Kontent qismiga oʻtish

Neogen sistemasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Neogen sistemasi (DAVRI), neogen (neo... va yun. genos — tutilish, yosh) — Yerning geologik tarixida oxirgidan oldingi davrda yotqizilgan togʻ jinslari qatlami. Neogen sistemasi(d.) kaynozoy guruhi (erasi)ga mansub boʻlib, paleogen sistemasi (davri)dan keyin va an-tropogen sistemasi (davri)dan oldin turadi. Izotop solnoma boʻyicha Neogen sistemasi(d.) 25 mln. yil mukaddam boshlangan va 21,75 mln. yildavom etgan. 1833-yil Italiyada ingliz geologi Ch. Layel tomonidan 2 boʻlim — miotsen (quyi) va pliotsen (yuqori)ga boʻlingan. Dastlab uchlamchi sistemaning yuqori boʻlimi sifatida ajratilgan. Neogen sistemasi(d.) nomi 1853-yil avstriyalik geolog M. Gyorness tomonidan taklif qilingan.

Neogen sistemasi(d.) hamma joyda miotsen va pliotsen majmuasiga ajratiladi. Miotsen dengiz va gipsli yotqizikdaridan, pliotsen esa gil qum yotqiziqlaridan iborat. Apennin va Bolqon yarim orallarida pli-otsenda koʻplab vulkan qatlamlari uchraydi. Qora va Kaspiy dengizlari oʻrnida paleogen oxirida Dunyo okeanidan ajralib qolgan havza mavjud boʻlgan. Pliotsen boshida Kora va Azov dengizlari oʻrnida Pont, keyinroq Kimmeriy koʻli boʻlgan, Kaspiy dengizi esa kichikroq havza koʻrinishida qolgan. Pliotsen oxirida katta dengiz transgressiyasi boʻlib, u okean bilan tu-tashdi. Kavkazda pliotsenning kalin vulkanik qatlamlari vujudga keldi. Oʻrta dengiz serharakat oʻlkasida Alp, Karpat, Bolqon, Atlas, Apennin, Kichik Osiyo, Kavkaz, Pomir, Himolay kabi baland togʻlarning hosil boʻlishi yakunlandi. Jan.-Gʻarbiy Osiyoda botiqlarda, asosan, kontinental yotqiziklar toʻplandi. Tinch okean chekkalarida yirik burmalanish oʻlkalari hosil boʻldi.

Neogen sistemasi(d.)ning dengiz yotqiziqlari Tinch okeanning butun chekkalari boʻylab tarqalgan, ular qalin choʻkin-divulkanogen qatlamlaridan iborat. Uning kattagina qatlamlari Markaziy Amerikadagi orollarda ham mavjud. 1968-yildan chuqur burgʻilash asosida dengiz va okean tubining neogen yotqiziqlari oʻrganila boshlandi. Togʻlarning oʻsishi togʻlararo va chekka botiqlarning qosil boʻlishi bilan birga kechdi. Botiqlarning bukilishi jadallashib ular yuvilgan jinslar bilan toʻldirildi. Yer poʻsti harakati natijasida choʻkindy qatlamlar siqilib burmalandi. Yoriklar boʻylab yer yuzasiga chiqqan magma lava qatlamlari koʻrinishida vulkan konuslarini hosil qilgan (Apennin, Kichik Osiyo, Bolqon yarim orallari, Kavkaz). Neogen sistemasi(d.) oxirida ichki dengizlar (Qora, Kaspiy, Marmar, Tirren va boshqalar)ning chuqur botikdari vujudga keldi. Ular tubining tuzilishi okeanlarnikiga oʻxshash. Indoneziyada keyinchalik orollarga aylangan suv osti gryadalari koʻtarildi, chuqur suv osti novlari va soyliklar hosil boʻldi.

Tinch okean chekkalarida materiklar sohilida togʻ sistemalari (Kordilyera, And, Kamchatka, Yaponiya, Filippin, Yangi Gvineya) vujudga keldi. Markaziy Osiyodagi togʻlar ham shu davrda qosil boʻldi. Ayni vaqtda Afrika va Osiyoda yoriklar boʻylab Yer poʻstining chuqur rift botiqlari va ularni oʻrab turgan koʻtarilmalar shakllandi. Yoriklar boʻylab siljish zilzila va vulkanizmni kuchaytirdi. Neogen sistemasi(d.) yotqiziqlarining qalinligi togʻ oldi va togʻ oraligʻi botiklarida bir necha km ga yetadi. Qurgʻoqchil oʻlkalarda gips, kaliy va boshqa tuzlarning kalin katlamlari vujudga kelgan. Antarktidada muzliklar Neogen sistemasi(d.) boshida, shim. oʻlkalarda esa neogen oxirida hosil boʻlgan. KaD-burmalanish oʻlkalarida vertikal tektonik harakatlarning neogenda faollashishi "epiplatformali orogenez" nomini olgan.

Organik dunyosi. Neogen davri oʻsimliklarining koʻpgina turkum va turlari hozirgacha sakdanib kelmoqda. Shimoliy yarim sharda iklim neogen boshida hozirgi davrga nisbatan ancha ilik va sernamroq boʻlgan.

Sibirda keng bargli oʻrmonlar, Fapbiy Yevropaning nisbatan shim. kengliklarida palma, dafna va boshqa daraxtlar oʻsgan. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston tekisliklarida hozirgiga oʻxshashroqdasht va choʻl oʻsimliklari Neogen sistemasi(d.) boshlarida ham mavjud boʻlgan.

Neogen boshlarida Yevropa hududida quruklikdagi fauna keskin yangilangan: xaltalilar, qad. vaxshiy hayvonlar oʻlib bitgan. Ular oʻrnida hozirgi ham yashab kelayotgan hayvonlarning ajdodlari paydo boʻlgan. Shimoliy va Sharqiy Afrikada kontinental yotqiziqlar orasidan maymun skeletlarining ayrim suyaklari topilgan.

Hasharot va kemiruvchilarning yangi turkumlari paydo boʻldi. Shimoliy Amerika sut emizuvchilari boshqalardan xoli rivojlandi. Neogen oʻrtalarida Yevropa va Osiyoning keng hududlarida dashtga xos hayvonlar tarqaldi. Neogen oxirida hozirgacha tropik mintaqalarda yashab kelayotgan koʻpgina hayvon turkumlari Yevropada yoʻqolib ketdi. Janubiy Amerika Neogen sistemasi(d.)da koʻp vaqt aloqida materik boʻlganligi uchun u yerda Shimoliy yarim sharda uchramaydigan oʻziga xos fauna (xaltalilar, tuyokdilar, kemi-ruvchilar va yassi burun maymunlar) rivojlandi. Faqat pliotsen oʻrtalarida Shimoliy Amerikadan koʻplab hayvonlar jan.ga tomon siljidi. Avstraliya paleogen boshidan alox.ida boʻlib, u yerda yirik xaltalilar yashagan.

Neogen sistemasi(d.)ning dengiz faunasida plastinkajabralilar va qorinoyokli mollyuskalar, foraminiferalar koʻp va xilma xil boʻlgan. Ularning koʻplari qozirda ham yashab kelmoqda. Forami-nifera va ostrakodalar muhim stratigrafik ahamiyatga ega.

Neogen qatlamlari bilan koʻpgina foydali qazilma konlari bogʻliq. Choʻkindi foydali qazilmalardan eng muhi-mi Yaqin va Oʻrta Sharq, Fargʻona, Kaliforniya, Karpatoldi va boshqa joylardagi tof oldi bukilmalarida neft va gazdir. Neogen yotqiziklarida qoʻngʻir kumir va lignit ham koʻp uchraydi. Ol-tingugurt, tuz (Oʻrta Osiyo), titan, qalay, rutil, sirkoniyning sochma konlari bor. Simob, qoʻrgʻoshin, pyx, surma va boshqa elementlar koni intruziv va effuziv jinslar bilan bogʻliq. Okeanlarda neft va gaz qumgilli shel-flarda (Meksika qoʻltigʻi, Oʻrta dengiz, Bering dengizi va boshqalar) uchraydi. Avstraliya shim.-sharqidagi shelfda mahsuldor qatlam miotsen rifiga man-sub. Temir-marganetsli konkretsiyalari ham istiqbolli.

  • Xain V. Ye., Ronov A. B., Baluxovskiy A. N., Neogenovie litologicheskiye formatsii kontinentov, 1979.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil