yulduz
Qiyofa
Yulduz issiq Manila nma
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]yul-duz
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]YULDUZ ’kechasi osmonda nur sochuvchi nuqta boʻlib koʻrinadigan koinot jismi’. ◆ Bugun havo ochiq, yulduz toʻla osmon. Bu ot qadimgi turkiy tilda nurlanishni (yaltirashni) ifodalovchi yalt, yult tasvir soʻzidan ï qoʻshimchasining -u shakli bilan yasalgan feʼlga -z qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan (ЭСТЯ, IV, 280; ПДП, 390); qoʻshimcha qo‘shilganidan keyin t undoshi d undoshiga almashgan (Devon, III, 47; DS, 278): (yult + u = yultu-) + 3 = yultuz > yulduz.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]- Qizigan gaz (plazma)lardan tarkib topgan, tabiatiga koʻra Quyoshga oʻxshaydigan, kechasi nur sochuvchi nuqta boʻlib koʻrinadigan osmon jismi. ◆ Yorugʻ yulduz. ◆ Xira yulduz. ◆ Qutb yulduzi. ◆ Yulduzlar turkumi. ◆ Oqshom choʻkdi Toshkent qoʻyniga, Miltillashib koʻklarda yulduz. X. Saloh ◆ Bu yerga quyosh ogʻdi — salqin tushadi, kechalari, tepamizda yulduz toʻla osmon. R. Azizxoʻjayev, „Yashil chayla“
- Bir necha oʻtkir uchli geometrik shakl qamda shunday shaklga ega boʻlgan narsa. ◆ Besh uchli yulduz. ◆ Yulduzning shaklini chizmoq. ◆ Archaning tepasiga yulduz oʻrnatmoq.
- koʻchma Mashhur boʻlib tanilgan, shuhrat qozongan shaxs haqida. ◆ Kino yulduzlari. ◆ Dongʻi ketgan terimchi va shuhrat yulduziman, Lafzi halol, yuzi oq Fargʻonaning qiziman. Uygʻun ◆ Yigʻilganlarni qiziqtirgan narsa oʻzbek adabiyoti va sanʼatining yulduzlari, oʻzbek jangchilari boʻldi. Nazir Safarov, „Olovli izlar“
- Yulduz (xotin-qizlar ismi).
Yulduz koʻrmay jon berdi - uzoq turmadi, barham topdi, yoʻq boʻlib ketdi, gʻoyib boʻldi.
Yulduz sanab yotmoq ayn. toqi sanab yotmoq q. toqi.
Yulduzi issiq ayn. istarasi issiq q. istara. ◆ U [Umid].. roʻparasidagi yulduzi issiq qizdan aslo koʻz uzmasdi. Mirmuhsin, „Umid“
Yulduzi (yulduziga) toʻgʻri keldi - xarakteri, feʼli-atvori bir-biriga mos tushdi; sevishdi. ◆ -Men jiddiy soʻrayapman, nega Isomiddinov bilan yulduzlaring toʻgʻri kelmayapti? Biror sir bormi? — dedi Norbuvi Karimovga. H. Shams, „Dushman“ ◆ Abror bilan Chinnixonning yulduzi yulduziga toʻgʻri kelib qolgani hech kimga sir emas. P. Qodirov, „Qalbdagi quyosh“
Yulduzni benarvon uradigan (odam) q. benarvon.
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ЮЛДУЗ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ot
[tahrirlash]yulduz (koʻplik yulduzlar)
Tillarda
[tahrirlash]Tillar
- Aragoncha: estrela
- Dolgancha: чолбон
- Gagauzcha: yıldız
- Ispancha: estrella
- Italyancha: stella
- Turkcha: yıldız
- Qorachoy-Balqarcha: джулдуз
- Ozarbayjoncha: ulduz
- Norvegcha (bokmål): stjerne
- Inglizcha: star
- Niderlandcha: ster
- Shvedcha: stjärna
- Yoqutcha: сулус
OʻTIL