Prokopyevsk
Qiyofa
Prokopyevsk — Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatidagi shahar (1931-yildan). Temir yoʻl stan-siyasi. Axrlisi 243,5 ming kishi (1998). Kuzbassning kokslanuvchi kumir qazib olish markazi (16 kumir shaxtasi va razrezi bor). Yirik mashinasozlik markazi ("Elektromashina", shaxta avtomatikasi, podshipnik, mexanika, oziqovqat mashinasozligi). Tramvay-trolleybus taʼmirlash zavodlari mavjud. Yengil va oziq-ovqat, kimyo, qurilish materiallari sanoat korxonalari ishlab turibdi. Kumir sanoati ilmiy tadqiqot insti-tutlari, Sibir metallurgiya institutining kechki fakulteti, drama teatri, ulkashunoslik muzeyi bor. Shaharga 1918-yilda asos solingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |