Grigoriy Perelman
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Grigoriy Yakovlevich Perelman (ruscha: Григорий Яковлевич Перельман) (1966-yil 13-iyunda tugʻilgan) – rossiyalik matematik. Perelman Riemann geometriyasi hamda Geometrik topologiya sohalariga hissa qoʻshgan. 1994-yil Qalb gipotezasini isbotlagan. 2003-yilda Thurston gipotezasini isbotlab berdi, uning isboti 2006-yilda tasdiqlandi. Bu esa Poincaré gipotezasi (talaffuzi: Puankare) toʻgʻri ekanligi isbotlanishiga olib keldi.
Grigoriy Perelman | |
---|---|
Tavalludi |
13-iyun 1966-yil Leningrad, Sovet Ittifoqi |
Fuqaroligi | Rossiya |
Sohasi | Matematika |
Taʼlimi | Leningrad davlat universiteti |
Akademik rahbarlari |
Aleksandr Aleksandrov Yuriy Burago |
Mashhur ishlari |
Riemann geometriyasi Geometrik topologiya Qalb gipotezasi isboti Poincaré gipotezasi isboti |
Mukofotlari |
Sankt-Peterburg Matematika jamiyati mukofoti (1991) (qabul qilgan) EMJ mukofoti (1996) (rad etgan) Fields medali (2006) (rad etgan) Ming yillik mukofoti (2010) (rad etgan) |
2006-yilda Perelmanga Fields medali taklif qilingan, ammo olim „Meni pul yoki shuhrat qiziqtirmaydi; hayvonot bogʻidagi hayvon kabi koʻrgazma boʻlishni istamayman“, deb, uni qabul qilishdan bosh tortgan. 2006-yilda Science ilmiy jurnali Perelman Poincaré gipotezasini isbotlab berganini „Yilning ilmiy yutugʻi“ deb topdi. Bundan oldin ushbu mukofot matematika sohasida ishlagan shaxsga berilmagan edi.
2010-yilning martida Perelman Poincaré gipotezasini hal qilgani uchun Clay matematika instituti taklif qilgan Ming yillik masalalari mukofotiga loyiq deb topildi. Oʻsha yilning iyulida olim 1 million dollar mukofotni olishdan bosh tortdi. Perelman Clay matematika instituti Ming yillik masalalari kengashi qarori odil emasligini, chunki Poincaré gipotezasini yechishga qoʻshgan hissasi unga hujum qilish maqsadida Ricci oqimi ustida ishlagan matematik Richard Hamilton hissasidan koʻproq emasligini aytdi. Perelman 1996-yilda Yevropa matematika jamiyati mukofotini ham rad etgan. Hozirgi kunda Poincaré gipotezasi Ming yillik masalalarga kiritilgan yetti masala orasida oʻz yechimini topgan yagona masaladir.