Kontent qismiga oʻtish

hol

Vikilug‘atdan olingan

Turkcha (tr)

Ot

hol

dahliz

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

hol

Aytilishi

Etimologiyasi

\a. Jla. — holat, ravish

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Hayotdagi muayyan bir holat, vaziyat; ahvol. ◆ Umidli, izlanuvchan yoshlarimizning koʻpligi quvonch-li holdir. Gazetadan . ◆ Shunaqa, bu choʻlni oson-likcha yengmaganmiz, qurbonlar berib, jon fido qilib, shu holga keltirganmiz. "Oʻz-bekiston qoʻriqlari" . ◆ ..maktabdaoʻqish-oʻqi-tish ishlari mustahkam izga tushib ketdi. Bu hol qishloqda sezilmay qolmadi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Darvozalar yonida sarbozlar yurib turishi.. dushmanga qarshi tadbir-choralar koʻrilayotganini hisobga olmaganda, shahar oʻlik holda edi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .

Holiga voy Kishining ishi, ahvoli yomon boʻlishini, achinarli ahvolga tushishini bildiradi. ◆ Oʻz pirini beobroʻ qilgan, yuziga oyoq tirab ketgan bandaning holiga voy! "Mushtum" .

2 Kimsa yoki narsa jismida yuzaga kelgan muayyan holat. ◆ Avtor yana oʻz savlapii holiga qaytdi. Qaddini gʻoz tutganicha, oyogʻini kerib, yirik-yirik qadam tashlab chiqib ketdi. F. Musajonov, „Himmat“ . ◆ Oʻzim-ku, gʻoʻzalarni shu holga yetkazguncha lab-larimni(ng) uch marta poʻsti tushdi. S. Nurov, „Narvoy“ .

3 Kishining jismoniy va ruhiy ji-hatdan oʻzini sezishi; jismoniy va ruhiy \olat; kayfiyat, avzo, koʻrinish. ◆ Meʼmorning xayol surib, giyohvandlardek qotib qolgani-ni koʻrgan Horunbek.. ustod baʼzan shunday holga tushib qolarmikan, bu, ehtimol, achchiq alamning oqibatidir.. deb oʻylardi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Teshaboy, bir tomondan, kooperativchining holiga achindi, ikkinchi tomondan, gitlerchilarga xizmat qilayot-ganidan gʻazablandi. T. Rustamov, „Mangu ja-sorat“ .

4 (oʻ.-p. k. shaklida — holda) Holat bil-diruvchi (gʻamgin, maʼyus kabi) baʼzi soʻzlar, shuningdek, -gan affiksli feʼl bilan qoʻllanib, biror harakat-holatning shu soʻz bildirgan holatda yuz berishi, bajarili-shini bildiradi. ◆ Husaynning dadasi maʼyus holda, bilinar-bilinmas bosh chayqab qoʻydi. M. Osim, „Ibn Sino qissasi“ . ◆ Suyum ogʻa garang, dardli, och holda tepa ustiga chiqqach, yana boyagidek, orqa-oldiga qaradi. N. Fo-zilov, „Diydor“ . ◆ Husayn Boyqaro.. qiyiq, tez oʻynaydigan koʻzlarini shoirga tikib, gʻamgin holda dedi.. Oybek, „Navoiy“ . ◆ Imom yerga qa-ragan holda boshini qimirlatib qoʻydi. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ .

5 Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanib, ruhiy yoki jismoniy imkoniyat, kuch-quvvat maʼ-nosini bildiradi. ◆ Uning oh degani holi yoʻq. S. Siyoyev, „Avaz“ . ◆ Bolaning yigʻlashga ham holi qolmagan edi. Gazetadan . ◆ Xosiyat xola bir hoʻplam choy ichgan boʻldi-yu, holi kelmay, yotib qoldi. R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ .

6 tlsh. Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilish sababi, maqsadi, oʻrni, payti va sh.k belgilarini bildiradigan ikkinchi darajali boʻlak. Qanday belgini bildirishiga koʻra holning ◆ sabab holi, oʻrin holi, payt holi, tarz holi kabi turlari farqlanadi . Kecha koʻrdim (kecha — payt \oli). Koʻchada uchrashdik (koʻchada — oʻrin holi) va b.

Aks holda q. aks. Arzi hol aylamoq (yoki qilmoq) Oʻz ahvolini va istagini izhor qilmoq, shikoyat qilmoq. Ahli hol esk. kt. Rahmdil, kimsa uchun qaygʻuruvchi, jonkuyar odam(lar). Ilmi hol esk. kt. Ilmning, ilm ishlarining holati, ahvoli. ◆ Madrasalarda ilmi hol oʻgay oʻgʻil holatiga tushib qoldi. M. Osim, „Ibn Sino qissasi“ . Tarjimai hol q. tarjima. U holda Unday boʻlsa, shunday boʻlgan taqdirda. ◆ Xayr, ketmagan ham boʻlsin. U holda, oʻzingiz aytgandek qilib, toʻppa-toʻgʻri ertaga Salim sharbatdorning oldiga boraman-da, oʻgʻlingni Mirzakarim akaning toshkentlik kuyovi oʻldirdi, men oʻz koʻzim bilan koʻrdim, deyman. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Oʻz holiga Oʻz erki-ixtiyoriga. ◆ Shunday qilib, "bechora" Sodiqni oʻz holiga qoʻymay, koʻchadan anchagina nariga surgab ketdilar. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Meʼmorni oʻz holiga qoʻyib berish kerak. U shuni xohlardi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Boshini koʻtarib, yelka-larini oʻz holiga qoʻydi, oyoqlarini ham uzat-di. S. Karomatov, „Oltin qum“ . Oʻz holicha Birovning aralashuvisiz; oʻz bilgicha, oʻzicha. ◆ Uyda oʻz holicha ivirsib yurib, temir-ter-saklar yigʻdi, asboblar topdi, ishlay boisxodi. R. Fayziy, Hazrati inson. Hol tili xk. kt. Hol-ahvoldan soʻzlovchi, uni bildiruvchi xatti-harakat, belgi va sh.k.; shunday "til". ◆ Bu ikki yoix orasida sevgi aloqasi haligacha tilga olinmagan va har ikkalalari ham bir-birovlariga oʻz ichki kechinmalarini yolgʻiz hol tili bilan izhor qilmoqda edilar. S. Ayniy, „Doxunda“ . ◆ Narigi uvat bilan bunisi bir-biriga nisbatan farqini hol tili bilan soʻzlab xpuradi. A. Qodiriy, „Obid ketmon“ .

Sinonimlari

Antonimlari

ҲОЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ot

hol (koʻplik hollar)