Kontent qismiga oʻtish

Nikotin kislotasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nikotin kislotasi strukturasi

Nikotin kislotasi, piridin 3-karbon kislota — suvda oz eriydigan rangsiz kristall. B vitamin guruhiga mansub, suyuqlanish temperaturasi 236—237°. Organizmda keng tarqalgan. Sut, baliq, sabzavotlar-mevalar, achitqi, bugʻdoy kepagi, goʻsht, ayniqsa, jigar va buy- rakda koʻp. Nikotin kislotasi amidi — nikotinamid (qarang Vitaminlar) kofermentlar — nikotinami-dadenindinukleotid (NAD) va nikotinamid-adenindinukleotidfosfat (NADF) tarkibiga kiradi. Nikotin kislotasi ning organizmdagi ahamiyati meʼda-ichak yoʻllari epidermasi va epiteliysini hamda nerv sistemasi funksiyasini normal holatda tutib turishdan iborat. Kishining Nikotin kislotasiga boʻlgan bir kecha-kunduzdagi ehtiyoji 20–30 mg. Nikotin kislotasi yetishmasa, pellagra kelib chiqadi. Nikotin kislotasi pellagradan tashkari, meʼda-ichak kasalliklari, ateroskleroz va boshqa kasalliklarni davolashda ham ishlatiladi. Sanoatda nikotinni oksidlab olinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil