Kontent qismiga oʻtish

Silliq mushak

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Silliq mushakning umumiy tuzilishi va innervatsiyasi

Silliq mushak koʻndalang-targʻil chiqizlar saqlamaydigan mushak toʻqimasining bir turi boʻlib, silliq mushak hujayrasida sarkomerlar yoʻqligi chiziqlarning boʻlmasligiga sabab deya koʻrsatiladi[1][2]. U ikkita kichik guruhga boʻlinadi: bir birlikli va koʻp birlikli. Silliq mushak ichi boʻsh organlarning devorlarida, shu jumladan oshqozon, ichak, siydik pufagi va bachadonda joylashgan;  qon va limfa tomirlarining devorlarida, nafas olish, siydik va reproduktiv tizim yoʻllarida joylashadi. Koʻzlarda silliq mushak turi boʻlgan siliar (halqa) mushaklar qorachiqni kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin. Teridagi silliq mushak hujayralari, masalan, arrector pili hujayralari sovuq harorat yoki qoʻrquvga javoban sochlarning tikkayishiga olib keladi[1].

Silliq mushak toʻqimasi 3 manbadan shakllanishi hisobidan 3 guruhga boʻlinadi.

  • Mezenximadan hosil boʻlgan: nafas, hazm, siydik-tanosil, qon va limfa sistemasida uchraydi.
  • Epidermal (ektodermadan hosil boʻlgan) - qisqaruv apparatiga ega boʻlgan, alohida-alohida mioepitelial hujayralar: ekzokrin bezlar oxirgi boʻlimida. (ter, sut, soʻlak, koʻz yosh bezi)
  • Neyral (nervdan rivojlangan): koʻzda joylashgan silliq mushaklar.[3]

Silliq mushak ichki organlar: hazm, nafas yoʻllari, tanosil aʼzolari, tomirlar devorining shakllanishida qatnashadi. Tuzilishi va funksiyasi boʻyicha koʻndalang-targʻil mushakdan farq qiladi. Silliq mushaklar vegetativ nerv sistemasi tomonidan innervatsiya qilinadi ya’ni kishi ixtiyoriga boʻysunmaydi.[1]

Hujayra tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hujayralari choʻziq-duksimon shaklda, toʻqimada hujayralar qatlamlar hosil qiladi. Hujayralar bir-biriga nisbatan shunday joylashadiki, bir hujayraning markaziy qismiga boshqa hujayraning uch qismi yopishadi. Hujayralari sirtdan sarcolemma bilan qoplangan. Hujayra sarkoplazmasida (sitoplazmasida) yadro, organellalar va miofibrillalar joylashadi.[4] Sarkoplazmada Ca++ ionlarini saqlovchi pufakchalar boʻlib, koʻndalang-targʻil mushakdagi SR vazifasini bajaradi (SR ning oʻzi kuchsiz rivojlangan).[5] Yadrosi ham K-T mushaklardan farqli ravishda hujayra markazida joylashadi. (yadroning shakli qisqarish paytida oʻzgaradi). Mitoxondriyalar soni va undagi kristalar ham nisbatan kam. K-T mushakda boʻlgani kabi qisqaruv apparatini miofibrillalar tashkil etadi. Miofibrillalar ma’lum tartibga ega emas, protofibrillalar tutam hosil qilmaydi va bir jinsli ipchalar shaklida joylashadi. Ingichka filamentlar oʻz ichiga: aktin, tropomiozin va silliq mushakka xos koldesmin hamda kalponinlarni oʻz ichiga oladi. Tropomiozinga birikadigan troponin silliq mushakda uchramaydi. Tropomiozin holati miozinning fosforillanishi bilan tartibga solinadi. Silliq mushakda uchrovchi “yangi” oqsillar(Koldesmin+Kalponin) Kolmodulin birikadigan qismni tashkil qiladi va shuningdek miozinning ATFaza faolligini ingibirlaydi. Miozin K-T mushaklaridagi kabi lekin biroz farq qiladi, shuningdek II tip miozinlar hisoblandi.[3]

Hujayralarining bir-biriga tutash qismlarida – neksuslar (tirqishlar) uchrab, ular hujayralarining ma’lum guruhlari barobar qisqarishini ta’minlaydi. Silliq mushak toʻqimasi yaxshi taraqqiy etgan qon-tomirlar sistemasiga ega, tomirlar toʻqimaga biriktiruvchi toʻqima bilan kirib kapillyarlargacha tarmoqlanadi.[5] Qisqarish mexanizmi ham koʻndalang targʻilga qaraganda ancha farq qiladi. Moddalar Gq retseptorlariga ta’sir qilishi oqibatida fosfolipaza-C aktivlanadi. FL-c PIP2 dan IP3 hosil qiladi, hosil bo’lgan IP3 SR dan Ca ajralishiga olib keladi. Ca boʻlsa Colmodulin oqsili bilan birikib Miozinning inaktiv MLCK sini aktiv holatga oʻtkazadi. Aktivlangan MLCK miozinning fosforillanishini va aktin bilan bogʻlanib qisqarish yuzaga kelishini boshqaradi[5]. (MLCK-miozin yengil zanjiri kinazasi: miozin-2 ni fosforillanishini ta’minlaydigan ferment. Bu modda normal holatda inaktiv boʻladi, qachonki Ca-colmodulin kompleks biriksagina aktivlanadi).

  1. 1,0 1,1 1,2 Betts, J. Gordon; Young, Kelly A.; Wise, James A.; Johnson, Eddie; Poe, Brandon; Kruse, Dean H.; Korol, Oksana; Johnson, Jody E.; Womble, Mark; Desaix, Peter (6 March 2013). "Smooth muscle". Retrieved 10 June 2021.
  2. "Thesaurus results for STRIATED". www.merriam-webster.com. Retrieved 22 April 2022.
  3. 3,0 3,1 Berne & Levy. Physiology, 6th Edition
  4. "10.8 Smooth Muscle - Anatomy and Physiology | OpenStax". openstax.org. Retrieved 10 May 2022.
  5. 5,0 5,1 5,2 Leslie P. Gartner, PhD: Textbook of medical histology; fourth edition, 2017.