Kontent qismiga oʻtish

Vitruviy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vitruviy (Vitruvius) (miloddan avvalgi 80-70-yil – miloddan avvalgi 15-yil) – rim meʼmori va muhandisi. „Meʼmorlik haqida oʻn kitob“ ilmiy asari bilan tanilgan[1]. Unda shaharsozlik, muhandis-texnik va badiiy masalalar tahlil qilinib, qadimgi ellinistik yunon va rim meʼmorligida toʻplangan nazariy va amaliy tajribalar umumlashtirilgan. Vitruviy traktati 15-asrda chuqur oʻrganilib, 17–18-asrlar meʼmoriy order shakllarini yaratishda muhim rol oʻynagan.

  1.  Middleton, John Henry (1911) "Vitruvius" Encyclopædia Britannica 28 (11chi nashri) 150-151 b 
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil