Kontent qismiga oʻtish

Nefron

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Nefron (yun. nephros — buyrak) — buyrak qilnaychalari; umurtqali hayvonlar va odam buyragining asosiy strukturaviy-funksional boʻlagi (elementi). Buyrak koptokchasi va undan tarmoqlanib chiquvchi buyrak kanalchalaridan tuzilgan. Nefronlar siydik hosil bo'lish jarayonida qondan moddalar al-mashinuvi mahsulotlarini chiqarib tashlaydi; birlamchi siydik tarkibidan suvning qonga qayta so'rilishini taʼminlaydi; oqsil, suv-tuz, ishqoriykislotali muhitni idora qiladi, qon tarkibini boshqaradi. Har bir buyrakda taxminan 1 mln. Nefron bo'ladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil