Reaktiv bogʻliqlik sindromi
Reaktiv bogʻliklik sindromi (Reactive attachment disorder / RAD) baʼzan balogʻat yoshigacha saqlanib qolishi kuzatilsa ham, klinik adabiyotlarda asosan bolalarda uchrashi mumkin boʻlgan ogʻir va nisbatan kam uchraydigan kasallik sifatida tasvirlangan[1]. RAD koʻpgina ilmiy kontekstlarda ijtimoiy munosabatlarning sezilarli darajada buzilishi bilan tavsiflanadi. Bu koʻpgina oʻzaro ijtimoiy munosabatlarga toʻgʻri kirishish yoki ularga risoladagidek javob berishda layoqatsizlik shaklida namoyon boʻlishi mumkin. DSM-5 ga koʻra bu sindrom „shaklanmagan bogʻliqlik sindromi“ deb nomlanuvchi alohida tashxis bilan belgilangan.
RAD sindromi ilk bolalik davrida birlamchi gʻamxoʻrlik qiluvchilarga nisbatan normal bogʻlanishni shakllantirmaslikdan kelib chiqadi. Bunday holat bolaga ilk davrlarda jiddiy eʼtiborsizlik, zoʻravonlik koʻrsatilishi, olti oylikdan uch yoshgacha boʻlgan vaqtda qarovchi (ota, ona yoki enaga) dan keskin ajratilish, qarovchilarning tez-tez oʻzgarib turishi yoki qarovchi bolaning muloqot qilish harakatlariga javob bermasligi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ammo, bunday holatlarning barchasi ruhiy buzilishlarga olib keladi deb aytish oʻrinli emas[2]. Bu keng tarqalgan rivojlanish buzilishi yoki rivojlanish kechikishidan, shuningdek, aqliy zaiflik kabi bir-biriga aloqador kasalliklar sababli ham yuzaga kelishi mumkin. Bularning barchasi oʻzaro bogʻlanish tarziga taʼsir qilishi mumkin. Reaktiv bogʻlanish sindromi diagnostikasi mezonlari ishonchsiz yoki tartibsiz bogʻlanish kabi insonlararo bogʻlanish usullarini kategoriyalashtirishda qoʻllanadigan mezonlardan juda farq qiladi.
RAD sindromiga chalingan bolalarda keyingi hayotda shaxslararo munosabatlarda qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan ichki aloqa modellari buzilganligi taxmin qilinadi. Sindromning uzoq muddatli taʼsiri boʻyicha bir nechta tadqiqotlar oʻtkazilgan, ammo kasallikning besh yoshdan keyin namoyon boʻlishi haqida aniq dalillar hali mavjud emas[3][4]. Biroq, 1990-yillarning boshida Sovuq urush tugaganidan keyin Sharqiy Yevropada bolalar uylarining ochilishi ortidan juda yomon sharoitlarda qolgan goʻdaklar va bolalar ustida tadqiqot oʻtkazish imkoniyati tugʻildi. Bunday tadqiqotlar shaxslararo bogʻlanishga aloqador muammolarning tarqalishi, sabablari, mexanizmi va ularni tashxislash haqidagi tushunchalarni kengaytirdi. 1990-yillarning oxiridan boshlab, tadqiqotlar asosida sindromni davolash va oldini olish dasturlarini hamda yaxshiroq tashxish usullarini ishlab chiqish imkoni paydo boʻldi. Ushbu sohadagi asosiy nazariyotchilar bogʻlanish bilan aloqador muammolardan kelib chiqadigan oqibatlarni mavjud tasniflardan tashqari kengroq doirada aniqlash kerakligini taklif qilishdi[5].
RAD va boshqa muammoli bogʻlanish turlariga qaratilgan asosiy davolash va profilaktika dasturlari bogʻlanish nazariyasi (attachment theory) ga asoslanadi va koʻpincha bolaga qarovchi shaxsning eʼtiborliroq va ziyrakroq boʻlishi, agar buning imkoni boʻlmasa, bolaga boshqa qarovchi biriktirilishini tavsiya etadi[6]. Bunday strategiyalarning aksariyati hanuzgacha baholanish jarayonida. Asosiy amaliyotchilar va nazariyotchilar reaktiv bogʻlanish sindromi hali nazariy jihatdan toʻla asoslanmaganligi sababli „bogʻliqlikdagi buzilish“ diagnostikasi va uning „attachment theraphy“ deb ataluvchi davo chorasiga nisbatan jiddiy tanqidlarni ilgari surdilar. "Attachment theraphy ilmiy jihatdan aniq asoslanmagan, unda ICD-10 yoki DSM-IV-TR mezonlaridan yoki bogʻliqlik shakllaridan sezilarli farq qiladigan boshqa diagnostika mezonlaridan yoki simptomlar roʻyxatidan foydalaniladi. Terapiyada bir qator davolash usullari qoʻllanadi, ularning baʼzilari jismoniy va psixologik jihatdan qaltis boʻlib, nazariyaga zid hisoblanadi[7].
Simptomlar va belgilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolalarda reaktiv bogʻlanish sindromi boʻyicha dastlabki tashxis qoʻyishi mumkin boʻlgan mutaxassislar Pediatrlar hisoblanadi. Ilk belgilar bolaning rivojlanishi va xronologik yoshiga qarab oʻzgarsada, ijtimoiy munosabatlarda baribir muammolar mavjudligi sezilib turadi. Taxminan 18-24 oygacha boʻlgan chaqaloqlarda noorganik rivojlanish yetishmovchiligi va gʻayrioddiy sezgirlik namoyon boʻlishi mumkin. Qon zardobidagi oʻsish gormoni darajasi normal yoki yuqori boʻlsa, laboratoriya tahlillari toʻyib ovqatlanmaslik yoki suvsizlanish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan alomatlarni rad etadi[8].
Asosiy belgi — bu bolalarning bogʻliqlik va aloqa usullari ijtimoiy munosabatlariga mos kelmasligidadir. Bu uch shaklda namoyon boʻlishi mumkin:
- Har qanday yoshi kattalar, hatto begona odamlardan tasalli va mehr-muhabbat olishga begʻaraz va haddan ortiq urinish (katta yoshdagi bolalar va oʻsmirlarda bu holat tengdoshlariga nisbatan ham namoyon boʻlishi mumkin).
- Tasalli va mehr-muhabbat koʻrsatish yoki hatto stressga tushganda ham boshqalardan taskin olishni istamaslik.
- Hayvonlarni qiynash, oʻldirish, aka-uka yoki boshqa oila aʼzolariga ziyon yetkazish yoki oʻziga qasddan zarar yetkazish[9].
RAD beparvolik va abyuziv parvarish bilan bogʻliq boʻlsada, unga faqat shu asosda avtomatik tashxis qoʻyish mumkin emas, chunki bolalar sezilarli zoʻravonlik va eʼtiborsizlikka qaramasdan barqaror bogʻliqlik va ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishlari mumkin. Biroq, bunday layoqatga ega bolalar kamdan-kam uchraydi[10].
Sindrom nomiga koʻra, u bogʻlanish bilan aloqador muammolarni koʻzda tutadi, ammo rivojlanishning ortda qolishi, muvofiq ijtimoiy sezgirlikning yetishmasligi, apatiya kabi alomatlar kiradi[11].
Tashxis vositalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Reaktiv bogʻliqlik sindromi uchun umumiy qabul qilingan diagnostika protokoli hali mavjud emas. Koʻpincha tadqiqot va diagnostikada bir qator chora-tadbirlar qoʻllanadi. Bogʻlanish uslublari, muammolari yoki buzilishlarini tashxislashning tan olingan usullari orasida Strange Situation Procedure protsedurasi (psixolog Mery Ainsworthtomonidan ishlab chiqilgan), separatsiya va birlashish tartibi va maktabgacha yoshdagi bogʻlanishni baholash[12], Parvarish shart-sharoitlari kuzatuvi[13], Q-sort[14] va stem-hikoyalar texnikasidan foydalanish kabilarni oʻz ichiga oladi. Kattaroq yoshdagi bolalar uchun „Child Attachment Interview“ va „Autobiographical Emotional Events Dialogue“ kabi usullardan foydalaniladi. Qarovchilar, shuningdek, „Working Model of the Child Interview“ deb nomlanuvchi protsedura yordamida ham baholanishi mumkin[15].
Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlarda Smyke va Zeanah (1999) tomonidan ishlab chiqilgan Disturbances of Attachment Interview (DAI) protsedurasi ham qoʻllanib kelinmoqda[16]. DAI yarim tuzilgan intervyu boʻlib, amaliyotchilar tomonidan qarovchilarga taqdim etiladi. U 12 ta bandni:"kamsitilgan va afzal deb topilgan qarovchiga ega boʻlish", „Stress paytida tasalli izlash“, „tasalli taklif qilinganda unga javob berish“, „ijtimoiy va hissiy oʻzaro munosabat“, „hissiy tartibga solish“, „qarovchidan uzoqlashgandan keyingi nazorat“, „notanish kattalar bilan munosabatda boʻlish“, „nisbiy begonalarga hayrxohlik“, „oʻz-oʻzini xavf ostiga qoʻyadigan xatti-harakatlar“, „haddan tashqari yopishish“, „hushyorlik / giperkomplientlik“ va „rolni oʻzgartirish“ kabilarni oʻz ichiga oladi. Ushbu usul nafaqat RAD, balki bogʻlanishdagi ruhiy buzilishlarning yangi alternativ toifalarini ham tanlash uchun moʻljallangan.
Sabablari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolalik davridagi ruhiy salomatlik muammolari sonining ortib borishi genetik nuqsonlar bilan bogʻliq boʻlsa-da[17], reaktiv bogʻliqlik sindromi tavsifi boʻyicha gʻamxoʻrlik va ijtimoiy munosabatlar borasida muammolar boʻlganligiga asoslanadi. Abyuz zaruriy omillar bilan bir qatorda sodir boʻlishi mumkin, ammo uning oʻzi bogʻliqlikdagi buzilishlarni izohlamaydi[18]. Temperament turlari yoki atrof-muhitga boʻlgan birikuvchi munosabat baʼzi individuallar dastlabki yillarda qarovchilar bilan noaniq yoki dushmanlik munosabatlari asosida stressga moyillik paydo boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin[19]. Oʻrinli va ziyrak qarovchilarning yoʻqligi koʻpchilik bolalarda bogʻliqlik buzilishining rivojlanishiga sabab boʻladi[20].
Oʻxshash abnormal ota-onalik sindromning ikki xil — cheklangan va cheklanmagan shakllarini keltirib chiqarishi mumkin boʻlsa-da, tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, abyuz va beparvolik RAD ning cheklangan turdagi holatlarida ancha sezilarli va ogʻirroq boʻlgan. Temperament va uning bogʻliqlik buzilishining rivojlanishiga taʼsiri masalasi haligacha yechim topmagan. Muhit bilan bogʻliq jiddiy muammolar boʻlmagan hollarda RAD hech qachon qayd etilmagan, ammo bir xil muhitda oʻsgan bolalar uchun natijalar doim bir xil[21].
Yetti yoshli egizaklar bilan oʻtkazilgan tadqiqotda bogʻliqlik va travma belgilarining neyrobiologik asoslarini muhokama qilishda psixopatologiyaning turli shakllari, jumladan RAD, chegaradagi shaxsiyat buzilishi (BPD) va travmadan keyingi stress (PTSD) kabilar koʻrib chiqildi. Bu holatda shaxsda oʻzin nazorat qilish layoqati rivojlanmasligi va ichki modellar toʻgʻri shakllanmasligi mumkin. Oʻz navbatida munosabatlardagi uyushgan xatti-harakatni boshqaradigan ongdagi „shablonlar“ ham shu asosda rivojlanadi. „Tuzatuvchi“ tajribalar (normativ gʻamxoʻrlik) mavjud boʻlganda, „qayta tartibga solish“ potensiali mavjud boʻlishi (normal diapazonda emotsional reaksiyalarni modulyatsiya qilish) mumkin[22].
Diagnostika
[tahrir | manbasini tahrirlash]RAD DSMda eng kam oʻrganilgan va toʻliq oʻrganilmagan kasalliklardan biridir. RAD toʻgʻrisida tizimli epidemiologik maʼlumotlar kam, kasallikning kechish jarayoni toʻla aniqlanmagan va unga aniq tashxis qoʻyish qiyin. Besh yoshdan oshgan bolalarda bogʻlanishdagi buzilishning namoyon boʻlishi haqida aniq fikrlar yoʻq va bogʻlanish buzilishining aspektlarini, tartibsiz bogʻlanish yoki yomon muomala oqibatlarini farqlashda qiyinchiliklar mavjud.
Amerika Bolalar va Oʻsmirlar Psixiatriya Akademiyasi (AACAP) maʼlumotlariga koʻra, reaktiv bogʻliqlik sindromi mavjud bolalar keng qamrovli psixiatrik tashxis va individual davolash rejasiga muhtoj. RAD belgilari yoki alomatlari boshqa psixiatrik kasalliklarda ham boʻlishi mumkin. AACAP bolaga bu tashxisni keng qamrovli baholashsiz berishni tavsiya qiladi. Amaliyot parametrlari shuni koʻrsatadiki, reaktiv bogʻliqlik sindromini baholash toʻgʻridan-toʻgʻri bolaning asosiy gʻamxoʻrlari bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan ketma-ket kuzatuvlaridan olingan dalillarni va bolaning ushbu tarbiyachilar bilan bogʻlanish usullari tarixini (agar mavjud boʻlsa) talab qiladi. Bu, shuningdek, bolaning notanish kattalar bilan xatti-harakatlarini kuzatishni va bolaning ilk parvarish muhitini, jumladan, pediatrlar, oʻqituvchilar yoki ish boʻlimi xodimlariga aloqador munosabatlar tarixini koʻrishni talab qiladi. AQShda dastlabki tashxis psixologlar, psixiatrlar, litsenziyalangan oilaviy terapevtlar, litsenziyaga ega professional konsultantlar, litsenziyalangan klinik ijtimoiy xodimlar yoki psixiatriya hamshiralari tomonidan berilishi mumkin.
British Association for Adoption and Fosteringassotsiatsiyasi (BAAF) faqatgina psixiatr reaktiv bogʻliqlik sindromini tashxislashi mumkinligini, har qanday tashxis jarayonida bolaning shaxsiy va oilaviy tarixi har tomonlama baholashni oʻz ichiga olishi kerakligini maslahat beradi.
AACAP Amaliyot Parametriga (2005) koʻra, katta yoshdagi bolalar va kattalardagi bogʻlanish buzilishlarini ishonchli tashxislash mumkinmi degan savol toʻlaligicha hal qilinmagan. RAD diagnostikasi uchun qoʻllanadigan bogʻlanish usullari rivojlanish bilan sezilarli darajada oʻzgarib borganligi sababli yoshi kattaroq bolalarda oʻxshash xatti-harakatlarni aniqlash qiyin. Oʻrta bolalik yoki erta oʻsmirlik davrida bogʻlanishning muayyan darajada tasdiqlangan oʻlchovlari mavjud emas. Maktab yoshidan oʻtganlarda RADni tashxislash umuman imkonsiz boʻlishi mumkin, chunki bu vaqtga kelib bolalar individual yoʻnalishlar boʻyicha shunday rivojlanadiki, ilkaloqalardagi tajribalari koʻplab hissiyotlar va xatti-harakatlarini belgilaydigan yuzlab omillardan birigina boʻlib qoladi[23].
Mezonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]ICD-10 bolalik davridagi RAD deb nomlanuvchi reaktiv bogʻliqlik sindromini va DAD nomi bilan kamroq maʼlum boʻlgan cheklanmagan bogʻlanish sindromini tavsiflaydi. DSM-IV-TR shuningdek, chaqaloqlik yoki ilk bolalik davridagi reaktiv bogʻliqlik sindromini ikkita kichik turga: cheklanmagan va cheklangan turlarga ajratgan. Har ikki tur ham RAD sifatida tanilgan. Ikkala tasnif ham oʻxshash va ikkalasi ham quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- koʻpgina kontekstlarda sezilarli darajada buzilgan va rivojlanishga mos kelmaydigan ijtimoiy aloqadorlik (masalan, bola qarovchilar tomonidan gʻamxoʻrlik qilinishidan qochadi yoki ularga befarq boʻladi yoki begona odamlarga hayrxoh boʻladi)[24];
- sindrom faqat rivojlanish kechikishi bilan izohlanmaydi va keng tarqalgan rivojlanish buzilishi mezonlariga javob bermaydi;
- jiddiy eʼtiborsizlik;
- bogʻliqlikning aniq va afzal namunasi yetishmasligi.
ICD-10 sindromning cheklangan shakli faqat ota-onalarning jiddiy eʼtiborsizligi, abyuz yoki jiddiy notoʻgʻri munosabati natijasida yuzaga kelishi mumkinligini taʼkidlaydi. DSM ikkala shakl ham bolaning asosiy hissiy yoki jismoniy ehtiyojlarini doimiy ravishda eʼtiborsiz qoldirish yoki asosiy qarovchining doimiy va takroriy oʻzgaraverishi oqibatida yuzaga keluvchi „patogen parvarish“ oqibati boʻlishi mumkinligini taʼkidlaydi. Shu sababli, tashxis simptomlarni kuzatish bilan cheklanmay, bolaning parvarish tarixini ham oʻrganishni koʻzda tutishi shart.
DSM-IV-TRda cheklangan shakl koʻpgina ijtimoiy aloqalarni boshlash yoki munosabatlarga mos tarzda javob berishga layoqatsizlik koʻrsatilishi tavsiflanadi, chunki bu bolatda boladagi reaksiya haddan tashqari cheklangan, oʻta ambivalent yoki oʻta ikkilangan va qarama-qarshi reaksiyalar bilan namoyon boʻladi. Bunday chaqaloqlar tahdid, tashvish yoki qaygʻu paytida taskin qidirmaydilar, boshqalarning gʻamxoʻrligini qabul qilmaydilar, shuning uchun bogʻlanishning muhim elementi boʻlgan „yaqinlikni“ mustahkamlay olmaydilar. Cheklanmagan shaklda esa, belgilar faqat tartibsiz muloqot paytida sezilgani sabab, tarqoq alomatlarni koʻrish mumkin[25]. Shuning uchun bu holatda bogʻlanish obrazining „oʻziga xosligi“ yoʻq boʻladi.
ICD-10 tavsiflari DSM-IV-TR ga kiritilmagan bir nechta elementlarni oʻz ichiga oladi:
- zoʻravonlik, (psixologik yoki jismoniy), eʼtiborsizlik;
- bogʻliq hissiy buzilish;
- tengdoshlar bilan yomon ijtimoiy muloqot, oʻziga va boshqalarga nisbatan agressivlik, tushkunlik va baʼzi hollarda oʻsishda ortda qolish (faqat cheklangan shaklda);
- kattalar bilan deviant boʻlmagan oʻzaro munosabatlarda normal ijtimoiy bogʻliqlik elementlarida koʻrinadigan reaksiyalar.
Yuqoridagilardan birinchisi biroz munozarali nuqta hisoblanadi, chunki abyuz bevosita reaktiv bogʻliqlik sindromiga olib kelmaydi.
Kasallikning cheklangan shaklida qarovchining oʻrinli gʻamxoʻrligi samarali natija koʻrsatishi mumkin, ammo cheklanmagan shaklda buning ehtimoli kamroq[26]. ICD-10 yoʻriqnomasida taʼkidlanganidek, cheklangan shakl „atrof-muhit sharoitidagi sezilarli oʻzgarishlarga qaramay, baribir saqlanib qolishi mumkin“. Reaktiv bogʻliqlikning cheklangan va cheklanmagan shakli bir bolada bir vaqtning oʻzida namoyon boʻlishi mumkin[27]. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti diagnostika mezonlarida bu borada ham noaniqliklar borligini bildirib oʻtgan[28]. Izlanuvchilardan biri atipik bogʻlanish uslublarining asosiy xususiyatlarini va farqlarni aniqlash hamda bogʻliqlikdagi yanada jiddiy buzilishlarini tasniflash usullarini ishlab chiqish qiyin ekanligini aytgan edi[29].
2010-yilga kelib, Amerika Psixiatriya Assossiatsiyasi (American Psychiatric Association) DSM-V da reaktiv bogʻliqlik sindromini ikkita aniq sindromga ajratgan holda tasniflashni taklif qildi. Unga koʻra, cheklangan turga mos keluvchi simptomlarga ega tur Reactive Attachment Disorder of Infancy and Early Childhood nomi bilan qayta tasniflandi.
Cheklanmagan reaktiv bogʻliqlik sindromi bola parvarishidagi patogen omillar, surunkali qattiq jazo berish yoki boshqa jiddiy nojoʻya vaziyatlar sababli yuzaga kelishi mumkin. Ammo, yangi tashxis mezoni har ikkala turda ham bolalar va qarovchilar / tarbiyalovchilar bilan sogʻlom bogʻlanish rivojlanmasligini koʻrsatadi[30].
Differensial diagnostika
[tahrir | manbasini tahrirlash]RAD diagnostikasining murakkabligi sababli uni differensial diagnostika boʻyicha maxsus tajribaga ega boʻlgan ruhiy salomatlik boʻyicha malakaga ega mutaxassis sinchkovlik bilan tekshirib chiqishi lozim[31]. Xulq-atvordagi buzilishlar, oppozitsional deviantlik, tahlika sindromi, travmadan keyingi stress va ijtimoiy fobiya kabi bir qator boshqa kasalliklarning alomatlari koʻpincha RAD bilan birga kechishi sababli kasallikni tashxislashda muammolar yuzaga keladi. RAD alomatlarini autizm, pervasiv rivojlanishdagi buzilish, bolalardagi shizofreniya va boshqa baʼzi genetik sindromlar alomatlari bilan ham chalkashtirish mumkin. Ushbu sindromga ega chaqaloqlar kasalxonaga yotqizilganidan keyin jismoniy jihatdan oʻzlarini tez tiklashlari bilan boshqa sindromga chalingan bolalardan farqlanishadi. Masalan, autizm sindromiga ega bolalar normal oʻlcham va vaznga ega boʻlsalarda, begona muhitda ularning salomatligi tiklanishi qiyin kechadi.
Alternativ diagnostika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Standartlashtirilgan diagnostika tizimi mavjud boʻlmaganda, DSM va ICD dan tashqari koʻplab mashhur, norasmiy tasniflash tizimlari va cheklistlar asosida bogʻliqlik terapiyasi deb nomlanuvchi diagnostika usuli yaratilgan. Ammo, u fan boʻyicha tasdiqlanmagan va tanqidchilar ular notoʻgʻri deb hisoblashadi. Biroq, uni koʻpchilik terapevtlarning veb-saytlarida topish mumkin. Ushbu diagnostikadagi chek-listlarda koʻrsatilgan yolgʻon gapirish, pushaymon boʻlmaslik yoki shafqatsizlik kabi umumiy elementlar DSM-IV-TR yoki ICD-10 boʻyicha diagnostika mezonlari tarkibiga kirmaydi[32]. Koʻpgina bolalardagi muammolar mezonlarda koʻrsatilmagan boʻlsa ham ularga RAD tashxisi qoʻyiladi. Bogʻliqlik terapiyasida tajovuzkor xulq-atvorga sindrom alomati sifatida eʼtibor beriladi, asosiy nazariyotchilar esa bu xatti-harakatlarni bogʻliklik sindomi bilan birga kechayotgan boshqa ruhiy buzilishlarning alomati deb bilishadi. Shu bilan birga, bogʻliqlik sindromi haqidagi bilimlar boshqa ruhiy buzilishlarning sabablari, qanday kechishi va davolash usullarini belgilashga yordam beradi[33].
The Randolph Attachment Disorder Questionnaire (RADQ) diagnostik chek-listlarning eng mashhurlaridan biri boʻlib, terapevtlar tomonidan koʻp qoʻllanadi[34]. Chek-list 93 ta diskret xatti-harakatni oʻz ichiga oladi, biroq ularning koʻplari boshqa sindromlarning alomatlari bilan mos keladi yoki nazariyada reaktiv bogʻliqlik sindromining belgilari deb tan olinmaydi. Tanqidchilarning taʼkidlashicha, ushbu chek-list rasman tasdiqlanmagan[35] va unda oʻziga xoslik yoʻq[36].
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davolashdagi birinchi qadam bu bola ayni damdagi muhitda qay darajada xavfsiz parvarishlanayotganin aniqlashdir. Shuuningdek, yaxshi muhit yaratish uchun oilaga umumiy psixologik koʻmak koʻrsatish, moddiy yoki maʼnaviy yordam berish, ijtimoiy koʻmak koʻrsatish mumkin. Shu bilan birga, ota-onalarga ruhiy muammolarni bartaraf etish uchun psoxologik muolajalar belgilanishi, farzand parvarishi boʻyicha bilim oshirish talab qilinishi va bolaning oiladagi holati nazoratga olib, kuzatib borilishi ham tavsiya etiladi.
2005-yilda Amerika bolalar va oʻsmirlar psixiatriya akademiyasi RAD diagnostikasi va davolash boʻyicha nashr etilgan parametrlarga asoslanib (NW Boris va CH Zeanah tomonidan ishlab chiqilgan) ayrim koʻrsatmalarni ishlab chiqdi. Koʻrsatmalardagi tavsiyalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- „Reaktiv bogʻliqlik sindromi tashxisi qoʻyilgan va toʻgʻri parvarishdan uzilgan bolalarga emotsional jihatdan mos keluvchi bogʻliqlik namunasini koʻrsatib berish kerak boʻladi.“
- „Reaktiv bogʻliqlik sindromi diagnostikasi bolada mavjud aniq alomatlarga asoslangan boʻlsa-da, davolash usulini tanlashdan avval parvarish qiluvchining bolaga boʻlgan munosabatini va bola haqidagi fikrlarini oʻrganib chiqish muhimdir.“
- „Reaktiv bogʻliqlik sindromi boʻlgan bolalarda boshqalar bilan munosabatga kirishish uchun ichki modellar buzilgan deb taxmin qilinadi. Bolaning xavfsiz va barqaror muhitga joylashishini taʼminlaganidan soʻng, qarovchilar bilan jobiy munosabat oʻrnatish orqali samarali davolash jarayonlarini yoʻlga qoʻyish mumkin.“
- „Reaktiv bogʻliqlik sindromi mezonlariga javob beradigan va tajovuzkor, qarama-qarshi xulaq-atvorga ega boʻlgan bolalarni davolashda qoʻshimcha terapiya talab qilinadi.“
Chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarda bu muammoning oldini olish boʻyicha asosiy dasturlar va davolash yondashuvlari bogʻliqlik nazariyasiga asoslanadi va asosiy eʼtiborni tarbiyachining ziyrakligini oshirishga yoki buning iloji boʻlmasa, bolani boshqa tarbiyachiga topshhirishga qaratadi[37]. Bu yondashuvlar hozirda baholanish jarayonida. Dasturlar doimo bogʻliqlik holatini batafsil tekshirishni oʻz ichiga oladi, chunki bogʻliqlik ikki tomonlama jarayon boʻlib, bunda bolaning xatti-harakatlari va tarbiyachi / qarovchining unga nisbatan reaksiyasi ham kuzatilishi juda muhim. Ushbu davolash yoki profilaktika dasturlarining baʼzilari aynan ota-onalarga emas, balki bola bilan koʻproq birga boʻladigan qarovchilarga moʻljallangan, chunki ijtimoiy bogʻlanishda muammosi bor bolalarga qarovchilar doim ham toʻgʻri va oʻrinli munosabatda boʻla olmaydilar[38]. Davolashdagi yondashuvlarga „Watch, wait and wonder“[39], „Interaction Guidance“[40], „Clinician-Assisted Videofeedback Exposure Sessions (CAVES)“[41], „Preschool Parent Psychotherapy“[42], „Circle of Security“[43][44], „Attachment and Biobehavioral Catch-up“ (ABC)[45], the New Orleans Intervention[46] va ota-ona hamda bola uchun tayinlanadigan boshqa bir qator psixoterapevtik usullarni oʻz ichiga oladi[47]. Developmental, Individual-difference, Stanley Greenspan tomonidan ishlab chiqilgan Relationship-based therapy (DIR) kabi usullar birinchi navbatda keng tarqalgan rivojlanish buzilishlarini davolashga qaratilgan[48].
RADga chalingan srab olingan bolalar yoki bolalikda notoʻgʻri munosabat oʻrnatilgan oʻsmirlarga bu yondashuv qanchalik mos kelishi hali noaniq[49].
Bogʻliqlik terapiyasi (Attachment theraphy)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bogʻliqlik buzilishi, bogʻlanish muammolari va bogʻliqlik terapiyasi atamalari tobora koʻproq qoʻllanilayotgan boʻlsa ham, haligacha aniq, oʻziga xos taʼriflariga ega emas. Biroq, bu atamalar va davolash usullari koʻpincha shafqatsiz munosabatda boʻlingan bolalarga, xususan, homiylik, vasiylik asosida asrab olingan, xalqaro yetimxonalardan olib kelingan bolalarga nisbatan qoʻllanadi[50].
Asosiy dasturlardan tashqari, odatda bogʻliqlik terapiyasi deb nomlanuvchi davolash shakli ham mavjud. Ushbu davolash usulida ICD-10 yoki DSM-IV-TR mezonlaridan yoki normal bogʻlanish xatti-harakatlariga zid boʻlgan alomatlar chek-listidan foydalanadi. Bu chek-listlarga koʻra, sindrom mavjud boʻlgan bolalarda empatiya va pushaymonlik hissi kuzatilmaydi.
Ushbu psevdo-ilmiy davolash usuli „Bogʻliqlik terapiyasi“ deb ataladi. Umuman olganda, ushbu terapiya asrab olingan bolalarda yangi tarbiyachilarga osonroq oʻrganib, bogʻliqlik hosil qilish uchun moʻljallangan. Nazariy asos keng miqyosda regressiya va katarsisning kombinatsiyasi boʻlib, itoatkorlik va nazoratga urgʻu beruvchi tarbiya usullari bilan birga keladi[51]. Davolash va diagnostikaning ushbu shakliga nisbatan jiddiy tanqidlar mavjud, chunki u asosan tasdiqlanmagan va asosiy ilmiy oqimdan tashqarida rivojlangan[52]. Ushbu usulda majburiy boʻlmagan terapevtik vazifalardan tortib jismoniy, zid va majburiy usullarining ekstremal shakllarigacha dalillar bazasi juda kam yoki umuman yoʻq, ulardan eng mashhurlari terapiya, qayta „tugʻilish“, gʻazabni kamaytirish va Evergreen modelidir . Tanqidchilarning taʼkidlashicha, bu terapiyalar bogʻliqlik paradigmasi doirasida emas, potensial abyuziv va bogʻlanish nazariyasiga ziddir. APSAC Taskforce 2006-yilgi hisobotida taʼkidlanishicha, ushbu terapiyaning aksariyati tarbiyachi / qarovchini emas, balki bolani oʻzgartirishga qaratilgan[53]. Sindromli bolalar bu terapiya doirasida „RAD“, „Radkids“ yoki „Radishes“ deb taʼriflanadi va agar ular qoʻshimcha terapiya bilan davolanmasa, bu narsa kelajaklariga jiddiy xavf solishi taʼkidlanadi. AQShning taniqli notijorat tibbiy amaliyot va tibbiy tadqiqot guruhi Mayo Clinic ushbu turdagi terapiya usullarni targʻib qiluvchi terapevtlar bilan maslahatlashishdan qaytaradi; Ushbu amaliyotni targʻib qiluvchilar tomonidan taqdim etiladigan dalillar bazasi nufuzli tibbiy yoki ruhiy salomatlik jurnallarida nashr etilmagan[54].
Prognoz
[tahrir | manbasini tahrirlash]AACAP koʻrsatmalariga koʻra, reaktiv bogʻliqlik sindromi boʻlgan bolalarda boshqalar bilan sogʻlom munosabatga kirishish uchun zarur boʻlgan ichki modellar buzilgan deb taxmin qilinadi. Biroq, RAD bosqichlari yaxshi oʻrganilmagan va vaqt oʻtishi bilan simptomlarni tekshirishga urinishlar ham kam boʻlgan. Mavjud boʻlgan bir nechta davomli tadqiqotlar (maʼlum vaqt davomida yoshga qarab rivojlanish oʻzgarishi bilan shugʻullanadi) faqat yaxshi boshqaruv tizimi boʻlmagan Sharqiy Yevropa muassasalaridagi bolalarni oʻrganishni qamrab oladi.
Sharqiy Yevropa mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, RADning cheklangan shakli ulgʻaygach ham saqlanib qolishi muassasalardan tashqarida meʼyoriy parvarishlash muhitiga qabul qilingan bolalarda juda kam kuzatiladi. Biroq, davomiy ichki izolyatsiya va bogʻliqlik sindromidagi alomatlarining jiddiyligi oʻrtasida yaqin bogʻliqlik mavjud[55]. Bu bolalarning keyingi tarbiyachilar bilan oʻrnatadigan aloqalari ham u qadar yaxshi boʻlmasligi mumkin, biroq ular cheklangan radikal bogʻlikliq sindromi belgilarini koʻrsatishmaydi[56]. Tadqiqotda shuningdek, asrab olingan bolalarning baʼzilari hatto koʻproq meʼyoriy gʻamxoʻrlik muhiti taʼminlanganidan keyin ham toʻlaqonli sogʻlom bogʻliqlik oʻrnatishga qiynalishgan va ularda indiskriminat bogʻliqlik holatlari kuzatilgan. Belgilar yillar davomida saqlanib qolishi mumkin, hatto keyinchalik oʻzlarining yangi gʻamxoʻrlariga yaxshiroq munosabatda boʻlgan bolalar orasida ham. Baʼzilarda giperaktivlik va diqqatni jamlash bilan bogʻliq muammolar, shuningdek, tengdoshlar bilan munosabat oʻrnatishda qiyinchiliklar kuzatiladi[57]. Bolalikda indiskriminat reaktiv bogʻliqlik sindromi boʻlgan oʻsmirlarda tengdoshlari bilan muloqotda muammolar borligi aniqlangan[58].
Muassasalarda tarbiyalangan bolalarni oʻrganish shuni koʻrsatdiki, ular qanday sifatli parvarish qilinmasin, baribir meʼyorga nisbatan ancha befarq va haddan tashqari faol. Tekshiruvlardan birida, muassasada tarbiyalangan baʼzi oʻgʻil bolalar befarq, haddan tashqari faol va oʻzlarining ijtimoiy munosabatlarida sezilarli darajada qobiqqa oʻralgan boʻlsa, muassasalarda tarbiyalangan qizlar bunday holatda emasligi aniqlangan. Bu holatlar reaktiv bogʻliqlikning bir qismi sifatida koʻrib chiqilishi kerakmi yoki yoʻqmi hali aniq emas[59].
1999-yilda chop etilgan, 2006-yil davomida kuzatilgan egizaklar boʻyicha bir amaliy tadqiqot mavjud. Ushbu tadqiqotda 19 dan 36 oygacha boʻlgan egizaklar nazoratga olindi, bu vaqt davomida ular bir nechta harakatlarni koʻrsata olishardi[60]. Tadqiqotda RADning oʻxshashliklari, farqlari va u bilan birga kechadigan boshqa kasalliklar, notoʻgʻri bogʻliqlik va travmadan keyingi stress kabilar oʻrganiladi. Egizaklardan qizaloqda RAD ning cheklangan shakli belgilari, oʻgʻil bolada esa indiskriminat shakl belgilari namoyon boʻldi. Taʼkidlanishicha, RAD oʻrinli parvarish vositasida yaxshilangan, travmadan keyingi stress va tartibsiz bogʻliqlik belgilari chaqaloqlarning joylashishini bir necha marta oʻzgartirgandan soʻng paydo boʻlib, yana oʻtib ketgan. Uch yoshga kelib, baʼzi uzoq muddatli munosabatlar da tartibsizlik kuzatilgan.
Egizaklar uch va sakkiz yoshda boʻlgan vaqtda oʻtkazilgan tadqiqotlar davomida qizda kuzatilgan tartibsiz bogʻliqlik alomatlari nazorat qiluvchi xatti-harakatlarga aylandi — bu yaxshi natija edi. Bola esa, oʻz-oʻzini xavf ostiga qoʻyadigan xatti-harakatlarni koʻrsatdi, ammo bu RAD mezonlari doirasida emas, balki „xavfsiz bazani buzish“ doirasida sodir boʻlayotgandi (bu yerda bolaga tanish boʻlgan tarbiyachi bor, lekin munosabatlar shundayki, bola oʻzi asta-sekin tanishayotgan kattalardan xavfsizlik uchun foydalana olmaydi). Sakkiz yoshda bolalar turli xil mezonlarga koʻra baholandi, shu jumladan bolaning „ichki modellariga“ kirish uchun moʻljallangan tizimlar ham qoʻllandi. Egizaklarning alomatlari turli traektoriyalarni koʻrsatdi. Qizda eksternal belgilari (ayniqsa, yuzaki), hozirgi faoliyatning qarama-qarshi alomatlari, tartibsiz hikoyalar aytish, doʻstlashishdagi muammolar va oʻz qarovchisidan hissiy ajralish kabi holatlar kuzatildi. Bola hali ham oʻz-oʻzini xavf ostiga qoʻyadigan xatti-harakatlarni, shuningdek, munosabatlardan va hissiy ifodalardan qochish, separatsiyadan asabiylashish, impulsivlik va diqqatni jalb qilishda qiyinchiliklarni koʻrsatdi. Hayotiy stresslar har bir bolaga turlicha taʼsir qilgani aniq edi. Qoʻllaniladigan mezonlar erta davrdagi bogʻliqlikning buzilishi keyingi munosabatlar haqidagi taxminlar bilan qanchalik aloqadorligini kuzatishda foyda berishi ham kutigan edi.
Soʻrovnomalardan foydalangan holda oʻtkazilgan bir tadqiqot RAD tashxisi qoʻyilgan uch yoshdan olti yoshgacha boʻlgan bolalar empatiyada past, lekin oʻz-oʻzini nazorat qilishda (boshqalarga „yaxshi koʻrinish“ uchun xulq-atvorini tartibga solish) yuqori ball olganligi aniqladi. Bu farqlar, ayniqsa, ota-onalarning fikrlari asosida aniqlandi va RAD bilan kasallangan bolalar oʻzlarining shaxsiy xususiyatlarini haddan tashqari ijobiy tarzda namoyon qilishga urinishlari mumkinligini taxmin qilindi. Soʻrovnoma natijasida ularda nazorat guruhidagi bolalarga qaraganda ancha koʻproq xulq-atvor muammolar borligi aniqlandi[61].
Epidemiologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Epidemiologik maʼlumotlar cheklangan, ammo reaktiv bogʻliqlik sindromi juda kam uchraydi. RAD tarqalishi noaniq, ammo baʼzi mehribonlik uylari kabi eng ekstremal, ogʻir sharoitlarda tarbiyalangan bolalar orasida u koʻproq kuzatilishi mumkin[20]. RAD haqida tizimli ravishda toʻplangan epidemiologik maʼlumotlar kam. 18 oygacha boʻlgan 211 nafar Kopengagenlik bolalar ishtirokida oʻtkazilgan tadqiqot sindrom tarqalishi 0,9 % ekanligini koʻrsatdi[62].
Bogʻliqlikdagi buzilishlar odatda baʼzi turdagi muassasalarda, birlamchi vasiyning takroriy oʻzgarishi yoki bolaning asosiy bogʻlanish ehtiyojlarini doimiy ravishda eʼtiborsiz qoldiradigan qarovchilar mavjud boʻlgan kontekstlarda yuzaga keladi, lekin hamma bolalar ham reaktiv bogʻliqlikka chalinavermaydi. Bunday sharoitda oʻsgan odamlarda bogʻliqlik buzilishi rivojlanishi mumkin[63]. 1990-yillarning oʻrtalarida Sharqiy Yevropa mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar institutsional bolalarda RADning ikkala shakli ancha yuqori darajada ekanligini koʻrsatdi[64]. Bunday muassasalardagi bolalar oʻz tarbiyachilariga sogʻlom asosda bogʻlana olmaydilar. Muassasadagi bolalar va nazorat guruhidagilar oʻrtasidagi farq uch yil oʻtgach kamaydi. Biroq, hatto muassasadagi eng yomon sharoitida oʻsgan bolalarning koʻpchiligida bu sindrom belgilari kuzatilmagan.
2002-yilda Buxarestdagi bolalar bogʻchalarida DAI metodi qoʻllangan bolalarni oʻrganish davomidagi natijalar DSM va ICD tomonidan taklif qilingan joriy konsepsiyaga qarshi chiqdi va bir bolada cheklangan va cheklanmagan bogʻliqlik sindromi bir vaqtda kuzatilishi mumkinligini koʻrsatdi[65].
AQShda yuqori xavfli va yomon munosabatda boʻlingan bolalarda RAD bilan kasallanish holatlari boʻyicha ikkita tadqiqot mavjud, ikkalasida ham ICD, DSM va DAIdan foydalangan. Birinchisi, 2004-yilda, notoʻgʻri munosabatda boʻlingan bolalar boshqa guruhlardagi bolalarga qaraganda bir yoki bir nechtaga koʻp alomatlarni koʻrsatishlari aniqlandi[66]. Ikkinchi tadqiqot ham 2004-yilda oʻtkazilgan boʻlib, RAD tarqalishini yomon munosabatda boʻlingan bolalarda yoki eʼtibordan chetda qolgan bolalarda koʻproq uchrashini aniqlashga harakat qildi. Vasiylik ostidagi 94 nafar yomon munosabatda boʻlingan bolalarning 35 foizida reaktiv bogʻliqlikning ICD RAD va 22 foizida ICD DAD turlari borligi aniqlangan va 38 foizi RAD uchun DSM mezonlariga javob bergan. Ushbu tadqiqot RADni ishonchli tarzda aniqlash mumkinligini, shuningdek, cheklangan va cheklanmagan shakllar mustaqil emasligini aniqladi. Biroq, ushbu tadqiqotda baʼzi metodologik muammolar mavjud. RAD mezonlariga javob beradigan bolalarning bir qismi, aslida, afzalroq bogʻliqlik modeliga ega edi[67].
Terapiya sohasidagi baʼzi amaliyotchilar RAD aslida juda keng tarqalgan boʻlishi mumkinligini taxmin qilishmoqda, chunki RAD xavfini oshirishi maʼlum boʻlgan bolalarga nisbatan qattiq shafqatsiz munosabat keng tarqalgan va zoʻravonlikka uchragan bolalar RAD alomatlariga oʻxshash xatti-harakatlarni namoyon qilishi mumkin. Ammo, APSAC ishchi guruhi bu xulosani notoʻgʻri va shubhali deb hisoblaydi[68]. Jiddiy zoʻravonlikka uchragan bolalar RAD xulq-atvoriga oʻxshash xatti-harakatlarni koʻrsatishi mumkin, ammo bu muammolarning sabablarini aniqlash va davolash mumkin boʻlgan boshqa tashxislar mavjud[69]. Iroda umumiy va oddiy insoniy xususiyatdir[70]. RAD tarbiyalanuvchilar, asrab oluvchilar yoki shafqatsiz munosabatda boʻlingan bolalarda kuzatilgan xulq-atvor va hissiy muammolarning barchasini yoki hatto koʻpchiligiga ham aloqador boʻlmasligi mumkin. Bolalarga zoʻravonlik qilish yoki eʼtibordan chetda qoldirish RAD ning asosiy omillari emas.
Komorbid vaziyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar kam, ammo RAD paydo boʻlgan bir xil sharoitlarda yuzaga keladigan baʼzi holatlar mavjud, masalan, institutsionalizatsiya yoki yomon muomala. Bular asosan rivojlanishdagi kechikishlar va beparvolik bilan bogʻliq nutq kasalliklariga olib keladi. Xulq-atvorning buzilishi, deviantlik, tahlika, travmadan keyingi stress va ijtimoiy fobiya alomatlarikoʻpincha RAD bilan birga keladi. Muassasaga joylashtirilgan bolalardagi bogʻliqlik muammolari diqqat va xulq-atvor masalalari hamada kognitiv darajalar bilan bogʻliq.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Reaktiv bogʻliqlik sindromi birinchi marta 1980-yilda DSM-III da psixologik kasalliklarning standart nosologiyalarida, muassasalarga, mehribonlik uylariga joylashtirilgan bolalar haqida dalillar toʻplanganidan keyin paydo boʻldi. Mezon kasallik 8 oylikdan boshlanishi va rivojlanishdan ortda qolish belgilari mavjud boʻlishini koʻrsatar edi. Bu ikkala xususiyat 1987-yilda DSM-III-R dan olib tashlangan. Buning oʻrniga, sindrom hayotning dastlabki 5 yilida paydo boʻlishi va kasallikning oʻzi ikki kichik toifaga: cheklangan va cheklanmagan turlarga boʻlinishi tasdiqlangan. Ushbu oʻzgarishlar shafqatsiz munosabatda boʻlingan va institutsional bolalar orasida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida yuzaga keldi va joriy versiyada, xususan, DSM-IV, 1994-yil va uning 2000-yilgi tahririda, DSM-IV-TRda, shuningdek, ICD-10 da saqlanib qolgan. Ikkala nosologiyada ham nafaqat kasalliklar xavfi yuqori boʻlgan, balki allaqachon klinik alomatlar koʻrina boshlagan yosh bolalarga diqqat qaratilgan.
RADning joriy versiyalari uchun keng nazariy asos 1940-yillardan 1980-yillarga qadar John Bowlby, Mary Ainswoth va Rene Spitz tomonidan olib borilgan ishlarga asoslangan „attachment theory“ nazariyasidir. Bu nazariya yosh bolalarga xos ijtimoiy xatti-harakatlarni tushuntirish uchun psixologik, etologik va evolyutsion tushunchalardan foydalanadigan asos hisoblanadi. „Attachment theory“ (Bogʻlanish nazariyasi) chaqaloqlar yoki bolalarning tashvishli yoki qaygʻuli vaziyatlarda maʼlum bir biriktiruvchi shaxsga (tanish tarbiyachiga) yaqin boʻlishga intilishlariga qaratilgan[71]. Keyinchalik, bola tarbiyachidan atrof-muhitni oʻrganish uchun xavfsizlik asosi sifatida foydalanishni boshlaydi, vaqti-vaqti bilan tanish odamga qaytib keladi. Bogʻliqlik gʻamxoʻrlik va/yoki mehr bilan bir xil narsa emas, garchi ular koʻpincha oʻzaro aloqador boʻlsa ham. Bogʻliqlik xulq-atvori odatda olti oylikdan uch yoshgacha rivojlanadi. Chaqaloqlar oʻzlari bilan ijtimoiy munosabatlarda ziyrak va eʼtiborli boʻlgan hamda bir muncha vaqt doimiy gʻamxoʻrlik qiluvchi kattalarga bogʻlanib qoladilar[72]. Gʻamxoʻrlik qiluvchining reaksiyalari bogʻliqlik shakllarining rivojlanishiga olib keladi, bu esa oʻz navbatida keyingi munosabatlarda shaxsning his-tuygʻulari, fikrlari va umidlarini boshqaradigan ichki modellarni shakllantiradi[73]. Reaktiv bogʻliqlik sindromi diagnostikasi uchun bolaning kasallik tarixi va atipik ijtimoiy xulq-atvorida belgilangan bogʻliqlik shakllanmagan boʻlishi lozim.
Diskriminatsion yoki tanlab aloqaga kirishishning patologik jihatdan mavjud emasligi uslublar yoki qoliplar deb nomlanuvchi odatiy yoki biroz atipik xatti-harakatlar namunalari mavjudligidan farqlanishi kerak. Rivojlanayotgan bogʻliqlik sindromi tadqiqotida aniqlangan va qoʻllanadigan toʻrtta biriktirma uslubi mavjud. Bular xavfsiz, tashvishli-ambivalent, tashvishli-qoʻzgʻaluvchan va tartibsiz deb nomlanadi. Ular Strange Situation Procedure mezoni yordamida baholanadi.
Xavfsiz shaklda bogʻliqlik hosil qilgan kichkintoy tarbiyachi hozir boʻlganda uni erkin kuzatadi, begonalar bilan muloqot qiladi, qarovchi uzoqlashganda sezilarli darajada xafa boʻladi va uning qaytib kelishidan xursand boʻladi. Xavotirli-ambivalent kichkintoy atrofni xavotir bilan kuzatadi, tarbiyachi ketganida nihoyatda xafa boʻladi, lekin tarbiyachi qaytib kelganida ikkilanib turadi. Tashvishli-qoʻzgʻaluvchan bola koʻp narsalarni kuzatmaydi, ota-onasidan qochadi yoki ularga eʼtibor bermaydi — ota-onasi ketganida yoki qaytib kelganida his-tuygʻularni kamroq namoyon qiladi va begonalarga nisbatan qarovchilariga koʻrsatganidek bir xil reaksiyalarni koʻrsatadi. Tartibsiz/orientatsiyalangan bolada oʻzini tutish uchun izchil uslub yoki qolip yoʻqligini koʻrsatadi. Dalillar shuni koʻrsatadiki, bunday holat gʻamxoʻrlik qiluvchi shaxsning oʻzi ham qoʻrquv obyekti boʻlganida sodir boʻladi va shu bilan bolani yondashish va qochish bilan bogʻliq holda mujmal vaziyatga solib qoʻyadi. Qarovchi bilan uchrashganda, bu bolalar dovdirab yoki qoʻrqib ketgandek koʻrinishi mumkin, oʻz joylarida qotib qolishlari, boshini keskin burib olishlari yoki shaxsdan qoʻrqishni anglatuvchi boshqa xatti-harakatlarni koʻrsatishlari mumkin. Bu bogʻliqlik strategiyasining parchalanganini anglatadi va his-tuygʻularni tartibga solish qobiliyatiga taʼsir qiladi[74].
Uslublar ichida hissiy bezovtalikka olib kelishi va keyingi psixopatologiyalar xavfini oshirishi mumkin boʻlgan keng qamrovli bogʻliqlik muammolari mavjud boʻlsa-da, ularning hech biri oʻz-oʻzidan toʻlaqonli sindromni tashkil etmaydi va hech biri RAD mezonlariga aynan mos kelmaydi. Klinik maʼnoda sindrom — keyingi buzilishlar uchun xavf omili emas, balki davolanishni talab qiladigan holat deb qaraladi. Reaktiv bogʻliqlik sindromi normal bogʻliqlikka xos xulq-atvorning yetishmasligini anglatadi. Bunday munosabat atipik bogʻliqlik uslubiga ega boʻlgan bolalarning ijtimoiy xulq-atvorining oʻziga xos xususiyati sifatida mavjud. DSM-IV ham, ICD-10 ham sindromni bu kabi xulq-atvor va belgilarga koʻproq eʼtibor qaratish oʻrniga, ijtimoiy aberrant xatti-harakatlar nuqtai nazaridan tasvirlaydi. DSM-IV turli xil munosabatlardagi ijtimoiy oʻzaro aloqalarni boshlamaslik yoki ularga javob bermaslik alomatlariga urgʻu beradi. ICD-10 xuddi shunday ijtimoiy vaziyatlarda tarqaladigan qarama-qarshi yoki noaniq ijtimoiy reaksiyalarni tavsiflaydi[75]. Strange Situation usuli va RADdagi bogʻliqlik shakllari oʻrtasidagi aloqadorlik bor yoki yoʻqligi hali toʻla aniq emas[76].
„Bogʻliqlik sindromi“ atamasining aniq maʼnosi haqida konsensus yoʻq[77]. Bu atama tez-tez reaktiv bogʻliqlik sindromiga muqobil sifatida ham, ICD va DSM tasniflari chegaralaridan tashqaridagi boshqa muammolar muhokamasida ham qoʻllanadi. Shuningdek, u reaktiv bogʻliklik sindromiga oid bogʻliqlik terapiyasi sohasida ICD yoki DSM mezonlariga kirmaydigan yoki bogʻliqlik uslublariga bevosita bogʻliq boʻlmagan bir qator muammoli xatti-harakatlarni tavsiflash uchun ishlatiladi[78].
Tadqiqot
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yillarning oxiridagi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, DSM yoki ICD tomonidan tasniflanmagan bogʻliqlik muammolari mavjud boʻlib, ular RADni patogen yordam koʻrsatmasdan ishonchli tashxislash mumkinligini koʻrsatdi. Bu esa RADning hozirgi taʼrifiga oid baʼzi kontseptual qiyinchiliklarni yuzaga chiqardi[79]. 2004-yilda nashr etilgan tadqiqot ishlari shuni koʻrsatdiki, cheklanmagan shakl bolaning doimiy gʻamxoʻrlariga nisbatan boʻlgan izchil bogʻliqlik belgilari (har qanday uslubda) bilan birga davom etishi mumkin.
Baʼzi mualliflar RADdan tortib, turli bogʻlanish muammolarigacha boʻlgan kengroq taʼriflarni taklif qildilar. Hozircha bu masala boʻyicha konsensus yoʻq, ammo CH Zeanah va N. Boris tomonidan sindromning uchta toifasini oʻz ichiga olgan yangi amaliyot parametrlari toʻplami taklif qilingan. Ulardan birinchisi, bogʻliqlikning buzilishi boʻlib, unda yosh bolada katta yoshli qarovchi boʻlmaydi. Taklif etilayotgan tartibsiz ulanish toifasi DSM va ICD da belgilanganidek, cheklangan va cheklanmagan shakllarida RADga parallel hisoblanadi. Ikkinchi toifa — xavfsiz tayanch buzilishi, bunda bolaning tanish qarovchisi bor, lekin munosabatlar shunday boʻladiki, bola atrof-muhitni asta-sekin oʻrganayotgan paytida xavfsizlik uchun qarovchining yordamidan foydalana olmaydi. Bunday bolalar oʻzlarini xavf ostiga qoʻyishlari, kattalarga yopishib olishlari, haddan tashqari itoatkor boʻlishlari yoki jazolanishdan qoʻrqib, rollarni oʻzgartirishi mumkin. Uchinchi tur — bu uzilgan bogʻliqlik. Bu oʻrazo aloqa oʻrnatilgan tanish vasiyning keskin zuoqlashishi yoki yoʻqolishi natijasida yuzaga keladi[80]. Ushbu turkumlash shakli joriy DSM-IV-TR tasnifiga qaraganda koʻproq klinik aniqlikni namoyish qilishi mumkin, ammo shunda ham qoʻshimcha tadqiqotlar talab etiladi. Daniel Schechter va Erica Willheim ona tomonidan koʻrsatilgan zoʻravonlik bilan bogʻliq boʻlgan travmadan keyingi stress va xavfsiz asosga putur yetishi (yuqoriga qarang) oʻrtasidagi aloqadorlikni koʻrsatdilar, bu bolaning ehtiyotsizligi, separatsiyadan tahlikaga tushish, giperhushyorlik va rolni doimiy oʻzgartirish belgilari bilan tavsiflangan edi[81].
Baʼzi tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, RAD sinromining cheklangan shaklidagi alomatlar va aniqlangan bogʻliqlik modeli / namunasi mavjud boʻlgan tartibsiz bogʻliqlik aspektlari oʻrtasida sezilarli oʻxshashlik boʻlishi mumkin.
RADni bolaning shaxsiyatining buzilishi yoki bola va boshqa shaxs oʻrtasidagi munosabatlarning buzilishi deb hisoblash kerakmi degan savol tugʻiladi. Taʼkidlanganidek, bogʻliqlikning buzilishi oʻz tabiatiga koʻra munosabatlarning buzilishida aks etgani sababli, ular yakka bir odamga oid nozologiyalarga mos kelmaydi[82]. C. H. Zeanah tadqiqoti shuni koʻrsatadiki, atipik bogʻlanish bilan bogʻliq xatti-harakatlar bir tarbiyachi bilan sodir boʻlishi mumkin, ammo boshqasida ham takrorlanishi noaniq. Bu bogʻliqlik uslublarini tavsiflovchi vaziyatlarda aks etadi. Bunda maʼlum bir ota-onaning qoʻrqib ketgan holatdagi yuz ifodasi stragnge Situation protsedurasi paytida tartibsiz/disorientatsion bogʻlanish xatti-harakatiga sabab boʻlishi mumkin[83].
DSM-V loyihasi RADni ikkita kasallik turiga boʻlishni taklif qiladi: RAD ning hozirgi cheklangan shakli uchun reaktiv bogʻlanish sindromi va RAD ning cheklanmagan shakli uchun cheklanmagan ijtimoiy kelishuv sindromi[84].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ DSM-IV-TR (2000) American Psychiatric Association p. 129.
- ↑ Prior & Glaser (2006), pp. 218-219.
- ↑ Boris, Neil W.; Zeanah, Charles H.; Work Group on Quality Issues (November 2005). "Practice parameter for the assessment and treatment of children and adolescents with reactive attachment disorder of infancy and early childhood". Journal of the American Academy of Child and Adolescent Psychiatry 44 (11): 1206–19. doi:10.1097/01.chi.0000177056.41655.ce. PMID 16239871. http://www.jaacap.com/article/S0890-8567(09)62229-2/fulltext.
- ↑ Prior & Glaser (2006), p. 228.
- ↑ "Attachment disorders: assessment strategies and treatment approaches". Attach Hum Dev 5 (3): 223–44. 2003. doi:10.1080/14616730310001593974. PMID 12944216.
- ↑ Prior & Glaser (2006), p. 231.
- ↑ OʻConnor TG, Nilsen WJ (2005). „Models versus Metaphors in Translating Attachment Theory to the Clinic and Community“. In Berlin LJ, Ziv Y, Amaya-Jackson L and Greenberg MT (eds.). Enhancing Early Attachments: Theory, Research, Intervention, and Policy. pp. 313-26. The Guilford Press. Duke series in Child Development and Public Policy. ISBN 1-59385-470-6.
- ↑ Sadock, BJ. Kaplan & Sadock's Concise Textbook of Clinical Psychiatry. Philadelphia: Lippincott Williams and Wilkins, 2004 — 570–72-bet. ISBN 978-0-7817-5033-2.
- ↑ Chaffin et al. (2006), p. 80. The APSAC Taskforce Report
- ↑ Rutter M (2002). "Nature, nurture, and development: from evangelism through science toward policy and practice". Child Dev 73 (1): 1–21. doi:10.1111/1467-8624.00388. PMID 14717240.
- ↑ RICHTERS, MARGOT MOSER; VOLKMAR, FRED R. (1 March 1994). "Reactive Attachment Disorder of Infancy or Early Childhood". Journal of the American Academy of Child & Adolescent Psychiatry 33 (3): 328–332. doi:10.1097/00004583-199403000-00005. PMID 7513324.
- ↑ Crittenden PM (1992). "Quality of attachment in the preschool years". Development and Psychopathology 4 (2): 209–41. doi:10.1017/S0954579400000110. https://archive.org/details/sim_development-and-psychopathology_1992_4_2/page/209.
- ↑ National Institute of Child Health and Human Development, D (1996). "Characteristics of infant child care: Factors contributing to positive caregiving". Early Childhood Research Quarterly 11 (3): 269–306(38). doi:10.1016/S0885-2006(96)90009-5. https://zenodo.org/record/1260095.
- ↑ Waters E, Deane K (1985). „Defining and assessing individual differences in attachment relationships: Q-methodology and the organization of behavior in infancy and early childhood“. In Bretherton I and Waters E (Eds.) Growing pains of attachment theory and research: Monographs of the Society for Research in Child Development 50, Serial No. 209 (1-2), pp. 41-65.
- ↑ "Clinical applications of a parent perception interview in infant mental health". Child and Adolescent Psychiatric Clinics of North America 43 (3): 539–554. 1995. doi:10.1016/S1056-4993(18)30418-8.
- ↑ Smyke A, Zeanah CH (1999). „Disturbances of Attachment Interview“. Available on the Journal of the American Academy of Child and Adolescent Psychiatry website at www.jaacap.com via Article plus. Retrieved on 3 March 2008.
- ↑ Mercer (2006), pp. 104-05.
- ↑ Prior & Glaser (2006), p. 218.
- ↑ "Relationship between behavioral reactivity at 4 months and attachment classification at 14 months in a selected sample". Infant Behavior and Development 28 (4): 492–502. 2005. doi:10.1016/j.infbeh.2005.06.002.
- ↑ 20,0 20,1 Prior & Glaser (2006), p. 219.
- ↑ "Temperament and attachment disorders". J Clin Child Adolesc Psychol 33 (1): 32–41. 2004. doi:10.1207/S15374424JCCP3301_4. PMID 15028539. https://archive.org/details/sim_journal-of-clinical-child-and-adolescent-psychology_2004-03_33_1/page/32.
- ↑ "Reactive attachment disorder in maltreated twins follow-up: from 18 months to 8 years". Attach Hum Dev 8 (1): 63–86. 2006. doi:10.1080/14616730600585177. PMID 16581624.
- ↑ Mercer (2006), p. 116.
- ↑ Diagnostic and Statistical Manual of Mental Disorders: Text Revision. American Psychiatric Association, 2000 — 943-bet. ISBN 978-0-89042-025-6.
- ↑ American Psychiatric Association „Diagnostic criteria for 313.89 Reactive attachment disorder of infancy or early childhood“, . Diagnostic and Statistical Manual of Mental Disorders, 4th ed., text revision (DSM-IV-TR), United States: AMERICAN PSYCHIATRIC PRESS INC (DC), 2000. ISBN 978-0-89042-025-6.
- ↑ Prior & Glaser (2006), pp. 220-21.
- ↑ "Reactive Attachment Disorder in Maltreated Toddlers". Child Abuse & Neglect 28 (8): 877–88. August 2004. doi:10.1016/j.chiabu.2004.01.010. PMID 15350771. https://archive.org/details/sim_child-abuse-neglect_2004-08_28_8/page/877.
- ↑ World Health Organisation (1992) International Statistical Classification of Diseases and Related Health Problems, Tenth Revision (ICD-10). Geneva: World health Organization.
- ↑ Zilberstein K (2006). "Clarifying core characteristics of attachment disorders". American Journal of Orthopsychiatry 76 (1): 55–64. doi:10.1037/0002-9432.76.1.55. PMID 16569127. https://semanticscholar.org/paper/780eac13f4a6445fb22692d1d59ce8f552cae92e.
- ↑ Proposed Revision Reactive Attachment Disorder, American Psychiatric Association (2012). Retrieved from http://www.dsm5.org/ProposedRevisions/Pages/proposedrevision.aspx?rid=120
- ↑ "Reactive Attachment Disorder: what we know about the disorder and implications for treatment". Child Maltreat 5 (2): 137–45. 2000. doi:10.1177/1077559500005002005. PMID 11232086. https://semanticscholar.org/paper/2defdf01d95c8edf2320d5e3b44f8e946b20e18a.
- ↑ Chaffin et al. (2006), pp. 82-83. The APSAC Taskforce Report
- ↑ "Attachment and externalizing disorders: a developmental psychopathology perspective". J Am Acad Child Adolesc Psychiatry 45 (4): 440–51. 2006. doi:10.1097/01.chi.0000196422.42599.63. PMID 16601649.
- ↑ Randolph, Elizabeth Marie. (1996). Randolph Attachment Disorder Questionnaire. Institute for Attachment, Evergreen CO.
- ↑ Mercer J (2005). "Coercive restraint therapies: a dangerous alternative mental health intervention". MedGenMed 7 (3): 6. PMID 16369232. PMC 1681667. http://www.medscape.com/viewarticle/508956.
- ↑ "Correlates of the Randolph Attachment Disorder Questionnaire (RADQ) in a Sample of Children in Foster Placement". Child and Adolescent Social Work Journal 22 (1): 71–84. 2005. doi:10.1007/s10560-005-2556-2. https://archive.org/details/sim_child-adolescent-social-work-journal_2005-02_22_1/page/71. "The findings showed that children in foster care have reported symptoms within the range typical of children not involved in foster care. The conclusion is that the RADQ has limited usefulness due to its lack of specificity with implications for treatment of children in foster care"
- ↑ "Less Is More: Meta-Analyses of Sensitivity and Attachment Interventions in Early Childhood". Psychological Bulletin 129 (2): 195–215. 2003. doi:10.1037/0033-2909.129.2.195. PMID 12696839. http://www.childandfamilystudies.leidenuniv.nl/content_docs/agp/Publicaties/baketal03pb.pdf. Qaraldi: 2 February 2008.Reaktiv bogʻliqlik sindromi]]
- ↑ "The development of attachment in new relationships: single subject analyses for 10 foster infants". Dev. Psychopathol. 12 (2): 133–56. 2000. doi:10.1017/S0954579400002029. PMID 10847621. https://archive.org/details/sim_development-and-psychopathology_spring-2000_12_2/page/133.
- ↑ "Watch, wait and wonder: testing the effectiveness of a new approach to mother-infant psychotherapy". Infant Mental Health Journal 20 (4): 429–51. 1999. doi:10.1002/(SICI)1097-0355(199924)20:4<429::AID-IMHJ5>3.0.CO;2-Q. https://archive.org/details/sim_infant-mental-health-journal_winter-1999_20_4/page/429.
- ↑ "Atypical maternal behaviour toward feeding disordered infants before and after intervention". Infant Mental Health Journal 22 (6): 611–26. 2002. doi:10.1002/imhj.1022.
- ↑ "Traumatized mothers can change their minds about their toddlers: Understanding how a novel use of videofeedback supports positive change of maternal attributions". Infant Mental Health Journal 27 (5): 429–447. September 2006. doi:10.1002/imhj.20101. PMID 18007960. PMC 2078524. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2078524.
- ↑ Toth, S; Maughan A; Manly J; Spagnola M; Cicchetti D (2002). "The relative efficacy of two in altering maltreated preschool children's representational models: implications for attachment theory". Development and Psychopathology 14 (4): 877–908. doi:10.1017/S095457940200411X. PMID 12549708. https://semanticscholar.org/paper/c6b275fdb79baa88d3536185a6e2684de4b279bb.
- ↑ "The Circle of Security project: Attachment-based intervention with caregiver – pre-school child dyads". Attachment & Human Development 4 (1): 107–24. April 2002. doi:10.1080/14616730252982491. PMID 12065033. Archived from the original on 2008-02-27. https://web.archive.org/web/20080227161855/http://www.circleofsecurity.org/docs/languages/08%20AHD%20final.pdf. Qaraldi: 2 February 2008.Reaktiv bogʻliqlik sindromi]]
- ↑ Cooper G, Hoffman K, Powell B and Marvin R (2005). „The Circle of Security Intervention; differential diagnosis and differential treatment“. In Berlin LJ, Ziv Y, Amaya-Jackson L and Greenberg MT (eds.) Enhancing Early Attachments: Theory, research, intervention, and policy. pp. 127-51. The Guilford Press. Duke series in Child Development and Public Policy. (2005) ISBN 1-59385-470-6.
- ↑ Dozier M, Lindheim O and Ackerman JP (2005) „Attachment and Biobehavioral Catch-Up: An intervention targeting empirically identified needs of foster infants“. In Berlin LJ, Ziv Y, Amaya-Jackson L and Greenberg MT (Eds.) Enhancing Early Attachments: Theory, research, intervention, and policy pp. 178-94. Guilford Press. Duke series in Child Development and Public Policy. (2005) ISBN 1-59385-470-6 (pbk)
- ↑ "Intensive intervention for maltreated infants and toddlers in foster care". Child Adolesc Psychiatr Clin N Am 7 (2): 357–71. 1998. doi:10.1016/S1056-4993(18)30246-3. PMID 9894069.
- ↑ Lieberman AF, Silverman R, Pawl JH (2000). „Infant-parent psychotherapy“. In Zeanah CH (Ed.) Handbook of infant mental health (2nd ed.) p. 432. New York: Guilford Press. ISBN 1-59385-171-5
- ↑ „Dir/floortime model“. Interdisciplinary Council on Developmental & Learning Disorders (2007). 2008-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-fevral.
- ↑ "Recent advances in the theories of and interventions with attachment disorders". Current Opinion in Psychiatry 20 (4): 343–8. 2007. doi:10.1097/YCO.0b013e3281bc0d08. PMID 17551348.
- ↑ Chaffin, Mark; Hanson, Rochelle; Saunders, Benjamin E.; Nichols, Todd; Barnett, Douglas; Zeanah, Charles; Berliner, Lucy; Egeland, Byron et al. (1 February 2006). "Report of the APSAC Task Force on Attachment Therapy, Reactive Attachment Disorder, and Attachment Problems" (en). Child Maltreatment 11 (1): 76–89. doi:10.1177/1077559505283699. ISSN 1077-5595. PMID 16382093. https://semanticscholar.org/paper/3ef163116980d77cb4a3f8870df40d169758b05f.
- ↑ Chaffin et al. (2006), pp. 79-80. The APSAC Taskforce Report.
- ↑ Chaffin et al. (2006), p. 85. The APSAC Taskforce Report
- ↑ Chaffin et al. (2006), p. 79. The APSAC Taskforce Report.
- ↑ „Treatments and drugs“. Mayo Clinic Staff.
- ↑ "Attachment disorder behavior following early severe deprivation: extension and longitudinal follow-up. English and Romanian Adoptees Study Team". J Am Acad Child Adolesc Psychiatry 39 (6): 703–12. 2000. doi:10.1097/00004583-200006000-00008. PMID 10846304.
- ↑ "Child-parent attachment following early institutional deprivation". Dev. Psychopathol. 15 (1): 19–38. 2003. doi:10.1017/S0954579403000026. PMID 12848433. https://archive.org/details/sim_development-and-psychopathology_winter-2003_15_1/page/19.
- ↑ O'Connor TG, Bredenkamp D, Rutter M, & The English and Romanian Adoptees (ERA) Study Team (1999). "Attachment disturbances and disorders in children exposed to early severe deprivation". Infant Mental Health Journal 20: 10–29. doi:10.1002/(SICI)1097-0355(199921)20:1<10::AID-IMHJ2>3.0.CO;2-S. https://archive.org/details/sim_infant-mental-health-journal_spring-1999_20_1/page/10.
- ↑ "Social and family relationships of ex-institutional adolescents". J Child Psychol Psychiatry 30 (1): 77–97. 1989. doi:10.1111/j.1469-7610.1989.tb00770.x. PMID 2925822. https://archive.org/details/sim_journal-of-child-psychology-and-psychiatry-and-allied-disciplines_1989-01_30_1/page/77.
- ↑ "Institutional care: Associations between overactivity and lack of selectivity in social relationships". Journal of Child Psychology and Psychiatry 45 (4): 866–73. 2004. doi:10.1111/j.1469-7610.2004.00278.x. PMID 15056316. https://archive.org/details/sim_journal-of-child-psychology-and-psychiatry_2004-05_45_4/page/866.
- ↑ Hinshaw-Fuselier, Sarah; Boris, Neil W.; Zeanah, Charles H. (1999). "Reactive attachment disorder in maltreated twins". Infant Mental Health Journal 20 (1): 42–59. doi:10.1002/(SICI)1097-0355(199921)20:1<42::AID-IMHJ4>3.0.CO;2-B. https://archive.org/details/sim_infant-mental-health-journal_spring-1999_20_1/page/42.
- ↑ "Behavioral and personality characteristics of children with reactive attachment disorder". J Psychol 137 (2): 145–62. 2003. doi:10.1080/00223980309600605. PMID 12735525. https://archive.org/details/sim_journal-of-psychology_2003-03_137_2/page/145.
- ↑ "The prevalence of mental health problems in children 1½ years of age – the Copenhagen Child Cohort 2000". J Child Psychol Psychiatry 48 (1): 62–70. 2007. doi:10.1111/j.1469-7610.2006.01659.x. PMID 17244271.
- ↑ Prior & Glaser (2006), pp. 218-19.
- ↑ Chisholm, K; Carter, M; Ames, E; Morison, S (1995). "Attachment Security and indiscriminately friendly behavior in children adopted from Romanian orphanages". Development and Psychopathology 7 (2): 283–94. doi:10.1017/S0954579400006507. http://summit.sfu.ca/item/6999.
- ↑ "Attachment disturbances in young children. I: The continuum of caretaking casualty". J Am Acad Child Adolesc Psychiatry 41 (8): 972–82. 2002. doi:10.1097/00004583-200208000-00016. PMID 12162633. https://semanticscholar.org/paper/68062c46e37ff5c1cc5c1cf5e9edfab6256be26e.
- ↑ "Comparing criteria for attachment disorders: establishing reliability and validity in high-risk samples". J Am Acad Child Adolesc Psychiatry 43 (5): 568–77. 2004. doi:10.1097/00004583-200405000-00010. PMID 15100563.
- ↑ Prior & Glaser (2006), p. 215.
- ↑ Chaffin et al. (2006), p. 81. The APSAC Taskforce Report
- ↑ DSM-IV American Psychiatric Association 1994, as discussed in Chaffin et al. (2006), p. 81.
- ↑ Bonanno GA (2004). "Loss, trauma, and human resilience: Have we underestimated the human capacity to thrive after extremely aversive events?". American Psychologist 59 (1): 20–28. doi:10.1037/0003-066X.59.1.20. PMID 14736317. http://www.nh.gov/safety/divisions/bem/behavhealth/documents/loss_trauma.pdf. Qaraldi: 26 January 2008.Reaktiv bogʻliqlik sindromi]]
- ↑ Bowlby [1969] (1997 edition) pp. 224-27.
- ↑ Bowlby [1969] (1997 edition) pp. 313-17.
- ↑ Bretherton I, Munholland KA (1999). „Internal Working Models in Attachment Relationships: A Construct Revisited“. In Cassidy J and Shaver PR (eds.) Handbook of Attachment: Theory, Research and Clinical Applications. pp. 89-111. Guilford Press ISBN 1-57230-087-6.
- ↑ "Attachment disorders and disorganized attachment: Similar and different". Attachment & Human Development 5 (3): 313–20(8). September 2003. doi:10.1080/14616730310001593938. PMID 12944229.
- ↑ Zeanah CH (1996). "Beyond insecurity: a reconceptualization of attachment disorders of infancy". J Consult Clin Psychol 64 (1): 42–52. doi:10.1037/0022-006X.64.1.42. PMID 8907083. https://archive.org/details/sim_journal-of-consulting-and-clinical-psychology_1996-02_64_1/page/42.
- ↑ OʻConnor TG (2002), „Attachment disorders in infancy and childhood“. In Rutter M, Taylor E, (Eds.) Child and Adolescent Psychiatry: Modern Approaches (4th ed.) Blackwell Scientific publications. pp. 776-792. ISBN 0-632-01229-3
- ↑ Chaffin et al. (2006), p. 77. The APSAC Taskforce Report
- ↑ Chaffin et al. (2006), p. 82-83. The APSAC Taskforce Report
- ↑ "Attachment disorders in infancy and early childhood: a preliminary investigation of diagnostic criteria". Am J Psychiatry 155 (2): 295–97. 1 February 1998. doi:10.1176/ajp.155.2.295. PMID 9464217. http://ajp.psychiatryonline.org/cgi/pmidlookup?view=long&pmid=9464217. Qaraldi: 31 January 2008.Reaktiv bogʻliqlik sindromi]]
- ↑ "Disturbance and disorders of attachment in infancy: An overview". Infant Mental Health Journal 20: 1–9. 1999. doi:10.1002/(SICI)1097-0355(199921)20:1<1::AID-IMHJ1>3.0.CO;2-V. https://archive.org/details/sim_infant-mental-health-journal_spring-1999_20_1/page/1.
- ↑ Schechter DS, Willheim E (2009). Disturbances of attachment and parental psychopathology in early childhood. Infant and Early Childhood Mental Health Issue. Child and Adolescent Psychiatry Clinics of North America, 18(3), 665-687.
- ↑ Greenberg MT (1999). Attachment and Psychopathology in Childhood. In Cassidy J and Shaver PR (Eds.) Handbook of Attachment: Theory, Research and Clinical Applications. pp. 469-96. Guilford Press ISBN 1-57230-087-6
- ↑ Main M, Hesse E (1990) „Parents' unresolved traumatic experiences are related to infants' insecure-disorganized/disoriented attachment status: Is frightened or frightening behavior the linking mechanism?“ In Greenberg M, Cicchetti D and Cummings E (Eds.) Attachment in the preschool years: Theory, research and intervention, pp. 161-182 Chicago: University of Chicago Press. ISBN 0-226-30630-5.
- ↑ DSM-V Proposed Draft. Reactive attachment disorder. American Psychiatric Association. Charles H. Zeanah.