Kontent qismiga oʻtish

Yoo Ha-na

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yoo Ha-na
Tavalludi 22-mart 1986-yil (1986-03-22) (38 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Faoliyat yillari 2007-hozirgi paytgacha
Boʻyi 1,69 m
Turmush oʻrtogʻi Lee Yong-kyu
Bolalari 2[1]

Yoo Ha-na (1986-yil 22-mart; Seul, Janubiy Koreya) — Janubiy Koreyalik aktrisa. U Tayvanlik aktyor Jimmy Lin bilan birga „My Lucky Star“ serialida birgalikda rol oʻynagan. Shuningdek, Tayvanlik qoʻshiqchi Jay Chouning „White Windmill“ nomli klipida oʻynagan roli unga yaxshigina mashhurlik olib kelgan.

Janubiy Koreyaning Seul shahrida tugʻilgan Yoo Ha-na dastlab Janubiy Koreyadagi turli jurnallarida suratga tushish orqali oʻzining koʻngilochar biznesini boshlagan. Yooning goʻzallik salonida turgan suratlaridan biri Chen Yu-shanning (Tayvandagi „My Lucky Star“ dramasi prodyuseri) eʼtiborini tortdi. Keyin Chen Yooning agenti bilan „My Lucky Star“ filmida rol ijro etish uchun Janubiy Koreyadan Tayvanga uchib ketishni kelishib olishdi. Yoo Ha-na ushbu filmda bosh rolni oʻynadi. Oʻsha paytlarda Yoo Tayvanlik qoʻshiqchi Jey Chouning „White Windmill“ klipida ham rolni oʻynadi[2].

Yoo Janubiy Koreyaga qaytishdan oldin „Exit No. 6“ kabi bir nechta Tayvan filmlarida rol ijro etdi. Shuningdek, „My Too Perfect Sons“, „First Wives' Club“ va „Paradise Ranch“ kabi teledasturlarda suratga tushdi.

U 2011-yil 17-dekabrda professional beysbolchi Li Yong Kyuga turmushga chiqdi. 2013-yil sentabr oyida 3 kg vaznli oʻgʻil tugʻdi. Shundan keyin uning agentlari oʻgʻlini tarbiyalash va oilasiga gʻamxoʻrlik qilish uchun aktrisalik faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turishga qaror qilganini maʼlum qildi.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Televizion
Yil Film Rol Qoʻshimcha Sherigi
2007-yil My Lucky Star Xia Zhi Xing „Ah Xing“ Bosh rol Jimmy Lin
First Wives Club Choi Hyun-sil Yordamchi rol Lee Joon-hyuk
2009-yil My Too Perfect Sons Oh Eun-ji Bosh rol Yoʻq
2011-yil Paradise Ranch Park Jin-young Bosh rol Yoʻq
Lie to Me Herself/Cameo Yordamchi rol Yoʻq
Film
Yil Film Rol Qoʻshimcha Sherigi
2004-yil Wo Ye Hui Lai Le Yoʻq Yordamchi rol Yoʻq
2006-yil Exit No. 6 Fion Bosh rol Yoʻq
  • Mad Kiss (2007)[3][4]
  • Dead Poet Society (2007)[5]
  • Monday P. M. (2008)[6][7]

Musiqiy teatrda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „이용규 아내 유하나, 작은 아들→큰 아들 코로나19 확진에 멘탈 나가“. Topstarnews (2022-yil 4-aprel).
  2. „ko:유하나 "'조강지처클럽' 만난 것은 행운" :: 네이버 뉴스“ (ko). News.naver.com (2008-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  3. „ko:‘미친키스’, 뮤지컬 배우의 정극 연기 :: 네이버 뉴스“ (ko). News.naver.com (2007-yil 15-iyul). Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  4. „ko:<도시인의 헛된 열정..연극 '미친키스'> :: 네이버 뉴스“ (ko). News.naver.com (2007-yil 28-avgust). Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  5. „ko:12월 7일 단신 :: 네이버 뉴스“ (ko). News.naver.com (2007-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  6. „şÎťęŔĎş¸żĄ żŔ˝Ĺ°ÍŔť ČŻżľÇŐ´Ď´Ů“. Busanilbo.com. 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  7. „부산일보에 오신것을 환영합니다“. Busanilbo.com. 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  8. „ko:7명 젊은 배우 역동적 작지만 따뜻한 뮤지컬 :: 네이버 뉴스“ (ko). News.naver.com (2005-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  9. „ko:뮤지컬 "사랑을 노래해~" :: 네이버 뉴스“ (ko). News.naver.com (2006-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  10. „ko:연극 '아워 타운', 뮤지컬 '우리 동네'로 한국 공연 :: 네이버 뉴스“ (ko). News.naver.com (2006-yil 15-aprel). Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  11. „1020 관객은 12월이 즐겁다 :: 네이버 뉴스“ (ko). News.naver.com (2008-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  12. „헤럴드경제:: 유하나 "솔직히 톱스타 되고 싶죠" - 고품격 콘텐츠페이퍼, 헤럴드경제“. Heraldbiz.com. Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  13. „리얼타임 연예속보, 스타의 모든 것 '스타뉴스'“. Star.moneytoday.co.kr (2009-yil 15-may). Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  14. „콘서트 뮤지컬 < 웨잇포유 ( Wait for you ) >더블 캐스팅으로 앵콜 공연 | 아츠뉴스“. Artsnews.co.kr. 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  15. „믿을 수 있는 인터넷 언론 CNBNEWS“. News.cnbnews.com. 2011-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  16. „ko:더블캐스팅으로 앵콜 공연, 콘서트 뮤지컬 웨잇포유 :: 네이버 뉴스“ (ko). News.naver.com (2009-yil 2-iyul). Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.