Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston — Belgiya munosabatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Belgiya–Oʻzbekiston munosabatlari
Andoza:Bayroqikon/Belgiya
Oʻzbekiston

Oʻzbekiston — Belgiya munosabatlari — 1993 i. Belgiya poytaxti Bryussel sh.da UzR elchixonasi ochilgach, ikkala mamlakat urtasidagi rasmiy munosabatlar amaliy asosga oʻtkazildi. 1996 y. iyunda Belgiya delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻldi. Delegatsiya aʼzolarining Oʻzbekiston rahbarlari bilan uchrashuvlari vaqtida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Oʻzbekiston va Belgiya ishbilarmonlari vakillarining biznes seminari ham boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 1996 y. 12—14 poyaBelgiya da Belgiya qirolligiga qilgan rasmiy tashrifidan soʻng ikkala mamlakat urtasidagi munosabatlar yangi pogʻonaga koʻtarildi. Tashrif davomida Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Belgiyaning "Jeneral" banki oʻrtasida kredit bitami imzolandi. UzR Prezidenta bilan Belgiya bosh vaziri oʻrtasida imzolangan qoʻshma siyosiy Deklaratsiyada ikkala davlat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun xuquqiy iyegiz yaratildi. Oʻzbekiston bilan Belgiya qirolligi urtasidagi muzoqaralar yakunida ikkiyoqlama soliq toʻlamaslik va daromad hamda sarmoyalarga soliq tulashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida konvensiya, shuningdek havo yoʻli toʻfisida bitim imzolandi. Mana shular natijasida ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy munosabatlar rivojlana boshladi. Toshkentda Belgiya uch firmasining vakolatxonalari ochildi. Belgiyalik tadbirkorlar bilan birgalikda tuzilgan "Vita", "Assekan LTD", "Sellyuloza interprayz" qoʻshma korxonalari binokorlik materiallari, xalq isteʼmol mollari i.ch., qishloqxoʻjalikxom ashyosini kayta ishlash bilan shugʻullanmoqda. 1996 yildan ikki mamlakat urtasidagi tovar aylanmasi kupaya boshladi. Oʻzbekiston bilan Belgiya oʻrtasida toʻqimachilik sanoati, qishloq xoʻjaligi, qurilish, sayyohlik, bank tarmogʻi. yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash kabi sohalarda hamkorlik qilish istiqbollari ochilmoqda.

1994 yilda Oʻzbekiston delegatsiyasi (uning tarkibida viloyatlar va tumanlarning hokimlari bor edi) Belgiyada boʻldi. Tashrif chogʻida yengil sanoat sohasida Belgiyaning yuksak texnika va texnologiyaga ega boʻlgan yirik firmalari bilan hamkorlik oʻrnatish masalalari muhokama qilindi va aniq tadbirlar kelishib olindi. 1997 y. may oyida Belgiya universiteti huzuridagi Yevropa siyosati institutining direktori Lyuvyen Kstlin MelfliʼToshkentga kelganida UzR Adliya vazirligida mamlakatimiz huquqiy taʼlim muassasalarining faoliyatini yaxshilash maqsadida Yevropadagi bir qancha mamlakatlar hukuqshunos olimlari bilan hamkorlik qilish haqida kslishib olindi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil