Shiing-Shen Chern
Shiing-Shen Chern 陳省身 | |
---|---|
Tavalludi |
28-oktyabr 1911-yil Tzyasin, Sin Imperiyasi |
Vafoti |
3-dekabr 2004-yil (93 yoshda) Tyantszin, Xitoy Xalq Respublikasi |
Fuqaroligi |
Xitoy Respublikasi AQSh |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
Sinxua universiteti Perspektiv tadqiqotlar instituti Chicago universiteti California universiteti, Berkeley Matematika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Nankay universiteti |
Akademik rahbarlari | Wilhelm Blaschke |
Mashhur shogirdlari |
Louis Auslander Thomas Banchoff Manfredo do Carmo Robert Gardner Howard Garland Harold Levine Katsumi Nomizu William Pohl Bernard Shiffman Sidney Webster Alan Weinstein Shing-Tung Yau |
Mashhur ishlari |
Chern sinfi Chern-Gauss-Bonnet teoremasi Chern–Simonning nazariya Chern-Simonning shakli Chern–Weil nazariyasi Chern-Weil gomomorfizmi Chern gipotezasi Chern-Bott formulasi Chern-Lashof nazariyasi |
Mukofotlari |
|
Shiing-Shen Chern (28-oktyabr 1911-yil — 3-dekabr 2004-yil) — xitoylik-amerikalik matematik. Chern differensial geometriya va topologiya sohasidagi ishlari bilan mashhur. 1983-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Chern 1943–1945-yillarda Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan. 1949–1960-yillarda esa Chicago universitetida faoliyat olib borgan. Soʻngra California universiteti, Berkeleyga koʻchib oʻtgan va u yerda 1982-yilda dunyoga mashhur Matematika fanlari ilmiy tadqiqot institutini tashkil qilgan.
Chern „zamonaviy differensial geometriyaning otasi“ oʻlaroq tanilgan. Olim yetuk geometriyachi va 20-asrning eng buyuk matematiklaridan biri hisoblanadi. Uning ishlari, ayniqsa Chern-Gauss-Bonnet teoremasi, Chern-Simons nazariyasi va Chern sinflari matematikaga, shu jumladan, geometriya, topologiya va tugun nazariyasiga katta taʼsir oʻtkazgan. Bundan tashqari, uning ishlari fizikaning barcha sohalariga, ayniqsa, tola nazariyasi, siqilgan modda fizikasi, umumiy nisbiylik nazariyasi va maydon kvant nazariyasida keng qoʻllanadi.