Kontent qismiga oʻtish

Tenor

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tenor (lot. tenor — ovozning tekis xarakati) — 1) oʻrta asr Yevropa cherkov (grigorian) xoraljal ohang rivojidagi asosiy, uzoq ushlab turiladigan parda (nomi shundan). Keyinchalik, koʻp ovozli asarlarda asosiy ovoz (partiya) nomi; 2) erkak xonandaning baland (ingichka) ovozi. Diapazoni s—s2. Lirik (Faust, Lenskiy) va dramatik (Xoze, German va boshqalar) turlari bulib, birinchisining yukrri registri kuchli, kuyni ohangdor, yengil harakatda namoyish etadi; dramatik T. esa nisbatan yoʻgʻonroq, har bir tovushga yorqin tembr va badiiy taʼsirli ifoda beradi. Opera ijrochiligida xarakterli (Trike — "Yevgeniy Onegin"), qahramonona (Zigmund — "Valkiriya"), lirikdramatik (Otello), T.—altino (Munajjim, "Oltin xoʻrozcha gʻaqida ertak") kabi turlari ham ajratiladi. Oʻzbekistonda S. Yarashev, F. Abdurahmonov, A. Azimov, I. Jalilov, K.Serjanov va boshqa T. ovoziga ega; 3) mispuflama musiqa cholgʻu asbobi. Puflama sozlar orkestrida asosiy sozlardan; 4) oʻzga musiqa sozlarining T. turlari (saksofon q T., T. q trombon va boshqalar).