Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu sahifada xushsifat maqola nomzodlari koʻrsatiladi. Nomzod maqolaga „xushsifat“ unvonini berish-bermaslikni foydalanuvchilar hal qilishadi. Agar nomzod maqola kamchiliklari boʻlsa, ular shu yerda koʻrsatilishi kerak.

Ovoz berayotganda {{roziman}} yoki {{qarshiman}} andozalaridan foydalanishingiz mumkin.


Xushsifat maqolalar asboblari
Aloqador mavzular

Arxiv

Nomzodlikka qoʻyish

  1. Maqolani nomzodlikka qoʻyishdan avval, bu maqola tayinli mezonlarga javob berishiga ishonch hosil qiling.
  2. Nomzod qilib koʻrsatilayotgan maqola munozara sahifasining eng tepasiga {{subst:XMN}} andozasini joylang.
  3. Joylangan andozadagi „Maqolani xushsifat maqola unvoniga nomzod qilib koʻrsating“ havolasi ustiga bosing.
  4. Sahifa ochilgandan soʻng, kerakli joylarni toʻldirib, sahifani chop eting.
  5. Quyidagi matndan nusxa oling: {{Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/nomzod maqola nomi}}. Soʻngra, hozir oʻqib turgan sahifangizdagi Nomzodlar boʻlimining eng tepasiga nusxa olgan matningizni qoʻshing. Nusxa olgan matningizdagi „nomzod maqola nomi“ degan qismini nomzod qilib koʻrsatmoqchi boʻlgan maqola nomi bilan almashtiring va oʻzgarishlarni chop eting.
Nominator(lar): CohenBar (munozara) 13:51, 20-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola amerikalik gey aktyor haqida boʻlib, bu mavzudagi materiallar oʻzbekcha Vikipediyada kamsonli hisoblanadi. Maqola xushsifat maqola talablariga javob beradi. CohenBar (munozara) 13:51, 20-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Maqolani mashina tarjimasidan foydalanish holatlari uchragan. Masalan ko'p qismida (u) deb bergansiz hamda [12] holatida manbalar qolib ketgan. Bu holatlarni tuzatmagansiz. MrShaxas #Munozaracha 14:18, 21-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Nominator(lar): Axadjon1 (munozara) 05:08, 19-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum oʻzbekcha Vikipediya faollari! Ushbu maqola ruscha vikipediyadan tarjima qilib yaratildi. Ruscha vikipediyada XM statusini olgan. Iloji boricha xatoliklarini fikrlar boʻlimida yozib qoldirsangiz, yaxshi boʻlar edi, keyinchalik shunday xatolar takrorlanmasligi uchun. Ovoz berishda faol boʻlasizlar degan umiddaman – Axadjon1 (munozara) 05:08, 19-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum oʻzbekcha Vikipediya administratorlari Nataev, Laziz Baxtiyorov, Jamshid Nurkulov, Kagansky, Mirzoulugʻbek!
Ushbu maqolani koʻrib xato va kamchiliklarini fikrlar boʻlimida yozib qoldirsangiz, bartaraf etib chiqardim, albatta bu xatolar keyinchalik takrorlanmas edi - Axadjon1 (munozara) 13:46, 25-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
"предполагаемая мать" jumlasi shunchaki "onasi" oʻlaroq oʻgirilgan va bu xato. Bundan tashqari, kirish bir jumladan iborat maqola status olishiga qarshiman (ruwiki bilan ishimiz yoʻq). Kirishda mavzuning qisqa obzori keltirilishi kerak. Nataev munozara 18:12, 25-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Assalomu aleykum!
Preambula qismini toʻldirish uchun, maqola mavjud qolgan Vikipediyalarda ham maʼlumot yetarli emas, shuning uchun shunday holatda qoldirgan edim. Qolgan xatolarini yana bir bor koʻrib chiqaman — Axadjon1 (munozara) 09:38, 26-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
"предполагаемая мать султана Мурада II" jumlasini taxminlarga koʻra sulton Murod II ning onasi boʻlgan deya tarjima qildim, preambula qismiga esa ikki qator gap qo'shish iloji bo'ldi holos, afsuski - Axadjon1 (munozara) 15:08, 26-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Kirish qismi: Yuqorida preambulaning qisqaligi boʻyicha aytilgan gapga qoʻshilaman; „beklik hukmdori“ emas „beylik hukmdori“; „Dulqodiroʻgʻilining qizi“ emas „Dulkadiroğulları“, bu yerda Dulkadiroğulları qizning otasi emas, beylikning nomi; Dulkadiroğulları soʻziga ichki havola koʻrsatilmagan. „Usmonlilar“ emas „Usmoniy“; „Usmonlilar imperiyasi sultoni“ emas „usmoniy sulton“; „Sulton Murod II ning onasi“ emas „sulton Murod II ning onasi teb taxmin qilinadi“. Xullas, maqolaga {{AT}} andozasini koʻrsatdim. Beylik nomi otasining ismiday koʻrsatib tashlangan. Manbalar bilan ham kamchiliklar bor. Ularning baʼzilari notoʻgʻri yozilgani uchun (2, 4, 7, 10) Adabiyotlarga yakorlanmayapti. — Kagansky munozara 09:29, 26-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum!
Siz aytgan barcha kamchiliklar tez orada toʻgʻirlab chiqiladi, fikrlar uchun tashakkur — Axadjon1 (munozara) 09:39, 26-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Aha, boʻlimlardagi va preambuladagi kamchiliklarni tuzatganingizdan keyin xabar bersangiz bergan ovozimni qayta koʻrib chiqaman. — Kagansky munozara 09:42, 26-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Xop albatta - Axadjon1 (munozara) 09:51, 26-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Azizjon aka maqolani qo'ldan kelgancha tahrirlab chiqdim, siz aytgan barcha xatoliklar  Tuzatildi - Axadjon1 (munozara) 15:19, 26-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Preambula bilan bogʻliq kamchilik tuzatilmagan ekan. — Kagansky munozara 02:38, 28-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
  1.  Qarshiman. Preambula oʻta qisqa. Maqolani ruscha Vikipediyadan tarjima qilishda ATga yoʻl qoʻyilgani natijasida maqolaning mazmuni butkul oʻzgarib qolgan. — Kagansky munozara 09:40, 26-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Nominator(lar): Muzaffar Murodovich (munozara) 07:45, 9-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Maqola YouTubega yuklangan ilk video haqidadir. Maqolani kengaytirildi va shu koʻrinishga olib kelindi. Maqola inglizcha Vikipediyada yaxshi maqola statusini olgan. Ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Muzaffar Murodovich (munozara) 07:45, 9-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Balki „asoschisi“ emas, „asoschilaridan biri“ deyish kerakdir? Inglizchasi „co-founder“ ekan. Jamshid Nurqul (munozara) 20:42, 9-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
 Tamam. Muzaffar Murodovich (munozara) 04:58, 10-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Hammuassis deb berish ham mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:09, 21-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Maqolani toʻliq oʻqib, mayda kamchiliklarini tahrirladim. Lekin ayrim oʻrinlarini yana tuzatish kerak, menimcha. Masalan, „Yaxshi, biz fillarning oldidamiz va bu bolalar haqidagi eng ajoyib narsa shuki, ularda juda, juda, juda uzun, um, xartumlar bor“ gapidagi um ingliz tilida ikkilanish, mulohaza yuritish kabi holatlarda ishlatiladi. Lekin oʻzbek tilida bunday soʻz yoʻq. Shuning uchun uni boshqa soʻzga alishtirish yoki olib tashlash kerak.

Oxirgi boʻlimda ketma-ket 3 ta gap oʻzgartirilgan soʻzi bilan tugagani uchun biroz gʻaliz shaklga kelgan. Ularni ham tuzatish kerak.

"Aaron Duplantier oʻzining „Authenticity and How We Fake It: Belief and Subjectivity in Reality TV, Facebook and YouTube“ kitobida „Me at the zoo“ning „oddiy“ligi va „quruq estetika“si YouTubening oʻziga xos havaskor kontenti uchun tonni belgilab berganini aytgan" gapidagi tonni belgilab bergan jumlasi ham biroz gʻaliz. Oʻrniga oʻziga xos ohang bergan yoki ohangni belgilab bergan deb oʻzgartirgan maʼqul. Aynan tarjimada jumlalar unchalik tushunarli va chiroyli chiqmaydi. Qandaydir qoʻshimcha jumlalar bilan uni toʻldirish va tushunarliroq yozish kerak deb oʻylayman. — Bu xabarni Sitora Oblakulova (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Tahrirlar uchun rahmat! Lekin tahrirdagi ayrim kamchiliklarni tuzatdim. Masalan, tire va qoʻshtirnoq. Veb-sayt emas, veb sayt yoki vebsayt.
Mazmun jihatidan „um“ soʻziga alternativ sifatida oʻzbek tilidagi himm soʻzini ishlatish mumkin. Lekin videoda Karim aynan shu ohangda tutilib qolgani uchun qoldirgan edim.
"Oʻzgartirilgan" soʻzlarini „almashtirilgan“, „tahrirlangan“ ga; „ton“ soʻzini „namuna“ soʻziga oʻzgartirdim. Rahmat. Muzaffar Murodovich (munozara) 08:10, 16-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Veb-sayt soʻzini men ham lugʻatdan koʻrib shunday yozgandim. Siz qayerdan koʻrib veb sayt yoki vebsayt shaklida yozdingiz?
Um soʻzini menimcha umuman olib tashlagan maʼqul. Videodagi soʻzni keltirish kerak, lekin bunday emotsiyani ifodalaydigan, oʻzbek tilida mavjud boʻlmaganlarini emas. Sitora Oblakulova (munozara) 18:17, 16-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Wikimedians guruhida chiziqchalar borasida muhokama ketganida mana bu asos qilingan edi.
Qolgani maʼqul, menimcha. Boʻlmasa, himm ga oʻzgartira qolaman. Muzaffar Murodovich (munozara) 06:33, 17-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Kirish qismi: „Kaliforniyadagi“ soʻziga ichki havola koʻrsatilmagan; Manbalar: qaralgan sanasi EnWikida qanday boʻlsa shunday turibdi. Sayt ishlaydi yoki yoʻqligini bitta-bitta kirib koʻrib sanani yangilash kerak. — Kagansky munozara 12:56, 26-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
 Bajarildi. „Kaliforniyadagi“ soʻziga ichki havola koʻrsatildi. Har bir manbani tekshirdim va qaralgan sanalarni yangiladim. 18-manba havolasi oʻzgartirilgan ekan, lekin archive.org'ga nusxalangan. Muzaffar Murodovich (munozara) 05:34, 29-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
  1.  Roziman Ahror Akramovich (munozara) 12:18, 22-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman Sitora Oblakulova (munozara) 19:22, 23-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): ANJANIY#gurung 15:25, 2-Iyun 2024 (UTC)

Ushbu maqola, 2024-yil iyun oyi holatiga koʻra, YouTube platformasida eng koʻp obunachiga ega blogger MrBeastning platformadagi eng koʻp koʻrilgan videosi haqida. Ushbu video koʻplab maqtov va tanqidlarga uchraganligi bilan ham mashhurdir. Shuningdek maqola enwiki ca viwikilarda ham status olgan. Maqola bilan tanishib chiqib oʻz fikrlaringizni bildirishingizni soʻragan boʻlar edim. ANJANIY#gurung 15:25, 2-Iyun 2024 (UTC)

 Bajarilmadi — Oʻtgan muddat davomida asosli fikrlar bildirilmadi. Ibrohimjon 16:05, 1-Iyul 2024 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator: Omensweans

Ushbu maqola Amerikaning eng yirik pitseriya tarmoqlaridan biri boʻlib, 85dan ortiq davlatda 14 400dan ortiq filialga ega. Maqolani oʻqib chiqib, oʻz fikringizni bildirishingizni soʻrab qolaman. Omensweans (munozara) 18:02, 23-Mart 2024 (UTC)

  •  Qarshiman – hali maqola ustida ishlanishi kerak. AT alomatlari anchagina. Hozircha statusga noloyiq. Hasan Xamidovich (munozara) 18:31, 23-Mart 2024 (UTC)
    Assalomu alaykum maqolani tahrirladim ko'rib qayta fikr bildirishingiz mumkin. Omensweans (munozara) 02:30, 26-Mart 2024 (UTC)
  •  Qarshiman – Matni ustida uzoq ishlash kerak, talismanni unga taqlid qilishiga ishonib, odamlarni garovga oldi, degani nima degani? Biror oʻzbek shunaqa gapiradimi? Salazarov 19:24, 23-Mart 2024 (UTC)
    Assalomu alaykum maqolani tahrirladim ko'rib qayta fikr bildirishingiz mumkin. Omensweans (munozara) 02:36, 26-Mart 2024 (UTC)
  •  Qarshiman – maqolada avtomat tarjima alomatlari yaqqol koʻrinib turibdi, maqola anchagina vikilashtirilishi kerak.Axadjon1 (munozara) 19:45, 23-Mart 2024 (UTC)
    Assalomu aleykum. Matnda tugʻrilanadigan joylar bor lekin Avtomat tarjima emas! Omensweans (munozara) 03:29, 24-Mart 2024 (UTC)
    Vaalaykum assalom avtomat tarjima alomatlari faqat matnda emas, koʻpincha yozilishida ham yaqqol koʻrinib turadi, shuning uchun Vikilashtirilishi kerak. Axadjon1 (munozara) 06:38, 24-Mart 2024 (UTC)
    Assalomu alekum maqolani tahrirladim ko'rib qayta fikr bildirishingiz mumkin. Omensweans (munozara) 02:38, 26-Mart 2024 (UTC)

 Bajarilmadi — berilgan vaqt ichida birorta ham rozi ovoz ololmadi, uchta qarshi ovoz oldi, maqolada avtomat tarjima alomatlari mavjud. Jamshid Nurqul (munozara) 09:13, 25-Aprel 2024 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Ibrohimjon 11:12, 14-Mart 2024 (UTC)

Assalomu alaykum! Ushbu maqola islomiy muzeylardan biri Bahraynda joylashgan Bayt al Qur’on muzeyi haqidadir. Maqola bilan tanishib chiqib, oʻz fikrlaringizni bildiring va ovoz berishda ishtirok eting. Hurmat bilan Ibrohimjon 11:12, 14-Mart 2024 (UTC)

  1. Maqolada u soʻzidan juda koʻp foydalanilgan
  2. tarixiy qoʻlyozmalarni saqlashga uchun ochilgan jumlasini tuzatish kerak.
  3. ob’ekt emas obyekt
  4. Vikifikator yetmagan joylar bor
  5. Baʼzi oʻrinlarda ishlatilishi kerak boʻlgan tinish belgilarini qoʻyish kerak
  6. Majmua nomining arabchadagi yozilishida andozadan foydalangan maʼqulroq. Sitora Oblakulova (munozara) 06:33, 19-Mart 2024 (UTC)
    Kamchiliklar  Tuzatildi. Qayta koʻrib chiqishingiz mumkin Ibrohimjon 17:14, 19-Mart 2024 (UTC)

Panpanchikdan fikrlar

[manbasini tahrirlash]
  • Maqolaning preambula qismi ancha kichik.
  • mintaqaviy jurnalga qismida tushunarsizlik mavjud.
  • Muzey fondlarining asosini Kanuning bu qismdagi Kanu nimaga ishora qiladi?
  • ishtiyoqli kolleksiyachi bu jumla gʻalizligi bor. Ishtiyoqsiz kolleksiyachi ham boʻladimi?
  • u oʻz kolleksiyasini Qur’on va tarixiy qoʻlyozmalarni saqlashga uchun ochilgan muassasani boshqarish maqsadida oʻzi tashkil etgan muzeyga sovgʻa qilgan saqlashga uchun??? Bu nima degani?
  • turli burchaklaridan Sharqdan Xitoy va Gʻarbdan Ispaniyagacha mazkur jumladan ham gʻalizlik mavjud. Shuningdek maqolada oʻxshash soʻzlarning qoʻllanilishi va qoʻshimchalarning (-dagi, -ga, -ning kabilar) ketma-ket nooʻrin qoʻllanilishi kuzatilgan. Jumladan, XII asrdagi eski uslubdagi
  • shuningdek va soʻzining oʻzi bir gapda ikki martadan koʻproq foydalanilgan. Buning oʻrniga gapni sodda gaplarga ajratgan maʼqul emasmi?
  • qizil linklar berilishida ham xatoliklar bor.
  • Konferentsiya???
  • Yusuf Bin Ahmad Kanu yuqorida Kanoo pastda Kanu qaysi biri toʻgʻri?
  • Yana qarang boʻlimidagi Bahrayndagi islom nomli yozuv xato berilgan (qarang:Turkiyada islom)

Yuqoridagi fikrlar maqolani yuzaki koʻrib chiqish orqaligina aniqlandi. Rosti maqola status nomzodligiga loyiq emas.

  1.  Roziman Maqola juda ajoyib yozilgan. Unda yozilgan barcha yillar toʻgʻri va faktlar asoslab berilgan. — XayrinisoJorayeva (munozara) 23:10, 16-Mart 2024 (UTC)
  1.  Qarshiman maqola ichidagi gʻalizliklarni haddan ziyod koʻpligi uchun. Muallifdan ularni toʻgʻirlagandan soʻnggina qayta statusga qoʻyishini va har qanday maqolani statusga qoʻyishdan bir necha marotaba qayta-qayta oʻqib chiqishini tavsiya qilaman. PanPanChik #yozish 11:59, 25-Aprel 2024 (UTC)

 Bajarilmadi — Bir foydalanuvchi rozi, bir administrator asoslar bilan qarshilik bildirgan. yuqorida taʼkidlanganidek, gʻalizliklar, hatto maqola nomi ikki xil yozilishi (baʼzi joyda chiziqcha bilan, bilgiqutida chiziqchasiz) kabi ahamiyatli xatoliklar tufayli hozirgi holatida statusga loyiq koʻrilmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 18:45, 25-Aprel 2024 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Akhrorbeak (munozara) 14:07, 10-Yanvar 2024 (UTC)

Assalomu aleykum. Bu maqola Temuriylardan bo'lgan podshoh Pir Muhammad Mirzo haqidadir. Afsus, maqolaga mos rasm topa olmadim. Lekin, shunga qaramay maqolani ich-ichidan boyitdim, ya'ni mazmunli qildim. Bu maqolani VP:XMN ga nomzod qilib ko'rsatishimning sababi aholi orasida Temuriylarni chuqurroq o'rganishga da'vat etishdir. Umid qilib qolamanki, o'z fikr-mulohazalaringizni yozib qoldirishni va ovoz berishni. Akhrorbeak (munozara) 14:07, 10-Yanvar 2024 (UTC)

  1. Kitob manbasi tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan.
  2. „Adabiyotlar“ boʻlimida foydalanilgan kitob haqida koʻproq maʼlumot berilsa maqsadga muvofiq boʻlardi.
  3. Manbalarni koʻpaytirish kerak.

Jamshid Nurqul (munozara) 20:32, 24-Yanvar 2024 (UTC)

  1.  Roziman Bu maqola ustida yaxshi ishlagan.Dr.nnikk (munozara) 14:18, 10-Yanvar 2024 (UTC)
    Bu holatda ham qoʻgʻirchoqbozlikka yoʻl qoʻyilganga oʻxshaydi. Foydalanuvchi avgust oyidan beri tahrir qilmagan, yanvar oyidagi tahrirlari esa Akhrorbeakning munozara sahifasida xabar qoldirish va ushbu nomzodlikka ovoz berishdangina iborat. Qolaversa, tahrirlari orasida ancha avval Akhrorbeakning foydalanuvchi sahifasida amalga oshirilgan tahrirlar ham mavjud. Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:37, 13-Yanvar 2024 (UTC)

#  Roziman Bu maqola menga yoqdi.La.roi7 (munozara) 14:40, 10-Yanvar 2024 (UTC) Ushbu ovoz berish qoʻgʻirchoqbozlikka oʻxshayapti. Boshqa adminlardan ham ikkinchi marta kuzatilayotgan mazkur holatga munosabat bildirishlarini soʻrab qolaman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:37, 13-Yanvar 2024 (UTC)

 Bajarilmadi — yaqqol plagiat! Maqola matni Turgʻun Fayziyevning „Temuriylar shajarasi“ kitobidan birga-bir koʻchirib oʻtkazilgani aniqlandi. Maqoladagi plagiat miqdori tekshirib koʻrilganda 76.94 % plagiat chiqardi. Jamshid Nurqul (munozara) 20:50, 24-Yanvar 2024 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Creobek (munozara) 17:59, 28-Dekabr 2023 (UTC)

XVI—XX asrlarga oid Toshkent shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik Hazrati Imom majmuasi haqidagi maqolani XM statusiga nomzod qilib koʻrsatyapman. Ushbu maqola bilan yaqindan tanishgan holatda oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrab qolaman. Creobek (munozara) 17:59, 28-Dekabr 2023 (UTC)

Maqola meʼmorchilik mavzusida yozilgan. Shu sababli arxitekturaga xos kitoblardan snoska keltirib qoʻyilsa ham yaxshi ish boʻladi. Kagansky munozara 19:42, 11-Yanvar 2024 (UTC)
Assalomu alaykum  Bajarildi Creobek (munozara) 19:09, 17-Yanvar 2024 (UTC)

Manbalar va adabiyotlarda xatoliklar bor:

  1. Bir manbada „Ikromiddin Ostonaqulov 2015, s. 356.“ deyilgan. Xuddi shu manbani toʻliq tushuntiruvchi „Adabiyotlar“ boʻlimida esa „Ikromiddin Ostonaqulov. Oʻzbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari. 3-kitob. Toshkent viloyati va Toshkent shahri. Toshkent: Turon zamin ziyo, 2015 – 356 bet. ISBN 978-9943-335-74-5.“ deb yozilgan. Bu yerda xato snoskada koʻrsatilgan 356 raqamida. Siz u yerda kitobning necha betli ekanini emas, siz foydalangan maʼlumot nechanchi betdan olinganini yozishingiz kerak. 356 betli kitobning 356-betidan maʼlumot olib yozishingiz imkonsiz.
  2. Boshqa bir manbada „ Davlat ilmiy nashriyoti 2009, s. 252.“ deyilgan, bu ham boʻlmagan gap. „Adabiyotlar“ boʻlimida „Davlat ilmiy nashriyoti. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi, Toshkent, 2009 – 252 bet.“ deb yozgansiz, aslida bu yerda ikkita xato bor: birinchisi yuqoridagidek, snoska va kitobning umumiy betlari soni bir xil boʻlib qolgan, ikkinchisi Oʻzbekistonda, umuman dunyo boʻyicha ham „Davlat ilmiy nashriyoti“ nomli nashriyot yoʻq. Oʻzingiz foydalangan kitobning nashriyot qismiga yaxshilab qarang. Nima deb yozilgan ekan? Siz nashriyot nomini tashlab ketib, uning turini yozib qoʻygansiz. Bunday xatoliklar mavjud maqolalar hech bir statusga loyiq koʻrilmaydi.
  3. Yana, „Davlat ilmiy nashriyoti 2009, s. 252.“ va „OʻzME“ degan manbalar bitta emasmi? Chunki „Davlat ilmiy nashriyoti 2009, s. 252.“ ustiga sichqonchani etganda „Adabiyotlar“ boʻlimida „Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi“ degan yozuv koʻkaryapti, „OʻzME“ning kengaytirilgan shakli qanday ekani hammamizga maʼlum. Imkon boricha shu „OʻzME“ degan manbani tushunarliroq (kengaytirilgan nomi, nashriyoti, jildi, beti bilan) yozing. Bunaqa tushunarsiz va xatoli manbalarning maqolada boʻlishi siz u manbalarga umuman qaramagansiz, degan shubhani koʻpaytirishi mumkin. Men hali manbalar qismidagi oʻzim koʻrgan xatoliklarni sanadim, maqolaning bezatilishi va matnini oʻqib koʻrib, ular boʻyicha keyinroq fikr bildiraman.

Hurmat bilan, Jamshid Nurqul (munozara) 21:41, 18-Yanvar 2024 (UTC)

yuqorida aytilgan fikrlarga qoʻshimcha ravishda shuni aytish mumkinki, maqolaga juda oz manba ilova qilingan. manba masalasiga jiddiy qaraladi. ammo, shuni ham tan olish kerakki, maqola koʻrinishi aʼlo darajada. maqolani statusga olib chiqish uchun hali yetarli imkoniyat bor. Alpasli (munozara) 21:54, 18-Yanvar 2024 (UTC)
Fikrimcha, XM talablariga mos. Snoskalarni statusli maqolaga mos tarzda yozilsa yaxshi ish boʻladi. – Kagansky munozara 12:59, 31-Yanvar 2024 (UTC)
Assalomu aleykum, barcha fikrlaringizni inobatga olgan holda maqolani bugun toʻgʻirlab chiqaman. Creobek (munozara) 17:15, 31-Yanvar 2024 (UTC)
Shuncha paytdan beri tuzatmabsiz, tuzatgan paytingiz xabar bering, vaqt oʻtyapti. Vaqt oʻtaversa nominator qiziqishini yoʻqotdi, deb xulosalab yuborilishi mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 13:01, 2-Fevral 2024 (UTC)
Oʻzgartirishlar kiritdim, Muhammad Solihning „Tarixi jadidayi Toshkand“ kitobi pdf variantini topsam yana qoʻshimchalar kiritaman. Creobek (munozara) 12:58, 5-Fevral 2024 (UTC)
Tarixi jadidayi Toshkand asaridan ham ma‘lumotlar qo‘shildi. Creobek (munozara) 14:21, 5-Fevral 2024 (UTC)
„Бугун – Тошкент ислом институти ташкил топган кун“ (uz). muslim.uz. Qaraldi: 5-fevral.“ deb nomlangan manba 3 marta takrorlangan (9, 10, 11-manbalar) shularni bitta manbada birlashtirilsa maʼqul ish boʻlardi. Jamshid Nurqul (munozara) 17:03, 5-Fevral 2024 (UTC)
 Bajarildi Creobek (munozara) 13:40, 6-Fevral 2024 (UTC)
"Adabiyotlar" boʻlimida tozilgan "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, Toshkent, 2009 — 252 bet" yozuviga tushunmadim. 12 jildli OʻzME kitoblari 2000-2005-yillar orasida chiqarilgan boʻlsa, undan keyin bu kitob chiqarilmagan. 2009-yilda qanaqa milliy ensiklopediya chiqarilgan boʻlishi mumkin? Shunga aniqlik kiriting, balki qaysidir kitob "Oʻzbekiston Milliy ensilopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti"da chop etilgandir, nashriyot bilan ensiklopediya adashtirib yuborilgandek tuyulyapti. Jamshid Nurqul (munozara) 11:14, 7-Fevral 2024 (UTC)
Adashib ketibman  to‘g‘irlandi Creobek (munozara) 06:30, 15-Fevral 2024 (UTC)
Togʻirlanmagan. Jamshid Nurqul (munozara) 20:04, 23-Fevral 2024 (UTC)
Turfirmalar sayti nufuzli manba boʻlolmaydi uchun ularni maqoladan yoʻqotish kerak. Yaxshisi nufuzlilaribi bilan alishtirish kerak. — Kagansky munozara 19:45, 6-Fevral 2024 (UTC)
 Bajarildi Creobek (munozara) 11:17, 7-Fevral 2024 (UTC)
 Bajarilmadi. — Kagansky munozara 03:24, 19-Fevral 2024 (UTC)
Snoska va manbalarni statusga loyiq tarzda rasmiylashtirish kerak boʻladi. — Kagansky munozara 19:48, 6-Fevral 2024 (UTC)
Maqolaning „Qaffol Shoshiy maqbarasi“ boʻlimida keltirilgan iddaolar manba bilan tasdiqlanmagan. Jamshid Nurqul (munozara) 14:46, 7-Fevral 2024 (UTC)
 Bajarildi Creobek (munozara) 07:10, 9-Fevral 2024 (UTC)
  1. Maqola ustida anchagina mustaqil ishlangani uchun  Roziman. Ibrohimjon 05:10, 31-Dekagbr 2023 (UTC)
  2.  Roziman Maqola uchun nominatorga tashakkur, yaxshigina mustaqil ishlangan maqola, yillarga ichki havolalar qoʻyilmagan, qoʻshib qoʻyish tavsiya qilinadi – Axadjon1 (munozara) 10:57, 2-Yanvar 2024 (UTC).
  3.  Roziman, yaxshi holatda. Alpasli (munozara)
  4.  Roziman -Mirishkorlik (munozara) 15:40, 16-Yanvar 2024 (UTC)
  5.  Roziman – Xoqoni Said yozish 07:51, 18-Yanvar 2024 (UTC)
  1.  Qarshiman. Manbalari chalkashib ketgan. Nominator nomzodlikka qiziqishini yoʻqotgan. Maqola ustida ishlab uni qayta nomzod qilib koʻrsatish mumkin. Hozirgi holatida statusga noloyiq. Kagansky munozara 03:46, 25-Aprel 2024 (UTC)

 Bajarilmadi — Administrator Kagansky taʼkidlaganidek, maqola manbalari chalkashib ketgan, nominatorga manbalarni tuatish kerakligi aytildi va vaqt berildi ammo nominator hech narsani tuzatmadi. Hozirgi holatida ushbu statusga loyiq emas deb topildi. Jamshid Nurqul (munozara) 09:05, 25-Aprel 2024 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.