Kontent qismiga oʻtish

Santur

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Santur, santuri — koʻp torli urma musiqa cholgʻu asbobi, chang turi. Kavkaz mintaqasi, Eron, Shimoliy Hindiston, Turkiya va boshqa mamlakatlarda professional musiqa sozi sifatida keng tarqalgan. Quti shaklida, 2 ta choʻp bilan urib chalinadi. Xromatik tovushqatorga ega. Tovushi mayin va yoqimli. S, yozma manbalarga koʻra, Oʻrta Osiyoda (jumladan, Buxoro amirligida) 16-asrdan maʼlum boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil