Kontent qismiga oʻtish

Sonita Alizadeh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sonita Alizadeh
سونیتا علیزاده
Tavalludi 11-noyabr 1996-yil (1996-11-11) (27 yosh)
Fuqaroligi Afgʻoniston
Kasbi Rapper
Faoliyat yillari 2014–yildan hozirgacha
Sonita Alizadeh Vashingtonda, AQSh Davlat departamentida 2016-yilgi Xalqaro Jasoratli Ayollar forumida chiqish qilmoqda

Sonita Alizadeh (dariycha: سونیتا علیزاده)[1] afgʻon reperi va ayollar huquqlarini himoya qiluvchi, majburiy nikohlarga qarshi chiqqan faol ayol. Alizadeh birinchi marta „Brides for Sale“ nomli videoroligi bilan jamoatchilik eʼtiborni tortdi. Videoda u qizlari oilalari tomonidan turmushga shavqatsiz sotilishi haqida rolik ishlagan. Eronlik hujjatli film rejissyori Rokhsareh Ghaem Maghami yordamida uch yildan ortiq vaqt davomida "Sonita" filmi orqali u oʻz hayotini kinoga koʻchirgan. Alizadehning ota-onasi uni majburlab turmushga bermoqchi ekanini bilgandayoq u qochib ketgan. Bu hikoya kinoda toʻliq tasvirlangan. Qochqinlik paytida u Eronda yashagan[2]. Ushbu hayotiy film YouTubeʼda eʼlon qilingandan soʻng, „Strongheart“ guruhi Alizoda bilan bogʻlanib, unga talabalik vizasi va Amerika Qoʻshma Shtatlariga kelib oʻqish uchun moliyaviy yordam taklif qildi. Alizadeh taklifni qabul qildi. Amerikaga koʻchib oʻtdi va shundan buyon u yerda yashab keladi[3]. 2015-yilda u BBC eʼlon qilgan 100 nafar ayol roʻyxatiga kiritilgan[4].

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alizadeh Afgʻonistonning Hirot shahrida Tolibon hukmronligi ostida katta boʻlgan. Birinchi marta oilasi uni 10 yoshida turmushga berishni oʻylagan. Alizadehning aytishicha, oʻshanda u bu nimani anglatishini toʻliq tushunmagan[5]. Avvalo, uni turmushga berayotgan oilasidan, qolaversa, Tolibondan qutilish maqsadida Eronga qochib ketgan. Eronda Alizadeh hammomlarni tozalash orqali pul topgan. Shu bilan birga, oʻqish va yozishni oʻrgangan. Bu vaqt ichida u eronlik reper Yas va amerikalik reper Eminemning musiqalarini oʻzi uchun kashf etdi. Ularning musiqalaridan ilhomlanib, oʻz qoʻshiqlarini yozishni boshladi. 2014-yilda Alizadeh AQShdagi tanlovga ishtirok etgan. Mazkur tanlovda 1000 dollorlik mukofotni qoʻlga kiritgan, Alizadeh mukofot pulini Afgʻonistonga qaytib kelgan onasiga yubordi[3].

"Sonita" hujjatli filmi rejissyori Roxsareh Ghaemmaghami Sonita filmi gʻoyasi uchun Alizadehga 2000 dollar toʻlagan. Keyinchalik muallif „Brides for Sale“ asarini yozgan va Roxsare Ghaem Maghami xalqaro eʼtiborni qozongan musiqiy videoni suratga olgan. Bu video uning ijodida, hayotida katta burilish yasaydigan ijod namunasi boʻldi. Video nafaqat Afgʻonistondagi ayollar orasida mashhur boʻldi, balki Alizodani AQShga olib kelishni taklifil qilgan Strongheart Group notijorat tashkilotining ham eʼtiborini tortdi[3].

Hozirgi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alizoda hozirda Nyu-Yorkda yashaydi va Bard kollejida tahsil oladi. Darslarga borishdan tashqari, u qoʻshiq yozishdan, ijoddan toʻxtab qolgani yoʻq. Oʻz qoʻshiqlari bilan muxlislar olqishini olishda davom etmoqda. „Sonita“ nomli hujjatli film 2015-yil noyabr oyida Amsterdam xalqaro hujjatli filmlar festivalida taqdim etilgan[5].

Film ijobiy baholarga sazovor boʻldi[6]. Film Sundance kinofestivaliga kiritildi va hujjatli film uchun Jahon kinosi hakamlar hay’atining bosh mukofotiga sazovor boʻldi[7].

  1. „Sonita Alizadeh: le rap comme rempart au mariage forcé“ (French). visionsmag.com (2016-yil 14-sentyabr). 2019-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-avgust.
  2. Marusic, Kristina. „This Afghan Teen Escaped Forced Marriage By Making a Rap Video“. MTV (2015-yil 12-oktyabr). 2020-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 Bloom, Deborah. „Afghan teen uses rap to escape forced marriage“. CNN (2015-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 23-oktyabr.
  4. „BBC 100 Women 2015: Who is on the list?“ (en-GB). BBC News (2015-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-avgust.
  5. 5,0 5,1 Wainwright, Robert. „Afghan teen rapper was 10 when her mother first considered selling her“. The New York Times (2015-yil 8-oktyabr). 2015-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-oktyabr.
  6. 'Sonita': IDFA Review, 29 November 2015
  7. „Sonita“. sundance.org. Sundance Institute. 2019-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-sentyabr.