Kontent qismiga oʻtish

Yumoreska

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yumoreska (yumor soʻzidan) — hazilomuz, kichik hajmli, odatda, cholgʻu pyesa; skersota yaqin. Musiqada Yu. nomini R.Shuman ilk bor qoʻllagan (fortepiano uchun Yu., 1839; fortepiano triosi uchun Yu., 1842). Mazkur Yu.lar (nemis yozuvchisi Jan Pol asarlarida boʻlgani kabi) xayolchan, lirik va hazilchan lavhalardan tashkil topgan. E.Grig, A.Dvorjak, P.Chaykovskiy, S.Prokofyev, R.Shchedrin, Oʻzbekistonda V.Saparov (fagot va fortepiano uchun), Hab. Rahimov (puflama sozlar orkestri uchun) va boshqalar Yu. yozishgan.