Kontent qismiga oʻtish

Vazn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vazn (arab. — oʻlchov)— sheʼrda tovush tuzilishini uyushtirish usuli. Sillabik sheʼr tuzilishicha boʻgʻin va turoq soni, tonik sheʼr tuzilishi stopalar oʻlchovi va soni bilan aniklanadi. Sheʼriy ritm, ohangdorlik hamda musiqiylikning hosil boʻlishi Vazn. va uning xususiyatlariga bogʻliq. Vazn sheʼr bandi bilan aloqador boʻlgan ritm unsuri hisoblanadi. Oʻzbek sheʼriyatida koʻp qoʻllaniladigan barmoq tizimida misralardagi boʻgʻinlarning bir miqdorda va mutanosib holda, turoqlarning bir tekis, ham muayyan tartibda takrorlanib kelishiga asoslanadi. Bunda Vazn. lar tuzilishi va musiqiylikni tashkil etishdagi xususiyatlariga koʻra, sodda, qoʻshma va erkin Vazn. larga boʻlinadi. Sodda Vazn. da sheʼr miyeralarining umumiy boʻgʻin soni teng boʻladi. Qoʻshma Vazn. da sheʼrlar bandidagi miyeralarning biri ikkinchisidan biror boʻgʻin ortiq yo kam, biror turok, oz yoki koʻp boʻladi. Qoʻshma Vazn. da yozilgan sheʼrlarda 1-va 2- misralardagi turok, tartibi 3- va 4- misralarda takrorlanadi, shu tarzda ritm vujudga keladi. Erkin Vazn. vazndan vaznga oʻtib turadi. Barmoq tizimida uch boʻgʻinlidan, yaʼni uchlikdan oʻn yettilikkacha Vazn. lar turkumi uchraydi. Aruz Vazn. ida musiqiylik, ritm misralardagi choʻziq va qisqa boʻgʻinlarning , ruknlarning bir tekisda takrorlanishi orqali hosil boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil