990[15] | 1970[15] | 1940[15] |
---|---|---|---|---|---|
Oq tanlilar | 30.9 % | 33.3 % | 43.4 % | 64.0 % | 92.1 % |
Latinoamerikaliklar | 28.3 % | 28.6 % | 23.7 % | 15.2 % | 1.6 % |
Afroamerikaliklar | 20.2 % | 22.8 % | 28.8 % | 21.1 % | 6.1 % |
Osiyoliklar | 15.6 % | 12.6 % | 7.0 % | 1.2 % | 0.2 % |
Mahalliy amerikaliklar | 0.2 % | 0.2 % | 0.4 % | 0.1 % | – |
Koʻp irqli amerikaliklar | 3.4 % | 1.8 % | – | – | – |
Nyu-York shahri aholi soni boʻyicha AQShdagi eng yirik shahardir[16]. 2010-yilgi maʼlumotlarga koʻra, shaharda 8 175 133 nafar kishi istiqomat qiladi[2][17][18]. AQShning aholi soni boʻyicha 2-eng yirik shahri boʻlmish Los-Anjelesda Nyu-York shahri bilan solishtirilganda ikki barobar kam kishi istiqomat qiladi[16]. Nyu-York shahri aholisi soni 2010–2020-yillar oraligʻida sezilarli darajada oʻsgan (taxminan 629 000 nafar kishi). Solishtirish uchun, AQShning aholi soni boʻyicha Nyu-Yorkdan keyingi eng yirik toʻrt shahri – Los-Anjeles, Chicago, Houston va Phoenixning ayni oʻnyillikda oʻsgan aholi sonini qoʻshganda ham Nyu-Yorkda oʻsgan aholi sonidan ozdir[19][20]. Nyu-York shahri aholisi Nyu-York shtati aholisining taxminan 44 foizini[21], Nyu-York aglomeratsiyasi aholisining esa taxminan 39 foizini tashkil etadi[22]. Ushbu shaharda istiqomat qiluvchi aholining aksariyati (5 141 538 yoki 58.4 foizi) Long Island, Bruklin yoki Queensda yashashadi[23].
Irqiy va etnik guruhlar
2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Nyu-York shahridagi irqiy va etnik guruhlarning tarkibi quyidagicha: 30.9% oq tanlilar, 28.7% latinoamerikaliklar, 20.2% qora tanlilar yoki afroamerikaliklar, 15.6% osiyoliklar va 0.2% mahalliy amerikaliklar[24]. Latinoamerikalik boʻlmagan aholining 3.4 foizi birdan ortiq irqqa mansub hisoblanadi. 1892–1924-yillar oraligʻida Ellis oroliga 12 milliondan ziyod yevropalik immigrantlar koʻchib kelgan[25]. 1900-yilga kelib, olmonlar immigrantlarning eng yirik guruhini tashkil qilgan. Ulardan keyin irlandlar, yahudiylar va italyanlar immigrantlarning katta guruhini tashkil etishgan[26]. 1940-yilda oq tanlilar shahar aholisining 92 foizini egallagan[15].
Jinsiy orientatsiya
Nyu-York aglomeratsiyasida taxminan 570 000 nafar gey va biseksual kishilar istiqomat qiladi[27][28]. Shaharda bir jinslar orasidagi nikoh 2011-yilning 24-iyunida legallashtirilgan[29].
Dini
Diniy mansublik (2014)[30][31] | ||||
---|---|---|---|---|
Xristian | 59% | |||
Katolik | 33% | |||
Protestant | 23% | |||
Boshqa xristianlik oqimlari | 3% | |||
– | 24% | |||
Yahudiy | 8% | |||
Hindu | 3% | |||
Musulmon | 3% | |||
Buddist | 1% | |||
Boshqa | 1% | |||
Xristianlik
Nyu-York shahrida yashovchi dindorlarning aksariyati xristianlar hisoblanadi[30]. Soni jihatdan eng katta xristianlik denominatsiyasi tarafdorlari rim katolik cherkoviga toʻgʻri keladi (33%). Ikkinchi eng katta xristianlik denominatsiyasi protestantizm tarafdorlariga (23%) toʻgʻri keladi.
Yahudiylik
Shaharda taxminan 1.1 million nafar kishi yahudiylik diniga eʼtiqod qiladi[32][33]. Ularning yarmidan koʻpi Bruklinda istiqomat qiladi. Yahudiylik New York shahridagi ikkinchi eng koʻp tarafdorlarga ega din hisoblanadi.
Islom
Islom dini Nyu-York shahrida xristianlik va yahudiylikdan keyingi uchinchi eng koʻp tarafdorlarga ega dindir. Musulmon aholining soni taxminan 600 000 va 1 000 000 orasida[34]. Amerikalik musulmonlarning 22.3 foizi Nyu-York shahrida istiqomat qilishadi.
Hinduizm va boshqa diniy mansubliklar
Nyu-York shahrida yuqoridagi uch dindan boshqa hinduizm, buddizm, sikhizm, zardushtiylik va boshqa dinlar, shuningdek, ateizm tarafdorlari bor. 2014-yilgi maʼlumotlarga koʻra, new yorkliklarning 3 foizdan oshigʻi ateist sanaladi[30].
Hukumati
Nyu-York shahrini mer, munitsipal kengash va hisoblar boshqarmasi idora qiladi. Mer aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi.
Shaharning amaldagi meri – Eric Adams. 2021-yilda unga saylovchilarning 67 foizi ovoz bergan. Merlik lavozimiga 2022-yilning 1-yanvaridan kirishgan.
2016-yil aprel holatiga koʻra, shaharda roʻyxatga olingan saylovchilarning 69 foizi demokratlar, 10 foizi esa respublikachilar hisoblanadi[35].
Manbalar
- ↑ „US Board on Geographic Names“ (inglizcha). United States Geological Survey (2018-yil 23-iyun). Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar. Search for feature ID 975772.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „QuickFacts: New York city, New York“ (inglizcha). U.S. Census Bureau. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
- ↑ Belvedere Castle at NYC Parks
- ↑ „NowData – NOAA Online Weather Data“. National Oceanic and Atmospheric Administration. Qaraldi: 2021-yil 4-may.
- ↑ „Summary of Monthly Normals 1991–2020“. National Oceanic and Atmospheric Administration. 2021-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-may.
- ↑ „New York Central Park, NY Climate Normals 1961−1990“. National Oceanic and Atmospheric Administration. Qaraldi: 2020-yil 18-iyul.
- ↑ „Average Percent Sunshine through 2009“. National Climatic Data Center. Qaraldi: 2012-yil 14-noyabr.
- ↑ „New York, New York, USA – Monthly weather forecast and Climate data“. Weather Atlas. Qaraldi: 2019-yil 4-iyul.
- ↑ Greene and Harrington. American Population Before the Federal Census of 1790, New York, 1932. Rosenwaike, Ira. Population History of New York City. Syracuse, N.Y.: Syracuse University Press, 1972 — 8-bet. ISBN 0-8156-2155-8.
- ↑ Gibson, Campbell.Population of the 100 Largest Cities and Other Urban Places in the United States:1790 to 1990, United States Census Bureau, June 1998. Retrieved June 12, 2007.
- ↑ „Table PL-P1 NYC: Total Population New York City and Boroughs, 2000 and 2010“. nyc.gov. Qaraldi: 2016-yil 16-may.
- ↑ „City and Town Population Totals: 2020–2021“. U.S. Census Bureau. Qaraldi: 2022-yil 5-iyun.
- ↑ „2020: DEC Redistricting Data (PL 94-171)“. US Census Bureau.
- ↑ „QuickFacts for New York City / New York State / United States“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2022-yil 14-fevral.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 15,3 „Race and Hispanic Origin for Selected Cities and Other Places: Earliest Census to 1990“. U.S. Census Bureau. 2012-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-noyabr.
- ↑ 16,0 16,1 Barron, James. „New York City's Population Hits a Record 8.6 Million“ (2018-yil 22-mart). Qaraldi: 2018-yil 22-mart.
- ↑ Sherry, Virginia N.. „Staten Island population at all-time high of 473,000; NYC's soars to record 8.4 million“ (2014-yil 27-mart). Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
- ↑ Roberts, Sam. „Fewer People Are Abandoning the Bronx, Census Data Show“ (2013-yil 14-mart). Qaraldi: 2014-yil 27-mart.
- ↑ Castronuovo, Celine „All 10 largest cities grew, Phoenix supplants Philly as 5th largest in US“. The Hill (2021-yil 12-avgust). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ Dorman, John L. „Census: The 10 most populous US cities are led by NYC, Los Angeles, and Chicago; Phoenix leapfrogs Philadelphia to claim the No. 5 spot“. Business Insider (2021-yil 16-avgust). Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
- ↑ „ACS Demographic and Housing Estimates–2012–2016 American Community Survey 5-Year Estimates–City Versus State“. American Fact Finder, United States Census Bureau (2016). 2020-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-oktyabr.
- ↑ „ACS Demographic and Housing Estimates–2012–2016 American Community Survey 5-Year Estimates–City Versus Metro“. American Fact Finder, United States Census Bureau (2016). 2020-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-oktyabr.
- ↑ Correal, Annie. „New York City adds 629,000 people, defying predictions of its decline“ (2021-yil 12-avgust). 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
- ↑ „2020 Decennial Census“. U.S. Census Bureau. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
- ↑ Jones, Charisse „Ellis Island strives to tell more complete immigration story“. USA Today (2008-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 4-iyul.
- ↑ Chisholm, Hugh, ed. (1911) "New York City#Population" Encyclopædia Britannica 19 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 617
- ↑ Gates, Gary J. „Same-sex Couples and the Gay, Lesbian, Bisexual Population: New Estimates from the American Community Survey“. The Williams Institute on Sexual Orientation Law and Public Policy (2006-yil oktyabr). 2013-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-dekabr.
- ↑ Silverman, Brian; Chauvin, Kelsy. Frommer's New York City 2013. John Wiley & Sons, 2013. ISBN 978-1-118-33144-6. Qaraldi: 2015-yil 24-mart.
- ↑ Confessore, Nicholas; Barbaro, Michael. „New York Allows Same-Sex Marriage, Becoming Largest State to Pass Law“. The New York Times (2011-yil 24-iyun). Qaraldi: 2012-yil 2-sentyabr.
- ↑ 30,0 30,1 30,2 Lipka, Michael „Major U.S. metropolitan areas differ in their religious profiles“. Pew Research Center (2015-yil 29-iyul). Qaraldi: 2015-yil 30-iyul.
- ↑ „Religion in America: U.S. Religious Data, Demographics and Statistics“ (en-US). Pew Research Center's Religion & Public Life Project. Qaraldi: 2020-yil 11-iyul.
- ↑ „World Jewish Population“. SimpleToRemember.com–Judaism Online. Qaraldi: 2012-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Jewish Community Study of New York: 2011 Comprehensive Report“. UJA-Federation of New York. 2021-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-avgust.
- ↑ Grynbaum, Michael M.; Otterman, Sharon. „New York City Adds 2 Muslim Holy Days to Public School Calendar“ (2015-yil 4-mart). Qaraldi: 2015-yil 4-mart.
- ↑ „NYSVoter Enrollment by County, Party Affiliation and Status“. New York State Board of Elections (2016-yil aprel). 2016-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-iyul.
- Adabiyotlar
- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2000.
Oʻqish uchun
- Belden, E. Porter. New York, Past, Present, and Future: Comprising a History of the City of New York, a Description of its Present Condition, and an Estimate of its Future Increase. New York: G.P. Putnam, 1849.
- Burgess, Anthony. New York (Anthony Burgess book). New York: Little, Brown & Co., 1976. ISBN 978-90-6182-266-0.
- Federal Writers' Project. The WPA Guide to New York City, 1995 reissue, New York: The New Press, 1939. ISBN 978-1-56584-321-9.
- Empire City: New York Through the Centuries. Columbia University Press, 2005. ISBN 978-0-231-10909-3.
- Lankevich, George L.. American Metropolis: A History of New York City. NYU Press, 1998. ISBN 978-0-8147-5186-2.
- White, E.B.. Here is New York, 2000 reissue, Little Bookroom, 1949.
- Whitehead, Colson. The Colossus of New York: A City in 13 Parts. New York: Doubleday, 2003. ISBN 978-0-385-50794-3.
Havolalar
Vikiomborda Nyu-York haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti (inglizcha)
- NYC Go, rasmiy turizm sayti (inglizcha)
- New York City Curlie katalogida