Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston — Shimoliy Koreya munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻzbekiston — KXDR aloqalari. 1994-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi bilan KXDR oʻrtasida iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikka oid huquqiy negizni yaratish sohasidagi ish davom etyapti. 1995-yilda oʻzbek va koreys tomonlari „Havo qatnovi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim“ va „Qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik haqida bitim“ deb atalgan hujjatlarni kelishib oldilar.

Ikki mamlakat oʻrtasida savdo-sotiq yoʻlga qoʻyila boshladi. Tovar aylanmasi 1998-yil dagi 2,3 mln. AQSH dollaridan 1999-yilda 6,7 mln. dollarga yetdi. Oʻzbekiston Respublikasida KXDR sarmoyasi ishtirokida 2 ta shoʻʼba korxona va 2 ta qoʻshma korxona roʻyxatga olingan. Chunonchi, „Rinrado“, „K. U. Rinrado“, „Choson-Sik-reksul“ va „Safar“ korxonalari xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish, xarid qilish va sotish bilan shugʻullanadi.