Qirol yoki Qirolicha — qirollik boshligʻi; davlat hukmdorining unvoni. Oʻrta asrlarda ayrim Gʻarbiy Yevropa davlatlaridagi mutlaq hukmdor.

Atamaning kelib chiqishi

tahrir

Qirol soʻzi „korol“ soʻzining oʻzgargan varianti hisoblanadi. Taxminlarga koʻra, asli Buyuk Karl nomidan olingan.

Hozirgi zamonda

tahrir

Hozirda qirollar rasman davlat boshligʻi hisoblansalarda, mamlakatni bevosita idora etish parlament va ijroiya hukumati qoʻliga oʻtgan. Masalan, Angliyada qirol Georg 1 davridan (1714 yildan) boshlab qirollar mamlakatni idora etish ishlariga bevosita aralashmaydi.

Yana qarang

tahrir