siydik
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]siy-dik
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]SIYDIK 'buyrakda ajratilib, tanosil aʼzolari orqali chiqariladigan suyuqlik'. Tibbiy koʻrikdan oʻtish munosabati bilan analiz uchun albatta siydik topshirish shart. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu soʻz asli sidük (Devon, I, 369), sizük (Devon, III, 334) shakllarida ta-laffuz qilingan. Koʻrinadiki, bu soʻzlar qadimgi tur-kiy tilda 'qovuqni boʻshat—' maʼnosini anglatgan feʼlning sid-, siz- shakllaridan —(ü)k qoʻshimchasi bilan yasalgan: sid- + ük = sidük, siz- + oʻk = sizük. Turk tilida bu soʻz sidik shaklida mavjud (ТРС, 533). Shu nuqtayi nazardan yondashsak, oʻzbek tilidagi siydik soʻzi tarkibidagi y undoshi orttirma tovush boʻlib chiqadi. Bu undosh balki siy— feʼliga taqlid qilib qoʻshilgandir.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1. Buyrak orqali ajralib chiqadigan va tanosil aʼzolari orqali tashqariga chiqarib tashlanadigan suyuqlik; peshob. ◆ Siydik pufagi (qovuq). Siydik yoʻllari. Siydik tutilishi. ◆ Organizmdan siydik bilan birga suv, tuzlar va boshqa chiqindilar, shuningdek, organizmga kirgan yoki uning oʻzida hosil boʻlgan turli zaharli moddalar chiqib ketadi. "OʻzME".
2. koʻchma s. t. Pusht, nasl; sperma, maniy. ◆ Oʻz siydigidan boʻlgan bola ◆ Men senlarning amiringizga qoʻshilmadim-u, uning siydigidan boʻlgan senlarga qoʻshilamanmi? S. Ayniy, „Qullar.“
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]СИЙДИК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.