Kontent qismiga oʻtish

Shkodran Mustafi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shkodran Mustafi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shkodran Mustafi[1]
Tavallud sanasi 17-aprel 1992-yil (1992-04-17) (32 yosh)[2]
Tavallud joyi Bad Hersfeld, Germaniya
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)[3]
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000–2004 1. FV Bebra
2004–2006 SV Rotenburg
2006—2009 Hamburger SV
2009 Everton
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009–2012 Everton 0 (0)
2012–2014 Sampdoria 51 (1)
2014–2016 Valencia 64 (6)
2016–2021 Arsenal 102 (7)
2021 Schalke 04 13 (1)
2021–2023 Levante 20 (2)
Milliy terma jamoa
2008 Germaniya U16 5 (0)
2008–2009 Germaniya U17 24 (5)
2009–2010 Germaniya U18 6 (1)
2010–2011 Germaniya U19 9 (2)
2011–2013 Germaniya U20 10 (3)
2013 Germaniya U21 7 (0)
2014–2017 Germaniya 20 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Shkodran Mustafi (talaffuzi: Shkodran Mustafi; 1992-yil 17-aprelda Germaniyaning Bad Hersfeld shahrida tugʻilgan) – nemis sobiq professional futbolchisi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.

Mustafi oʻz faoliyatini „Gamburger SV“ va Angliyaning „Everton“ klublarida boshlagan. 2012-yilning yanvarida Everton jamoasidan „Sampdoriya“ klubiga oʻtgan. Shkodran 2014-yilning avgustida „Valensiya“ jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Shkodran Valensia jamoasida ikki mavsum oʻynagach, 2016-yilgi mavsumda „Arsenal“ jamoasiga 35 million funt sterling evaziga transfer boʻlgan. Mustafi „Arsenal“ tarkibida 151 oʻyin oʻtkazgan.

Mustafi 2014-yilning 13-mayida Polshaga qarshi oʻzining terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan va 2014-yilgi FIFA Jahon kubogi va 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi gʻolibi boʻlgan nemis jamoalari tarkibida, shuningdek, UEFA Euro 2016 turnirida ham ishtirok etgan.

Shkodran Mustafi 1992-yil 17-aprelda Germaniyaning Bad Xersfeld shahrida joylashgan Gostivar kichik shaharchasida alban oilasida tugʻilgan[4][5]. Shkodran Mustafi oʻz faoliyatini „Bebra“ havaskorlar klubida boshlagan. 2007-yilda „Dinosaurs“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[6].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil may oyida Shkodran Mustafi 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etib, chempion boʻlgan. Bu yerda u Mario Götze, Mattias Zimmerman, Marc-Andre ter Shtegen, Bernd Leno va boshqalar bilan bir safda oʻynagan. Keyin Shkodran Mustafi yoshlar terma jamoasida oʻynagan va 2013-yilgi Yevropa chempionatiga yoʻl olgan. 15- oktabr kuni yoshlar terma jamoasidagi soʻnggi uchrashuvini Farer orollariga qarshi oʻtkazgan.

Shkodran Mustafi milliy terma jamoadagi debyutini 2014-yilning 13- may kuni Polshaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. U JCh-2014 tarkibiga kiritilgan va u yerda uchta oʻyin oʻtkazgan[7]. U milliy terma jamoadagi ilk golini 2016-yilning 12- iyun kuni Yevropa chempionati guruh bosqichida Ukraina terma jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etgan.

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar[8]
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Everton 2009–10 Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 1[lower-alpha 1] 0 1 0
2010–11 Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2011–12 Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0
Total 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
Sampdoria 2011–12 Serie B 1 0 1 0
2012–13 Serie A 17 0 0 0 17 0
2013–14 Serie A 33 1 2 0 35 1
Total 51 1 2 0 53 1
Valencia 2014–15 La Liga 33 4 3 0 36 4
2015–16 La Liga 30 2 4 0 10[lower-alpha 2] 0 44 2
2016–17 La Liga 1 0 1 0
Total 64 6 7 0 10 0 81 6
Arsenal 2016–17 Premyer-liga 26 2 4 0 0 0 7[lower-alpha 3] 0 37 2
2017–18 Premyer-liga 27 3 0 0 3 0 8[lower-alpha 1] 0 38 3
2018–19 Premyer-liga 31 2 1 0 2 0 6[lower-alpha 1] 1 40 3
2019–20 Premyer-liga 15 0 3 0 2 0 7[lower-alpha 1] 1 27 1
2020–21 Premyer-liga 3 0 0 0 1 0 5[lower-alpha 1] 0 9 0
Total 102 7 8 0 8 0 33 2 151 9
Schalke 04 2020–21 Bundesliga 13 1 0 0 13 1
Levante 2021–22 La Liga 11 1 1 0 12 1
2022–23 Segunda División 3 1 0 0 3 1
Total 14 2 1 0 15 2
Career total 244 17 18 0 8 0 44 2 314 19
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Appearance(s) in UEFA Europa League
  2. Seven appearances in UEFA Champions League, three appearances in UEFA Europa League
  3. Appearances in UEFA Champions League
  1. „Acta del Partido celebrado el 22 de agosto de 2016, en Valencia“ [Minutes of the Match held on 22 August 2016, in Valencia] (es). Royal Spanish Football Federation. Qaraldi: 2019-yil 16-iyun.[sayt ishlamaydi]
  2. „Shkodran Mustafi: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
  3. „Shkodran Mustafi: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  4. „Shkodran Mustafi: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
  5. Panorama-sport. „Shkodran Mustafi, "blerja" e kombetares“. Panorama sport (2014-yil 22-yanvar). 2014-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-yanvar.
  6. „Sein Gefühl sagte FC Everton“ (de). Hamburger Abendblatt (2009-yil 2-may). 2009-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-avgust.
  7. „Чемпионат мира завершен для защитника сборной Германии Мустафи“. Р-Спорт (2014-yil 1-iyul). 2014-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  8. Shkodran Mustafi Soccerway saytida. Qaralgan sana: 25 September 2019.